Mavzu:Operatsion tizimlarning qurilmalar bilan ishlash
tamoyillari.
Reja:
1.Kirish
2.Protsessor va kiritish/chiqarish qurilmalarini parallel ravishda ishlashi.
3.Operatsion tizim qurilmalar va ma’lumotlarni jarayonlar o‘rtasida taqsimlashi.
4.Qurilmalarni boshqarish drayveri va dasturiy ta’minoti.
5.Xulosa.
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U
foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira,
disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni
bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga
va amaliy
dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli
(interfeys)ni ta’minlaydi.Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari,
kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda
amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va
amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha
yuzlab yoki minglab shunday
amallardan iborat bo‘ladi.Operatsion tizimlar bajaradigan vazifasiga, masalalarga
ishlov berish rejimiga, tizim bilan bog‘lanish usuliga, qurish usullari bo‘yicha
sinflarga ajratiladi. Vazifasiga qarab sinflarga ajratishda operatsion tizimlarning
turlari ko‘pligi yaqqol tashlanadi. Chunki hisoblash texnikasi turlari qancha bo‘lsa,
operatsion tizim turlari ham shunchadir: meynfreym operatsion tizimlar, server
operatsion tizimlar, ko‘pprotsessorli, shaxsiy kompyuterlar uchun uchun, real vaqt
operatsion tizimlar, mobil va boshqalar operatsion tizimlariga bo‘linadi.
Multidasturli OTning kiritish/chiqarish
kichik tizimi
(Input/Output Subsystem) orqali kompyuterni tashqi qurilmalar bilan
ma’lumotlar almashinuvida qator umumiy vazifalarni bajarishi kerak,
shularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
Kiritish/chiqarish qurilmalari
va protsessorni parallel
ravishda ishlashini tashkil etish;
almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish va ma’lumotlarni
keshlash;
qurilmalar va ma’lumotlarni jarayonlar o‘rtasida taqsimlash;
qurilmalarga qulay dasturiy interfeyslarni taqdim etish;
tizimga yangi drayverni oson ulash imkoniyati shakllangan
holda drayverlar keng spektrini ishlashini ta’minlash;
drayverlarni dinamik tarzda
yuklash va tizimdan chiqarish;
sinxron va asinxron kiritish/chiqarish amallar ishlashini
ta’minlash.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kiritish/chiqarish vazifalari
uch xil
usulda bajarilishi mumkin: