Abdulla Avloniy oʻzbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshdi. Uning “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va siz” pesalari adabiyotimiz tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Abdulla Avloniy 1934yilda vafot etdi. U maʼrifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoldi. 👩🎓👩🎓👩🎓 4.Ģafur Ģulomning bolalar adabiyotida tutgan òrni Otashnafas kuychi Gʻafur Gʻulom hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim oʻrin egallaydi. 1918-yilda Gʻafur Gʻulom 8 oylik muallimlar tayyorlash kursiga kirib oʻqidi va 1919 yildan boshlab tarbiyachilik, oʻqituvchilik ishlari bilan shugʻullana boshladi. Yoshlarni bilim va madaniyat quchogʻiga tortishda u astoydil xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |