Assotsiatsiyaning birinchi Prezidenti etib saylandi. Hozirgi vaqtda Teun van Gelder 2017-2019-
yillar uchun Prezidentlik vazifasini bajarmoqda.
Tashkilot saytida Dorilarning terapevtik monitoringi (DTM) tushunchasi gaquyidagicha ta’rif
berilgan: “Dorilarning terapevtik monitoringi bufanlararo klinik mutaxassislik bo’lib dorivositasi
dozasini umumiy yoki ma’lum bir qisma holida qo’llashnatijasida to’plangan klinik tajriba va
malakani ishga solib bemor parvarishida preparatning qabul qilinadigan
miqdorini individual
moslashtirish orqali yaxshilashni oldiga maqsad qilib qo’yadi.” Ushbu natijalarga farmakogenetik,
demografik va klinik ma’lumotlar kabi nazariy asoslarga tayangan holda yoki farmakokinetik va
farmakodinamik monitoring kabi amaliy tajriba natijalariga asosida erishish mumkin. Shu jihatdan
olganda nazariy DTM klinik xulosa yok iaholida o’rnatilgan farmakokinetik
yoki farmakodinamik
aloqalarga suyangan holda bemorga berilishi kerak bo’lgan boshlang’ich dozani aniqlashdan
iboratdir. O’z navbatida amaliy DTM o’z ichiga teng ahamiyatga ega bo’lgan analizdan oldingi,
analiz vaqtidagi va analizdan keyingi davrlarni oladi va ko’proq preparatlarning aktiv
yoki toksik
formalarining biologik materiallarga ta’siri haqidagi ma’lum vaqtda to’g’ri amalga oshirilgan
farmakokinetik monitoringlarda yig’ilgan, maxsus, aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Shuningdek,
analizgacha bo’lgan holatlar, klinik ma’lumot va berilgan dozaning klinik effektivligini inobatga
olgan holda natijalar tahlilini talab qiladi.
Klinik toksikologiya esa toksikologiyaning ma’lum bir bo’limi hisoblanib
uning asosiy maqsadi
dori vositalari, qoldiq elementlar yoki boshqa kimyoviy birikmalar bilan zaharlanishni skrining va
miqdoriy tahlil usullaridan foydalangan holda tashxislashga yordam berish va zaharlanish darajasini
baholash hisoblanadi.
Ushbu tashkilot bilan O‘zbekiston olimlarining ilk aloqalarni TOBK kafedrasi dotsenti, farm.f.n.
F.S. Jalilov yo‘lga qo‘ydi. U 2017 IATDMCT xalqaro granti sohibi bo‘lib,
Yaponiyaning Kyoto
shahrida bo’lib o’tgan 15-Kongressida ishtirok etib, qaytdi. F.S. Jalilov Bugungi kunda Markaziy
Osiyo bo‘yicha regional rahbar hisoblanadi. Uning tavsiyasi bilan dots. D.A.Zulfikarieva, talabalar
S.A.Fazlievva SH.H. Fayzullaevalar Bugungi kunda tashkilot a’zosiga aylanib, O’zbekiston uchun
yangi bo’lgan soha haqida bilimlarga ega bo’lishmoqda va shu sohada ilmiy
ishlarni amalga
oshirishmoqda hamda shu sohada bilim almashib va yangiliklardan voqif bo’lmoqdalar.
Ташкентский Фармацевтический институт.
Контент-анализ противовоспалительных лекарственных средств
Научный руководитель: Гаибназарова Д.Т.-доцент кафедры
Д.Ш.Мухамедова, Д.Б.Касимова,Н.А.Каримова
Do'stlaringiz bilan baham: