Список использованнрй литературы: 1.Государственный реестр ЛС и ИМН [2016 C.776]
2.Справочниу Видаль.Лекарственные препараты в Узбекистане
3.Список основных лекарственных средств
4.Клиническая фармакология Одесса 2011 В.И.КресюнТ.В.Трегуб
MAHALLIYLASHTIRILGAN VALGUS PRO OYOQ BIRIKTIRGICHLARINI DERMOTO-
TOKSIKLIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
N.F.Ishonqulova, A.B.Mirxo’jayev - 4-kurs talabalari
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh.
Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi
Ilmiy rahbar: Farm.f.n., dotsent F.S. Jalilov
Ilmiy ishning dolzarbligi: Hallux valgus barmoqdagi shikastlanish barmoqning boshqalarga
nisbatan burchak ostidan tashqariga burilishi tufayli kelib chiqadi. Hallux Valgus kasalligi
erkaklarga nisbatan ayollarda 10 marta ko’proq va tez-tez uchraydi. Buning sababi, ayollarda
nisbatan pay apparatining zaifligi, shuningdek, noqulay, tor, baland poshnali oyoq kiyimlar
kiyishidir[1]. Kasallik keng tarqalgan va barcha yoshdagi odamlarda uchrashi mumkin. Asosan 30
yoshdan oshgan ayollarning 60-70%dan ortig’i Hallux Valgus kasalligidan azob chekishadi.
Shularni inobatga olgan holda biz bu kasallikni oldini olishda chet eldan valyuta hisobiga kirib
kelayotgan qimmatbaho dori vositalarining o’rnini egallashi mumkin bo’lgan, yuqori
samaradorlikka ega bo’lgan mahalliy xom ashyolar asosida oyoq uchun maxsus biriktirgichlarni
ishlab chiqarish lozim. [2].
Ishning maqsadi. Respublikamizda ham Valgus kasalligini davolash uchun yuqori samaradorlikka
ega bo’lgan mahalliy xom ashyolar asosida oyoq uchun maxsus biriktirgichlarni ishlab chiqarish va
ularni toksiklik xususiyatlarini o‘tkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Usullar: Valgus Pro biriktirgichlari kasallikning nafaqat boshlang’ish balki og’ir ko’rinishida ham
davolash imkoniyatini beradi. Valgus Pro biriktirgichlari oyoqqa yaxshi o’rnashib oladi va
oyoqdagi deformatsiyani bartaraf etadi.
Valgus Pro biriktirgichlarining vazifalari: Deformatsiyaga uchragan suyakni tuzatish;Oyoqning
o’sha joyidagi bursit, yara hosil bo’lishi va suv to’planishi kabi muammolarni hal etish;
Yassioyoqlikni oldini olish;Yurgandagi og’riq hissini yo’qotish. Bosh barmoqqa taqiladigan
biriktirgich; Bosh va 2-barmoqqa taqiladigan biriktirgich; Kechqurun taqiladigan biriktirgich;
Oxirgi barmoqqa taqiladigan biriktirgich; Yassioyoqlikka qarshi fiksator biriktirgich. To’piqni
himoyalovchi silikonli paypoq
Shulardan biz bosh barmoqqa taqiladigan biriktirgich bilan tanishib chiqamiz. Bu turdagi fiksatorlar
asosan kunduz paytida 6-8 soat davomida taqish tavsiya etiladi.
Mahsulotimiz chet el talablariga mos ravishda ishlab chiqariladi va Respublikamizda
mahalliylashtirilgan. Chet davlarlarda bu turdagi fiksatorlardan foydalaniladi ammo ularda bu
fiksatorlarning rangi oq bo’lib, ishlatishga, ochiq oyoq kiyimlari bilan ishlatishga noqulay.
O’zbekistonda ishlab chiqrilayotgan fiksatorlarning asosiy farqi va afzalligi bu fiksatorlarning
chidamliligi va oyoq rangida ishlab chiqarilayotganligidir.