O`qish va yozuv darslari uchun umumdidaktik talablar:
a) darslar tarbiyalovchi xarakterda bo`ladi. Masalan, mehnatsevarlik, nogironlarga yordam berish, onasiga qarashish;
b) darslar ta`limiy xarakterda bo`ladi. O`quvchi bugun nimani o`rganadi, qanday ko`nikma oladi, fikrlashini nimadan o`stirishi aniq bo`ladi. Masalan, Mm ni o`rganish , m harfli bo`gin , so`zni titilmay ravon o`qish ko`nikmasini egallaydi, so`zni muammoli usul bifan fikrlash o`rgatiladi, ko`rgazma vositaga olma, makka olib kiriladi;
b) darsda foydalaniladigan usullar xilma-xilligi ta`minlanadi,
materialni qiziqarli o`yin holatdagi usul bilan tushunfirishga e`tibor qaratiladi;
r) bilim darajasi, saviyasi har-xil bo`lgan o`quvchilarga differensial va individual yondashish. Differensial yondashishda uch xil topshiriqni oldindan aniqlab qo`yiladi. A`lochi o`quvchi M harfli uchala so`zni harf terish kartoniga tuzadi. O`rtacha o`qiydiganga 4 ta kesma bo`gin tarqatiladi, ular shu bo`ginlardan 2 ta so`z tuzadilar. Bo`shroq o`zlashtiradigan o`quvchiga tayyor uchta so`z o`qishga beriladi. Individual yondashishda sinf o`quvchilari mustaqil ish bajarayotganida, bo`sh o`zlashtiruvchilarga alohida oldiga borib, mustaqil bajargan ishi nazorat qilinadi, yordam ko`rsatiladi;
f) O`qish va yozuv darslarida aqliy mehnat qilish jarayoni yaratiladi, aqliy faoliyat o`stiriladi. Masalan, matndan M harfli so`zlarni topib bo`ginga bo`lib yozish, hech qanday tinish belgisi qo`yilmagan kichik matnni tinish belgilarini qo`yib, zarur o`rinlarda so`zni bosh harf bilan boshlash kabi fikrlash orqali ishlanadigan mashqlarni berib ishlatiladi.
Ona tili darslariga quyidagi aniq metodik talablar qo`yiladi:
O`quvchilar nutqini o`stirishga har bir o`qish, yozuv darslarida e`tibor beriladi. Darslarda adabiy til nuqtai nazaridan to`gri, ifodali, obrazli ,aniq, logik nutq, ya`ni yozuvchilar, badiiy so`z ustalari nutqi, fonetik yozuvlar eshitiladi; darsda nutq madaniyati muhiti hukmron bo`ladi. Har bir dars "tilga sezgirlik"ni, ona tiliga, aniq, ifodali, jonli so`zga muhabbatni tarbiyalaydi.
O`qish darsida ham, yozuv darsida ham o`quvchilar nutqini o`stirishga, lugat boyligini boyitishga, gap tuzishga, so`z birikmasi tuzishga, og`zaki hikoya qilishga, qayta hikoyalashga, yod o`qish, rollarga bo`lib o`qishga alohida o`rin beriladi.
O`qish va yozuv ko`nikma va malakalarini shakllantirish mashqlari darsda yetakchi o`rinni egallab, tahminan, darsning uchdan ikki qismiga to`gri kelishi lozim; demak, o`qish darsida bolalar, asosan, o`qisin, yozuv darsida yozsin.
" Alifbe " darslari hamda undagi matnlar bilan bir qatorda ogzaki ishlar uchun Q. Muhammadiy, P. Mo`min, Qudrat Hikmat, Qutbi Nosirova, Egam Rahim kabi sevimli bolalar yozuvchi, shoirlari asarlaridan matnlar tanlanadi; shunday qilib, sinfdan tashqari o`qish, o`qib berilgan matnni eshitish bilan bog`lanadi.
O`qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog`lanadi: o`qish darsi o`quvchilarni yozuv darsiga tayyorlaydi, yozuv darsi esa oldingi o`qish darsining davomi sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |