Bajardi
:
Ochilova D.U.
jarayonning kamchilligi bo’lib vodorod sarfining ko’plligi va metan
chiqishining oshishi hisoblanadi. Oddiy haydash benzinining gidropiroliz 40–
45 % gacha etilenni olishga imkon beradi. Bunda metaning chiqishi 34 % ni
pirobenzinniki –20 % ni prokondensatning og’ir frakstiyasiniki 2 –3 % ni
tashkil qiladi xomashyo sifatida og’ir frakstiyalarni (vakuumli gazoyl va
boshqalar) hamda alken va hatto arenlarning miqdori ko’p bo’lgan
frakstiyalarni qo’llash mumkin. Xomashyoning og’ir turlarini qayta ishlashning
istiqbolli usullariga issiqlik tashuvchilarni: gaz holidagi (suv bug’i, tutunli gaz,
vodorod), suyuq (Rb, Vi, Cd, Sn, va boshqalar hamda ularning qotishlari va
tuzlari ) va qattiq kontaktlar (mayda donali koks, qum) ni qo’llashni kiritishi
mumkin. Bu jarayonlar tadqiqot va tajriba–sanoat sinash) bosqichidadir.
Kokslash. Kokslash jarayonining vazifasi neft koksini va keng frakstion
tarkibli distillyatni olish bo’lib hisoblanadi.
Neft koksi uchun xomashyo sifatida benzinsizlantirilgan neftlar;
birlamchi
qayta
ishlashning
qoldiqlarini-kreking-
qoldiqlar,
katalitik
krekingning og’ir gazoyllari, piroliz smolalari hamda tabiiy asfaltlar va moy
ishlab chiqarishning chiqindilari (asfaltlar, ekstraktlar) qo’llanilishi mumkin.
Jarayonning bir nechta modifikastiyasi mavjud: kublarda davriy
kokslash, isitilmaydigan kameralarga sekinlashgan kokslash, kukun holidagi
koksning psevdosuyuqlantirilgan katlamida kokslash. Sekinlashgan koklash
qurilmalarida yarim uzluksiz jarayon eng ko’p tarqalgan,
Neft qoldiqlarining sekinlashgan kokslanishi 490–505
0
C haroratda va
0,2 –0,3 MPa bosim ostida amalga oshadi. Kokslash natijasida neft koksidan
tashqari gaz, benzin, o’rta va og’ir koks distillyatlarini oladilar.
Mahsulotlarning chiqishi va ularning sifati xomashyoning kimyoviy va
frakstion tarkibi hamda kokslash sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Neftni birlamchi qayta ishlash qoldig’idan koksning chiqishi 15–25 % ni;
ikkilamchi mahsulotlardan esa 30 –35 % ni tashkil qiladi. Koks bilan birga
ko’p miqdorda qimmatli suyuq va gaz holidagi mahsulotlar hosil bo’ladi,
ularning xossalari termik kreking mahsulotlarining xarakrakteritikasiga yaqin.
Ularning yig’indi chiqishi dastlabki moddaga hisoblanganda 70 % ga etadi.
Og’ir neft qoldiqlarini kokslash ularni distillayatli xomashyoga
aylatirishning eng tejamli usularidan biri bo’lib hisoblanadi. Kokslash
jarayoning eng katta samaradorligi barcha hosil bo’layotgan mahsulotlarni
malakali ishlatilishda kuzatiladi.
№ hujjat
ҳ
O`z.
Varaq
Sana
imzo
varaq
5321400 – NGKST
Fozilov S.F.
Rahbar:
Do'stlaringiz bilan baham: |