Φιλοσοφία «donishlikni sevish»


Konsikvensializm, deontologiya va aretaik burilish



Download 130,58 Kb.
bet13/15
Sana29.08.2021
Hajmi130,58 Kb.
#158355
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
фалсафа 2

Konsikvensializm, deontologiya va aretaik burilish[tahrir]

Jeremy Bentham



Asosiy maqola: Konsikvensializm

Asosiy maqola: Deontologiya

Zamonaviy etikada konsikvensializm (amallar ularning oqibatlariga koʻra baholanishi kerak) va deontologiya (amallar ularni bajaruvchilarning burch yoki huquqlariga kirishi-kirmasligiga qarab baholanishi kerak) orasida bahs kechmoqda.



Jeremy Bentham va John Stuart Mill utilitarianizmni - amallar "imkon qadar koʻp shaxslarga imkon qadar katta baxt" yetkazishiga qarab baholanishi kerakligi gʻoyasini targʻib etishdi. Bu gʻoya konsikvensializmni kengaytirdi.

Immanuel Kant konsikvensializmga qarshi chiqib, maʼnaviy prinsiplar shunchaki ong mahsuli ekanligini taʼkidladi. Kant amallar oqibatini etikaga kiritish xatodir, deydi. Kant'ga koʻra, ong mutlaq burch boʻlmish kategorik imperativga boʻysunadi. Bunga qoʻshimcha qilib, XX asr deontologi W.D. Ross prima facie deb ataluvchi imperativlar ham borligini aytadi.

Keyingi ishlar etikada shaxs roli alohida urgʻulandi; bunday qarash aretaik burilish (yaʼni, fazilatlar tomon burilish) oqimiga taalluqlidir. Bu oqimga xos fikrlash Bernard Williams ishlarida ayniqsa namoyon boʻladi. Williams konsikvensializm ham, deontologiya ham odamlarni sovuqqon harakat qilishga undaydi, deydi. Bu esa, Williams'ga koʻra, odamlarni oʻz ichki dunyosidan, oʻz ishlaridan voz kechishga olib keladi.



G.E.M. Anscombe "Zamonaviy Maʼnaviy Falsafa" ("Modern Moral Philosophy") (1958) asarida fazilatlar etikasini Kantianizm va konsikvensializmga alternativ oʻlaroq koʻradi. Fazilatlarning qadimgi konsepsiyalarini oʻrganish aretaik burilishni ilhomlantirdi. Masalan, Arastu etikasi odamlardan Arastu meʼyorini - ikki ayb orasidagi muvozanatni saqlashini talab qilsa, Konfutsiy etikasi fazilat odamlar orasidagi garmoniyadadir, deydi. Fazilatlar etikasi faylasuflar Philippa FootAlasdair MacIntyre va Rosalind Hursthouse tomonidan targʻib qilinadi.

Sharq falsafasi[tahrir]



Asosiy maqola: Sharq falsafasi

Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.

Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.

Sharq falsafasi atamasi bilan HindistonEronXitoyKoreyaYaponiya falsafiy anʼanalari nomlanadi. Gohida bu roʻyxatga Yaqin Sharq ham qoʻshiladi, biroq Yaqin Sharq falsafasi Ibrohimiy dinlar yoyilishi va Yevropa bilan savdo-sotiq faolligi tufayli Gʻarb falsafasining koʻpgina alomatlariga ega.


Download 130,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish