ustuvor yo‘nalishi va tamoyillari aniq-ravon ifodalab berildi.
Istiqlolimizning ilk kunlaridanoq xalqimizning eski, qotib qolgan
mafkuraviy aqidalardan voz
kechib, ma'naviy yangilanishiga, odamlarning qalbi va ongiga milliy g‘oya tamoyillarini
singdirishga qaratilgan aniq siyosat olib borayotganligi, bu esa o‘z navbatida yurtdoshlarimizning
tafakkurini o‘zgartirishda, islohotlarni joriy etishda yangicha yondashuvlarni
shakllantirish,
jamiyatimizda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va barcha ijtimoiy guruhlar o‘rtasida
ahillikni mustahkamlashda sezilarli ishlar qilinayotgani natijasida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘linmoqda.
Barchamizga yaxshi ma'lumki, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim qismi,
ma'naviyat va ma'rifat sohasida barkamol shaxsni shakllantirish borasida uzluksiz ish olib borishdan
iborat.
Bu hayotiy, biz hamisha amal qiladigan tamoyil jamiyat rivojining asosi va shartiga
aylanmog‘i hamda o‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida
ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak. Mana shu uch buyuk
qadriyatni xalqimiz asrlar davomida e'zozlab kelgan.
Bizning muqaddas dinimiz ham, butun SHarq
falsafasi ham bu qadriyatlarni ulug‘lagan, ularni ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim shartlari deb
bilgan. Mana shunday chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yoki shunga intilgan odam
demokratiya ne'matlarining oddiy iste'molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va
himoyachisiga aylanadi. Ana shunda demokratiya va fuqarolik jamiyati asoslarini amalda
barpo
etish, inson haq-huquqlarini va erkinliklarini ta'minlash mumkin bo‘ladi. SHundagina inson o‘z
mamlakatining tom ma'nodagi munosib fuqarosi bo‘la oladi. Darhaqiqat, buyuk ajdodimiz Abu
Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi bilim, fan, axloq va ma'rifat sohasida yuksak
darajaga ko‘tarilgan jamiyatgina ijtimoiy taraqqiyotda samarali natijalarga erisha olishi mumkin,
degan fikrida juda katta ma'no bor. Mamlakatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish,
komil insonni tarbiyalash, ijtimiy hamkorlik qonunlari va aniq tarixiy
sharoitlardan kelib chiqqan
holda mafkuraviy faoliyatning asosiy vazifalari, mustaqillik tafakkurini tarbiyalash yo‘llari
belgilangan. Bu - xalqimizda milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish, axloqiy tarbiya, millatlararo
totuvlik va vatanparvarlikni rag‘batlantirish, shaxsning har tomonlama uyg‘unlikdagi rivojlanishi va
mafkuralar tahdidlarini bartaraf qilish demakdir.
Adabiyotlar:
1.
Karimov I.A.YUksak ma'naviyat engilmas kuch. T., Ma'naviyat, 2008.
2.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O‘zbekiston, 2001.
3.
Milliy istiqlol g‘oyasi:
asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli
tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.
TURKISTONDA JADIDLAR HARAKATINING VUJUDGA KELISHI.
Toshkent farmatsevtika instituti
Sanoat farmatsiyasi fakulteti metrologiya yo‘nalishi
1-kurs 1/1 guruh talabasi Jalilov A
Ilmiy rahbar: Abduraximova D
Do'stlaringiz bilan baham: