Elektron raqamli imzo kalitni olish
Elektron raqamli imzo kalit egasi shaxsni tasdiqlovchi xujjatning asl nusxasi bilan birga USBflesh xotira taqdim etishi lozim.
Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:
Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);
Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatni berish uchun imzolangan ariza.
Yuridik shaxslar:
Yuridik shaxsni vakili – elektron raqamli imzo kalit egasining shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani nusxasi (pasport, harbiy bilet, haydovchilik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat);
Elektron raqamli imzo kalitning egasi - yuridik shaxsning vakiliga buyruqning tasdiqlangan nushasi yoki ishonchnoma (bunda, murojaat etuvchi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lsa, elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini boshqarish uchun yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) talab etilmaydi).
Respublikamizda aloqa sohasini rivojlantirish, aholiga axborot xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashda aloqa va axborotlashtirish sohasi mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan ixtiro hamda ratsionalizatorlik takliflarining o‘rni beqiyos.
Ana shunday istiqbolli yangiliklardan biri — fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi bosh ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor Po‘lat Hasanov, FTMTM direktorining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi dotsent Rixsi Isaev, markaz laboratoriya boshliqlari Mahmuda Nazarova hamda Oydin Ahmedova, tadqiqotchi Xislat Hasanovlar tomonidan yaratilgan “Kriptografik kommunikatsiya, autentifikatsiya va maxfiy kalitlar generatsiyasining diaekspotentsial tizimini yaratish usuli” ixtirosidir.
Axborot texnologiyalari hamda kriptografik tizimlar uchun mo‘ljallangan ushbu ixtiro zimmasiga kriptobardoshli kommunikatsiya va autentifikatsiya tizimini yaratish, maxfiy shifrlash kalitlarini generatsiya qilish va almashish vazifasi yuklatilgan. Bu bejiz emas.
Axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida internet paydo bo‘lganidan boshlab, axborot o‘g‘irlash, axborot mazmunini egasidan iznsiz o‘zgartirib va buzib qo‘yish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish, avval qo‘lga kiritilgan uzatmalarni qayta uzatish, xizmatdan yoki axborotga daxldorlikdan bo‘yin tovlash, jo‘natmalarni ruxsat etilmagan yo‘l orqali jo‘natish hollari dunyo miqyosida ko‘paydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |