• "Дидактика" тушунчасини таърифлаб беринг



Download 39,5 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi39,5 Kb.
#92190
Bog'liq
1-Амалий машғулот


•         “Дидактика” тушунчасини таърифлаб беринг.

Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.

•         Дидактиканинг предмети ва объекти нималардан иборат?



Didaktikaning predmeti va vazifasi.

Hozirgi davrda didaktika o`qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.



Umumiy didaktikaning predmeti dars o`tish (o`qituvchi faoliyati) va bilim olish (o`quvchining o`rganish faoliyati)ning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.

Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo`ycha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.

Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqchlarida u yoki bu fanlarni o`rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o`qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur.

Didaktika predmetini aniqlash bo`ycha turli qarashlar ilgari surilgan. qarashlarning turlicha bo`lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog`liq.

Ko`pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko`rsatadilar.

Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi.

•         Дидактиканинг асосий вазифалари нималардан иборат?

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish;

- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;

- ta’lim jarayoni uchun xos bo`lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash.

•         Дидактиканинг асосий категориялари қайсилар?

Muayyan fanga xos bo`lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to`plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:




  1. falsafiy tushunchalar;


  2. xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo`lgan tushunchalar.

•         Дидактик концепциялардан қайсилари билан танишсиз?

 Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.

Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.



Didaktik tizim (yunoncha “systema” yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko`rsatish demakdir. U ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:




  1. an’anaviy;


  2. progressiv;


  3. zamonaviy.


Ta’lim nazariyasida YA.A.Komenskiy, I.Pestallosi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.

An’anaviy didaktik tizimining yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan bog`liq. U YA.A.Komenskiyning sinf-dars an’anaviy tizimini tanqidiy nuqati nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta’lim tizimini yaratdi.

I.F.Gerbart ta’lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat. o`quvchilarning intellektual rivojlanishini ta’minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.



Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o`ynashini e’tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.

Zamonaviy didaktik tizim XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo`lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o`zlashtirishda samaradorlikka erishish g`oyasini ilgari suradi. Mazkur g`oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o`quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish