Bog'liq SAUDIYA ARABISTONIDA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI IQTISODIY HAYOTDA NEFT SIYOSATINING O\'RNI VA ROLI
¤ÒÌÈØÃÀ ÍÀÇÀÐ / ÂÇÃËßÄ Â ÏÐÎØËÎÅ / LOOK TO THE PAST ¹ 20 | 2019 infrostruktura shular jumlasidandir. Bularning barchasi 90-yillarga kelib Arabiston aholisining
86 % shaharlarda istiqomat qilishiga olib keldi[4,B.81].
Dunyodagi eng yirik jahon urushi bo'lgan ikkinchi jahon urushidan keyin dunyo
davlatlarining "qora oltinga " bo'lgan munosabati tubdan o'zgardi. Neftga boy bo'lgan
davlatlarga dunyoning iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlari o'z ta'sirini o'tkaza boshladi.
Ikkinchi jahon urushi davri (1939-1945)da Saudiya Arabistoni Germaniya (1941) va
Italiya (1942) bilan di plomatik aloqani uzdi. Urush oxiriga kelib Saudiya Arabistonida
AQSH ta'siri kuchaya boshladi. 1943-yilda AQSh Saudiya Arabistoni bilan di plomatik
aloqa o'rnatdi va bu davlatga ham lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy
etdi.AQSh urushdan oldin ham bu o'lka neftiga yaxshi qiziqish bildirgan edi . Jumladan
1935-yildayoq AQSH neft kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan shug'ullana boshlagan
va shu yili neft qazib chiqarish bo'yicha arab - amerika kompaniyasi tuzilgan edi. 1939-
yildan boshlab esa neftni sanoat asosida qayta ishlash boshlandi.
1964-yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud o'tirdi. U mamlakatni zamonaviylashtirish
va liberallashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamonaviylashtirish deyilganda , zamonaviy
iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar edi. Liberallashtirish deyilganda esa hamma
tomonlama teng imkoniyatlarga ega bolgan mustaqil Saudiya davlati nazarda tutilar edi.
Faysal ibn Saud milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab - amerika neft kompaniyasi
(ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga ko'chirildi. 1973-yil Yaqin Sharqdagi harbiy
tanglik paytida Saudiya o'z qo'shinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda
qatnashdi va Misr va Suriyaga qaytarib bermaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi.
Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar - AQSh va Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha
to'xtatib qo'ydi. 1973-yilda ARAMKO milliylashtirildi.1982-yildan boshlab kompaniya
daromadida Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi. 1999-yilda esa
kompaniya to'la Saudiya mulki bo'lib qoldi. Podsho hukumati mamlakatga neftdan keladiga
daromad evaziga bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi . Chunonchi, mehnat qilish huquqi
kafolatlandi. Zamon ruhiga mos mehnat qonuni jariy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon
turar joylar qurildi. Yuqori ish haqi to'lanishi kafolatlandi.
Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zarurati tug'ilganda davlat uning
xarajatini o'z bo'yniga oladigan tartib joriy etildi. Bepul umumiy o'rta ta'lim amalga
oshirildi. O'g'il bolalar uchun uning ota-onasiga bepul konpensatsiya to'lovi joriy etildi.
Qirol Faxd bin Abdulaziz as-Saud (1982-yil taxtga o'tirgan) ham Faysal siyosatini
davom ettirdi. Davlatda neftga milliy boylik sifatida qarash omma ongiga chuqur
singdirildi[5,B.102].
Saudiya Arabistoning ikkinchi jahon urushidan keyin neft savdosidagi iqtisodiy sherik
davlatlarini shartli ravishta quydagi guruhlarga bo'lish mumkin:
_ AQSh (asosiy iqtisodiy sherik);
_G'arbisy Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya ,Italiya va
Shveysariya);
_ Fors Ko'rfazidagi arab davlatlari hamkorligi kengashiga a'zo mamlakatlar;
_ Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari (Yaponiya , Xitoy, Korea, Singapur va Malayziya)
So'nggi yillarda savdo ayriboshlashning ma'lum miqdorda kamayishiga qaramasdan
AQSH Saudiya Arabistoning asosiy iqtisodiy sherigi bo'lib qolmoqda AQSh dan qilingan
import butun inport hajming 20 foizini tashkil qiladi.
Bugungi kunda davlat daromadining 92(YIMning 35 foizi va amaldagi eksportdan
keladigan daromadning hammasini tashkil qiladi) foizi neftdan kelmoqda. Xususan,
1995-yilda 50mlrd dollarlik neft sotilgan bo'lsa , mamlakatga 30mlrd dollarlik xalq iste'mol