Bajardi
:
Ochilova D.U.
I.4. Uglevodorodlarning termik o’zgarishi
Neft fraksiyalarining termik o'zgarishlari juda murakkab kimyoviy
jarayondir. Xomashyo ko'p sonli individual komponentlardan tarkib topgan.
Shuni aniq aytish mumkinki yuqori harorat ta'sir qilganda xomashyodagi har
qaysi komponentning taqdirini oldindan aytish yoki kuzatish mumkin emas.
Shuning uchun amaliyotda u yoki bu yuqori haroratli jarayonning natijalari
to'g'risida maqsadli mahsulotlar, gaz, benzin, koksning chiqishiga qarab hamda
benzinning guruhli yoki komponentli tarkibi qarab xulosa chiqariladi. Ammo
ayrim uglevodorodlarning termik o'zgarishlarini ko'p sonli tadqiqot qilishlari
mazkur sinf uglevodorodlari uchun xos bo'lgan reaktsiya turlarini ajratishga
imkon beradi.
Alkanlarning o'zgarishlari. Termodinamik hisoblashlarning ko'rsatishicha
bu qator uglevodorodlari pentan boshlab yuqori haroratda faqatgina alken va
alkanni hosil qilish bilan boradigan С-С bog'lar buyicha parchalanish
reaksiyasiga moyildir.
С
n
H
2n+2
→ C
m
H
2m
+ C
q
H
2q+2
bu yerda: n-dastlabki alkandagi atomlar soni, m va q –hosil bo'lgan alkan
va alkenda tegishli ravishda atomlar soni.
Hosil bo'lgan to'yinmagan yana alken va alkanga parchalanadi. Past
molekulali uglevodorodlar propan va butanlar degidrogenlanishi ham mumkin.
С
n
H
2n+2
→ С
n
H
2n
+ H
2
Degidrogenlanishi reaksiyasi natijasida gazlarda vodorod to'planadi.
Alkanlarning parchalanishi barcha C-C bog'lar bo'yicha sodir bo'lishi mumkin.
Uzilishi joyi va u yoki bu reaksiya mahsulotlarining ko'p hollarda hosil bo'lishi
harorat va bosimga bog'liq bo'ladi. Harorat qancha yuqori va bosim qancha past
bo'lsa shuncha uglerod zanjirining uzilishi joyi uning oxiriga ko'proq siljiydi va
gaz holidagi mahsulotlarning chiqishi ancha oshadi. Harorat 450
atrofida
bo'lsa uzilish zanjirining o'rtasida sodir bo'ladi. Bosimning qo'tarilishi ham
uzilishi joyini molekula markaziga siljitadi. Shuning uchun bosim ostidagi
krekingda maqsadli suyuq mahsulotlarini ko'proq olishga erishiladi. Ko'pgina
olimlarning fikricha alkanlarning parchalanish reaksiyasi zanjirli xarakterga
ega va F.O. Rays hamda S.K. Rays tomonidan oldinga surilgan erkin radikallar
nazariyasiga bo’ysunadi. Qisqacha qilib aytganda bu nazariya quyidagilardan
iborat.
1. C-H bog'iga qaranganda C-C bog'ining dissotsilanish energiyasi
kichikroq bo’lganligi sababli yuqori harorat ta'siridagi birlamchi parchalanish
№ hujjat
ҳ
O`z.
Varaq
Sana
imzo
varaq
5321400 – NGKST
Fozilov S.F.
Rahbar:
Do'stlaringiz bilan baham: |