Ishning predmeti - Sharq va G‘arb tarjima maktablari o‘rtasidagi aloqa, ta’sir va natijalarning tahlili belgilangan.
Ishning ilmiy va amaliy qiymati shundaki, tarjima tarixini o‘rganish borasidagi qiyosiy tahlil hamda chiqarilgan xulosalar tarjima tarixi va nazariyasiga qisman hissa bo‘lib qo‘shiladi, tadqiqot materiallaridan esa tarjimonlik fakultetlarida ma’ruza matnlari tuzishda foydalanish mumkin
Ilmiy ish strukturasi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
KIRISH
Mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda chet tillarni o‘rganishga va o‘qitishga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.Zeroki bugungi kunda jahondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimizning bundan keyingi ravnaqi va taraqqiyoti uchun,chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning ahamiyati behad katta.
Terminlar har qanday ilm, har qanday hodisaning , aloqa kommunikatsiyalarining o’zagidir. Tilshunoslar va tarjimonlar yaxshi biladilarki , har qanday terminlar ortida hayot ba hayot ortida terminlar qad rostlab turadi. Ularning milliy til maydoniga kirib kelishi , ifodalaydigan maydonlar doirasi til ichida qanchalar o’zlashishi tarjimonlar va semiotiklarning diqqat e’tiborida turadi. Bugungi o’zbek tili rang – barang terminlar bilan boyib borayotganligi ushbu hujjatlardan ham ravshan ko’rinadi¹.
Prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida shunday fikr bildiradilar:” Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik til orqali nomoyon bo’ladi.
Ta’lim jarayonida yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni elektron darsliklar,multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash lozim” ²
Jahondagi har bir xalq, har bir millat boshqa xalqlar, millatlar yaratgan ma’naviyatimizni boyitayotgan noyob durdona asarlar kashfiyotlardan bahramand bo‘lish bilan birga, o‘zlari ham umumjahon madaniyati xazinasiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.Shuning uchun ham dunyoda boshqa qardosh tillar, millatlar, mamlakatlar ta’sirisiz o‘z qobig‘ida rivojlanib ketgan tillar, millatlar,mamlakatlar yo‘q.Tarjima tarixi til tarixi,millat tarixi, mamlakat tarixi kabi qadimiydir.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda sanoat, texnika va qishloq xo‘jaligining nechog‘lik rivojlanganligini hamda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlari bilan tang iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar o‘rnatganligini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston qancha mahsulot eksport hamda import qilayotganligi, dunyoda nufuzi ortib borayotgan mamlakat ekanligini eslash kifoya.Bugungi kunda O‘zbekistonning jahondagi boshqa xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida qanchalik obro‘-e’tibori va nufuzga ega bo‘layotganligini mamlakatimizga chet el investorlarining kirib kelishi,XIX asr taraqqoyiti ,
taraqqiyotning o‘zbek modeli, hamda o‘zbek adabiyoti,san’ati, madaniyatiga qiziqishi, misolida ko‘rish mumkin.O‘zbek xalqi jahon adabiyotining nodir asarlari bilan tanishish barobarida, o‘zi jahon adabiyoti xazinasining boyishiga hissasini qo‘shmoqda.Albatta bu borada tarjima xalqlar, millatlar, mamlakatlar o‘rtasida oltin ko‘prik vazifasini bajarmoqda.
Tarjima inson taraqqiyotida, uning madaniy hayotida juda katta va muhim rol o‘ynaydi.Aynan tarjima bir mamlakat yoki qit’a odamlarini boshqa mamlakat odamlarini hayoti, turmush tarzi madaniyati, urf-odati, tarixi, adabiyoti va ilm-fani bilan tanishtiradi.Tarjima masalalari o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib kelmoqda.Tarjima orqali biz o‘zga madaniyatlarni , o‘zgalar esa buyuk o‘zbek madaniyatini o‘rganib kelishmoqda.Agar biz bir-birimizni milliy, madaniy xususiyatlarimizni tezroq va yaxshiroq tushunishni istasak, o‘zga xalqlar asarlarini tarjima qilishimiz zarur bo‘ladi.
Tarjima so‘zini qamrab olgan ma’no ko‘lami juda kengdir.She’rlar, badiiy asarlar fanning turli jabhalaridagi ilmiy va ilmiy ommabop kitoblar, diplomatik hujjatlar, ish hujjatlari, kishilar suhbati va hakozalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmoqda.Albatta, bularni hammasini bog‘lab turgan omil bu tarjimadir.
Tarjima insoniyatning ma’naviy faoliyati sifatida qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi.U (tarjima) ayrim millatlar madaniyati tarixida , qolaversa, dunyo madaniyati tarixida,g‘oyat muhim o‘rin egallagan va hozirda ham egallab kelmoqda.Tarjima nazariyasi sohasida A.V.Fedorov, T.R.Levitskaya,
Do'stlaringiz bilan baham: |