funksiyalar barcha darajalar b o‘yicha taqsimlanadi va
kiritish/chiqarish menejeri nomli qobiqni tashkil etadi.
Kiritish/chiqarish
menejerning
vazifalari
to‘rtta
interfeysni
qo‘llabquvvatlashdan iborat:
Foydalanuvchi kiritish/chiqarish interfeysi;
Kiritish/chiqarish qurilmalari bilan interfeys;
OT ning boshqa kichik tizimlari bilan interfeys;
Kiritish/chiqarish kichik tizimning qismlari bilan ichki
interfeys.
Menejerning yuqori qatlamini
foydalanuvchi jarayonlardan
tizimli ko‘rinishda keladigan kiritish/chiqarishga s o‘rovlarni qabul
qiladigan va ularni ma’lum qurilmalarga javob beruvchi modul va
drayverlarga qayta manzillaydigan hamda kiritish/chiqarish
amallarining natijalarani jarayonlarga qaytaradigan OT ning modullari
tashkil etadi. Shunday qilib bu qatlam kiritish/chiqarish foydalanuvchi
interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi va amaliyotchi dasturchilarga tashqi
qurilmalar hamda ularda joylashgan ma’lumotlar bilan ishlashda
maksimal qulayliklar yaratadi. Menejerning pastki qatlami
drayverlarni kompyuterni apparat platformasining xususiyatlaridan
(kiritish/chiqarish
shinalari, uzilishlar tizimi va boshqalar)
ekranlashtirish yo‘li bilan tashqi qurilmalar kontrollerlari bilan
bevosita o‘zaro harakatni amalga oshiradi. Bu qatlam
kiritish/chiqarish shinalarning manzillari va formatidan mustaqil
ravishda ma’lum umumiylashtirilgan shaklda drayverlardan
kontrollerlar registrlari bilan ma’lumotlar almashinuviga so‘rovlar
qabul qiladi, va keyin bu so‘rovlarni apparatli platformaga bog‘liq
formatga aylantiradi. Avval ko‘rib chiqilgan to‘htatishlar dispetcheri
kiritish/chiqarish menejerning tarkibiga kirishi mumkin yoki
yadroning alohida moduli shaklida bo‘lishi mumkin. Oxirgi vaziyatda
kiritish/chiqarish menejeri to‘xtatishlar dispetcheri uchun dispetcherga
so‘rov manbai to‘g‘risida umumlashtirilgan
axborotlarni uzatib,
uzilish so‘rovlarini boshlang‘ich ishlovini bajaradi. Menejerning yana
bir funksiyasi – bu kiritish/chiqarish kichik tizimi modullarini OT
ning jarayonlarni boshqarish, virtual xotira va boshqa kichik tizimlari
singari boshqa kichik tizimlari modullari bilan o‘zaro harakatini
tashkillashtirish. Kiritish/chiqarish menejerning muhim funksiyasi
kiritish/chiqarish kichik tizimni qismlarining o‘zaro harakati uchun
ma’lum qulay muhitni yaratishdan iborat. Buning uchun
kiritish/chiqarish menejeriga kiritish/chiqarish modullari o‘zaro
harakatini ma’lum standart ichki interfeysini q o‘llab-quvvatlash
kiritiladi, hamda menejerga drayverlar ishlashida eng ko‘p
foydalaniladigan funksiyalarni bajarish yuklatiladi.
Bu funksiyalar
drayver ayrim tez-tez uchraydigan amallarni bajarilishini chaqirish
imkoniyatini beradigan tizimli protseduralar k o‘rinishda
shakllantiriladi. Misollar tariqasida kontroller registrlari bilan
almashinuvi amallari, kiritish/chiqarish ma’lumotlarni oraliq saqlash
buferlarni olib borish, bir nechta drayverlar ishlashini
sinxronlashtirish, ma’lumotlarni foydalanuvchi
fazodan tizimning
fazosiga nusxalashni keltirish mumkin. Bunday yondashuv yangi
drayverlar va faylli tizimlarni ishlab chiqish va ularni OT tarkibiga
joylashtirishni sezilarli darajada yengillashtiradi. Kiritish/chiqarish
menejeri vazifasini Unix operatsion tizimining ko‘p versiyalarida
mavjud bo‘lgan STREAMS muhiti bajaradi. Boshqa misol tariqasida
Windows NT oilasi OT larning kiritish/chiqarish menejerini keltirish
mumkin. U modullar o‘rtasidagi o‘zaro harakatni kiritish/chiqarish
so‘rovlar paketlari (I/O Request Packet, IRP) yordamida
tashkillashtiradi. Tizimli chaqiruv protsedurasidan s o‘rov
olgach
menejer IRP ni shakllantiradi va uni kerakli drayverga uzatadi.
So‘ralgan amal bajarilganidan keyin drayver javobni yana bir IRP
paketi ko‘rinishida menejerga qaytarida, u esa, o‘z navbatida zarurat
bo‘lgan holda shu IRP paketni boshqa drayverga uzatishi mumkin.
Menejer drayverlarga o‘zaro bog‘lanishlar (biddings) berishga imkon
yaratadi, va o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi axborot asosida IRP
paketlarni uzatishni amalga oshiriladi. Shuningdek,
Windows NT
oilasi OT ning menejeri tizimni to‘xtatmagan holda drayverlarni
dinamik yuklash va chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Standart ichki
modullararo interfeysning mavjudligi kiritish/chiqarish kichik
tizimining chidamliligini oshiradi va kengayuvchanligini yaxshilaydi,
ammo uning ishlash tezligini biroz sekinlashtirishi mumkin, chunki
har bir qatlam va qismlarga bo‘linish boshqaruvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
uzatishlar bilan mustahkamlashga nisbatan qo‘shimcha amallarga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: