¤ÒÌÈØÃÀ ÍÀÇÀÐ / ÂÇÃËßÄ Â ÏÐÎØËÎÅ / LOOK TO THE PAST
¹
20 | 2019
tovarlarini olib kelindi[6,B.106].
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan kelgan daromadning hammasini o'zlashtirishga
qodir emas . Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi chet el banklarida saqlanadi
hamda qarzga beriladi. Bu hol Saudiyaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli rol
o'ynashini ta'minlab kelmoqda. Saudiya Arabistonining asosiy ittifoqchisi va hamkori
AQSHdir. Ayni paytda arab davlatlari va boshqa musulmon davlatlari bilan ham hamkorlik
qiladi . Shu jumladan O'zbekiston bilan ham. Har yili budjetning 10 foizi miqdorida
musulmon davlatlariga yordam ko'rsatilmoqda. Jumladan, arab davlatlarining AQShga
taklifi asosida Isroil bilan iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishda Saudiya Arabistoni katta
rol o'ynadi.
Ikkinchi jahon urushidan so'ng iqtisodiyotning jadal sur'atlarda rivojlanishi natijasida
neftga bo'lgan talab kun sayin oshib bora boshladi. Bu esa dunyo mamlakatlarida neft
siyosatining vujudga kelishiga zamin hozirladi. Neft ishlab chiqaruvchi davlatlar dunyo
siyosatida muhim rol o'ynay boshladilar. 1960- yilda Iroq, Eron, quvayt, Saudiya Arabistoni
Qatar, BAA, Venusuela, Indoneziya , Livan, nigeriya, Jazoir, Ekvador davlatlari neft
mahsulotlarini o'zaro kelishgan holda ishlab chiqarish va manfaatlarni himoya qilish
maqsadida OPEK tashkilotida asos soladilar[7,B.80].
So'nggi yillarda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan notinchliklarning ham asosiy
sababi neft zaxiralari uchun kurash , neft tan narxini pasaytirish borasida buyuk davlatlar,
birinchi galda AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan olib borilayotdan tashqi siyosatning
bir qismi deb hisoblash mumkin. Chunki Yaqin Sharq mintaqasida dunyoda aniqlangan
neft zaxiralarining 80 foizi mavjud .
Bugungi kunda AQSH hukumati neft narxini pasaytirish borasida Yaqin Sharq
mamlakatlariga maksimal darajada bosim o'tkazib kelmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistoni
bilan iqtisodiy hamkorlikni tashqi siyosiy faoliyat va harbiy yo'l bilan qondirishga urinmoqda.
Hozirgi dunyoda neft va neft zaxiralariga egalik qilish , uni ishlab chiqarish va import
qilish , energiya zaxiralari ustidan nazorat qilish borasidagi kurash natijasida energiya
zaxiralarining yirik markazi bo'lgan Yaqin Sharq mintaqasi buyuk davlatlar o'rtasidagi
nizoli hududga aylandi. Millionlab kishilar qochoqlarga, ochlik, epidemiya hokm suradidan
lagerlar asiriga aylanib , moddiy va ma'naviy yodgorliklar chayqov bozorini to'ldiruvchi,
G'arb korchalonlari to'ldiruvchi makonga aylanib qoldi.
O'zbekiston mustaqilligi yillarida Saudiya Arabistoni bilan ko'p tomonlama hamkorlik
yo'lini olib bormoqda . Jumladan ikki davlat o'rtasida imzolangan shartnomalar orasida
neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash borasidagilari ham mavjuddir. Saudiya bu borada
O'zbekiston uchun katta amaliy maktab vazifasini o'tab kelmoqda. 1996-yil Saudiya
Arabistoning "Delta oil" shirkati bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi. O'zbekiston hukumati
AQSh - Saudiya Arabistoni "Yunikol" va "Delta oil " shirkatlari konsortsiumi bilan
Markaziy Osiyo neft va gaz quvurlari loyihalari to'g'risida bitim , "O'zbekneftegaz" milliy
korporatsiyasi esa O'zbekistonda neft va gaz razvetkasi hamda qazib chiqarish haqida
anglashuv protokolini imzoladi. Savdo iqtisodiy aloqani rivojlantirishda qo'shma korxona
muhim o'rin ttutadi. O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ro'yxatidan
o'tgan 14 korxonaning 10 tasi qo'shma bo'lib, 4 tasi to'laligicha Saudiya Arabistoni sarmoyasiga
tuzilgan[8,B.245].
Xulosa qilib aytganda, Saudiya Arabistoni ikkinchi jahon urushidan keyin neft siyosati
masalasida juda katta e'tibor qaratdi . Urushdan oldingi yillarda neft konlaridan dunyoning
rivojlangan davlatlari tenglik asosida foydalangan bo'lsalar endi Saudiya uni milliy boylik
deya e'tirof etdi. Musulmonlar davlatlari orasida ham uning o'rni bo'lakcha. Saudiya
41
Do'stlaringiz bilan baham: |