Ў. Холиёров 2022-yil 23 Termiz shahri



Download 243 Kb.
bet9/13
Sana22.11.2022
Hajmi243 Kb.
#870669
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
`11seminar 30.09.22

M.Hoshimhujayeva: Djabbarova Shoira Baltayevnaning yuqorida qayd etilgan mavzudagi doktorlik dissertatsiyasi tilshunoslikning muhim komponenti hisoblanmish mediadiskursda realiyalarning namoyon bo‘lishi muammolariga bag‘ishlanganligi alohida diqqatga sazovordir.
Dissertatsiyada tadqiqotning ilmiy yangiligi uning natijalari nafaqat tilshunoslik nuqtai nazaridan, balki matbuotda o‘zbek madaniyati, tarixi va qadryatlari bilan bog‘liq ma’lumotlarning dunyo hamjamiyatiga taqdim etilishini rivojlantirishdagi o‘rni bilan ham belgilanadi.
Tadqiqotning har bir bobida o‘rganish uchun tanlangan muammolar mavzuni atroflicha yoritishga xizmat qilishi e’tiborga loyiqdir. Jumladan, ishning birinchi bobida muqobilsiz leksika tadqiqotining ilmiy-nazariy asoslari sifatida mediadiskurs tushunchasi, milliy-madaniy kontekstda matbuot tili xususiyatlari, muqobilsizlik tasniflari va uning lingvomadaniyat bilan bog‘liq jihatlari o‘rganilgan.
Muqobilsiz leksemalar mazmun-mohiyatida boshqa etnoslar madaniyatida mavjud bo‘lmagan, faqat muayyan millat madaniyatiga xos bo‘lgan milliy predmetlar, urf-odatlar, milliy kiyimlar, milliy tuzum, milliy taomlar, milliy an’analarning nomlari, mazmun-mohiyati aks etadi. Bugungi tezkor axborot almashinuvi sharoitida o‘zbek muqobilsiz leksik birliklarining matbuot matnlari tarkibida tahlilga tortilishi ularning klassifikatsiyasi, lingvomadaniy asoslari hamda tarjimada muammolari xorijiy matbuot vositalarida to‘g’ri berilishiga yordam beradi. Bu esa dissertatsiya ob’ektining naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatadi.
Keyingi bobda ingliz va rusiyzabon matbuot matnlarida eng ko‘p uchraydigan realiyalar turlari sifatida antroponim, toponim, etnografik va ijtimoiy-siyosiy leksikada uchraydigan o‘zbek realiyalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotchi o‘zbek realiyalarini berilishida realiyalarni boshqa xalq yoki mamlakatning milliy xususiyatlariga bog‘lab bo‘lmasligi, realiyalarning asosiy ko‘rsatkichlari muqobilsizlik va so‘zlarning milliy-madaniy jihatdan markerlanganligi ekanligini ta’kidlaydi. Xususan, o‘zbek atoqli otlari – inson ismlarini, siyosiy tuzilma va tushunchalarni, ma’muriy-hududiy bo‘linishni, muassasa va tashkilotlarni, kasb-hunarlarni, turli unvonlarni, gazeta, siyosiy partiyalar, yirik kompaniyalar nomlarini, harbiy leksika kabilar milliy-madaniy markerlanganligi tufayli ko‘pincha tarjima qilinmasdan realiyalik xususiyatini saqlab qolishi aniqlangan.
Ingliz va rus matbuotida muqobilsiz leksikaning tarjima muammolari va lingvomadaniy tahlili dissertatsiyaning so‘ngi bobida ko‘rib chiqilgan. Milliy-madaniy realiyalarning tarjimasining shartlaridan biri realiyalarning milliy-madaniy xarakteri tarjima qilinayotgan tilda to‘g‘ri yetkazilib berilishi asosiy xususiyat ekanligi asoslangan. Bunda tadqiqotchi proffesional tarjimon uchun mediamatnni yoritishda faqat axborotni tushunishning o‘zi yetarli emasligi, u boshqa davlatning madaniy an’analarini bilishi, siyosiy vaziyatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, shuningdek, ekstralingvistik bilimga ega bo‘lishi lozimligini asoslab bergan.
Dissertatsion tadqiqotning ilmiy darajasi, yuksak saviyasi, jahon andozalariga nechog‘lik mos kelishi, qiyoslanayotgan adabiyotlarda mavzuga doir ishlarning qay darajada, xolis va puhta o‘rganilganligi, ularga to‘g‘ri baho berilganligi, va o‘zi amalga oshirayotgan tadqiqotning mazkur ishgacha bo’lgan izlanishlardan farqi va originalligini ob’ektiv ravishda qayd etishda namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga dissertatsiyada bir qancha aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan qismlar ham mavjud. Jumladan, 1) kirish qismida ilmiy ishning yangiliklari sifatida ko‘rsatilgan uchinchi punkda realiyalarining berilishida miqdor ko‘rsatkichi statistik ma‘lumotlari ham qo‘shilgan. Fikrimizcha ushbu qismda statistik ma‘lumotlarni kiritish shart emas. 2) Dissertatsiyaning 14 sahifasida baby boomer birikmasi “tug‘ilish bumi” deb tarjima qilingan. Aslida ushbu birikma avlod nomini bildiradi. Qarang: https://www.investopedia.com/terms/b/baby_boomer.asp. 3) 59 - sahifadagi toponimlar to‘g‘risidagi ma’lumotning berilishi tushunarsiz. 4) Ishning 2-bobi, 67 – sahifasida toponimlarning geografik ob’ekt hajmi va kattaligi nuqtai nazaridan tasnifi amalga oshirilgan. Nazarimizda ushbu qismda ishning predmeti kelib chiqqan holda chuqurroq lingvistik tahlil qilish lozim. 5) Ba’zi keltirilgan misollarda (66, 67, 68, 69, 136…) realiyalar grafik-fonetik jihatdan hato berilgan holatlar uchraydi. Ushbu xatolarni ham tahlil qilib, realiyalarning gazeta matnlarida grafik jihatdan berilishi muammolari sifatida ko‘rsatilsa ishning salmog‘i yanada oshadi. 6) Ishning xulosasida berilgan natijalar ishning vazifalariga to‘liq mos kelmaydi. Shu sababli ishning xulosa qismini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ishda ko‘plab texnik xarakterga ega bo‘lgan xatolar ham uchraydi. Umuman olganda ushbu kamchilik ishning ilmiy ahamiyatiga putur yetkazmaydi hamda ushbu tadqiqot tugallangan ilmiy ish bo‘lib, dolzarb mavzuga bag‘ishlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Djabbarova Shoira Baltayevnaning 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Mediadiskursda muqobilsiz leksikaning lingvomadaniy aspektda tadqiqi (o‘zbek, ingliz va rus matbuoti misolida)” mavzusida yozilgan dissertatsiyasini tugallangan tadqiqot sifatida baholash mumkin. Ish Oliy attestatsiya komissiyasining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi va uning muallifi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb hisoblaymiz.
Rais: Rahmat. O‘qib eshittirilgan taqrizga javob berish uchun so‘z dissertantga, marhamat.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish