???? Dars #4 Present Simple tense



Download 13,31 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi13,31 Kb.
#895020
Bog'liq
grammar kurs


📖 Dars #4 Present Simple tense
▪️Present Simple Tense – hozirgi oddiy zamon doimiy ravishda sodir boʻladigan, oʻzgarmas yoki takroriy ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
▪️Mazkur zamonda darak gaplarda asosiy fe’lning oʻzi, soʻroq va inkor gaplarda do/does yordamchi fe’llari va asosiy fe'l ishtirok etadi.

▪️Positive form:


🔸I work.
🔸He/she/it works.
🔸We/you/they work.

▪️ Negative form:


🔸I do not work.
🔸He/she/it does not work.
🔸We/you/they do not work.

▪️ Question form:


🔸Do I work?
🔸Does he/she/it work?
🔸Do we/you/they work?
💡Eslatma: Hozirgi oddiy zamon fe’lining tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi. III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi. Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi lozim.
🔸He works, she goes, it washes

▪️Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.


🔸He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash.
🔸Does he work? Does she go? Does it wash?

📖 Dars #5 Present Simple Tense ning qoʻllanish holatlari:


1️⃣ Doimiy yoki takroriy ravishda sodir boʻladigan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ish-harakat kecha, bugun va ertaga ham shunday tarzda sodir boʻladi va oʻzgarmaydi.
🔸I go to work by bus every day.
🔸She always gets up at 6 oʻclock.
🔸Many people think that if a black cat crosses your way it is bad luck.

2️⃣ Dunyoda har doim haqiqat boʻlgan voqea-hodisalar mavjud. Masalan, tabiat hodisalari boʻlgan quyosh chiqishi, yerning quyosh atrofida aylanishi, kuzda qushlarning issiq oʻlkalarga uchib ketishlari va hakozo. Undan tashqari, jamiyatda oʻrnatilgan umumiy qoidalar, kasblar, insonlar va boshqa voqea-hodisalar haqida umumiy fikr bildirilganda ham hozirgi oddiy zamon fe’li qoʻllaniladi.


🔸The sun rises in the east.
🔸Cats live on mice.
🔸Water boils at 100ᵒC.
🔸Carpenters make things of wood.
🔸When ladies enter the room, gentlemen stand up and greet them.

3️⃣ Ingliz tilida fikrga qoʻshilish, va'da berish, tavsiya qilish uchun bir qancha fe’llar ishlatiladi. Bunday fe’llar “performative verbs” deb ataladi va nutqda juda keng qoʻllaniladi. Misol sifatida “to agree/think/ suggest/ recommend/ insist/ promise/ apologise/ refuse” fe’llarini keltirish mumkin. Mazkur fe’llar ham odatda hozirgi oddiy zamonda qoʻllaniladi.


🔸I promise I won’t be late.
🔸What do you suggest I do?
🔸He insists that we should come with him.

4️⃣ Hozirgi oddiy zamon fe’li quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:


▫️always ▫️usually ▫️often ▫️sometimes▫️rarely
▫️never▫️hardly ever▫️frequently▫️occasionally▫️seldom
▫️all the time
▫️every+day/morning/night/Monday/week/month/other day/year
🔸Jim always gets up at 6 oʻclock.
🔸He never lies to his parents.
🔸We frequently see that man on the beach.

💡Ingliz tilida “Why don’t you…?” birikmasi tavsiya qilish, maslahat berish uchun qoʻllaniladi.


🔸 Why don’t you get a new job instead of lying all day?

💡Eslatma “never” payt ravishi qoʻllanilganda yordamchi fe’llardan 'don’t/doesn’t' qoʻllanilmaydi.


🔸He never lies to his parents. (U ota-onasiga hech qachon yolg’on gapirmaydi…toʻg’ri gap qurilmasi)
🔸He doesn’t never lie to his parents. (notoʻg’ri gap qurilmasi)

▪️Yuqoridagi holat 'no/nobody/no-one/nothing/nowhere/neither/seldom/rarely/hardly ever' kabi inkor ma’nodagi soʻzlarga ham taalluqlidir.


▪️Nobody believes a liar when he tells the truth. (Nobody doesn’t believe… emas)
📖 Dars #6 Present Simple Tense qo'llanishining maxsus holatlari:

1️⃣Biror ishni qilish uchun koʻrsatma (yoʻriqnoma) berish uchun:


🔸You mix the soup with some cream at the end to make it tastier.
🔸You take Bus 93 to get to the Kuyluk Market.

💡Yuqoridagi holatlarda oddiy buyruq gap ham qoʻllash mumkin.


🔸Take Bus 93 to get to the Kuyluq Market.

2️⃣ Hozirgi zamonda oʻzlashtirma gapni ifodalash uchun:


🔸The book says that too much butter and milk is bad for your health.
🔸They say that the company is losing much of its market share.

3️⃣ Gazeta, jurnal va internet nashrlarida yangiliklar sarlavhalarini yozishda:


🔸President Obama meets his Russian colleague.
🔸Rebels occupy the centre of Damascus.

4️⃣ Sport musobaqalarida oʻyin jarayonini sharhlashda:


🔸Ozil takes the ball and passes it to Ronaldo. Ronaldo is with the ball and he makes a fantastic shot!!! GOOOAL!!!! Good job Cristiano!
📖 Dars #7 Present Continuous va Present Simple Tense qo'llanishidagi o'ziga xosliklar
💡Mazkur dars umuman olganda barcha oddiy va davomiy zamonlarga taalluqli bo'lib, ularda ba'zi fe'llarning qo'llanishiga bag'ishlanadi.
▪️Mazkur ikkala zamonda fe’llarni holat va harakat fe’llariga ajratib olish juda muhim.
▪️Harakat fe’llari, oʻz nomi bilan koʻrsatilganidek, biron harakatni ifodalashda qoʻllanadigan fe’llardir (to play/to read/to run..).
▪️Holat fe’llari esa his-tuyg’uni, fikrni yoki biror holatni tasvirlashda ishlatiladigan fe’llar (to feel/to love/to want/to think…) hisoblanadi.

💡Harakat fe’llari ingliz tilida - 'dynamic verbs', holat fe’llari esa - 'stative verbs' deb yuritiladi.

▪️Umumiy qoidaga koʻra harakat fe’llari barcha zamonlarda (davomiy va oddiy) zamonlarda qoʻllanishi mumkin.
🔸Tom is playing football in the yard now. (oʻynayapdi… davomiy)
🔸Tom plays football in the yard every evening. (oʻynaydi… oddiy)

▪️Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi.


🔸I know that you are wrong. (Men bilamanki, siz nohaqsiz.…oddiy zamonda)
🔸He loves flowers. (U gullarni sevadi…oddiy zamonda)
Download 13,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish