¤ÒÌÈØÃÀ ÍÀÇÀÐ / ÂÇÃËßÄ Â ÏÐÎØËÎÅ / LOOK TO THE PAST
¹
20 | 2019
Maftuna I. Sanoqulova,
Teacher of history in 3 general
secondary schools in Shafirkan
district of Bukhara region
THE ROLE AND ROLE OF OIL POLICY IN SAUDI ARABIA IN
POST WORLD WAR II ECONOMIC LIFE
ANNOTATION
This article consists of the politics which connected with oil in Saudi Arabia after the
World war II , the relations of economical cooperations on this matter and the place
of oil in the history of world economics.
Key words: Saudi Arabia, USA, economic partner, oil, OPEK, barrel, energy
resource, muslim countries, ARAMKO, Middle East.
O
siyo qit'asining janubi g'arbiy qismida joylashgan Saudiya Arabistoni dunyoning
yetakchi neft ishlab chiqaruvchi davlatlaridan biri hisoblanadi.1930-yilda Saudiya
Arabistoni hududida dastlabki neft koni topilgach , mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi
"Yangi hayot davri" boshlangan desak also mubolag'a bo'lmaydi. Shundan so'nggi yillarda
jadal sur'atlarda neft sanoati gurkilab rivojlandi va neftni qazib chiqarish yildan yilga o'sib
bordi. Jumladan , 1938-yilda 0,5 mln. barrel qazilgan bo'lsa, 1970-yilga kelib 2772,2
mln.barrelga , 2010-yilda esa qarib 10mln.barrelga yetdi[1.B.67]. Jahon iqtisodiy tarixi
shuni ko'rsatadiki, Saudiya Arabistoni neftning eng yirik eksportchisi hisoblanadi va
OPEKda yetakchi rol o'ynaydi. Bu omil Saudiya Arabistoni iqtisodining gurkirab rivojlanishiga
yordam berdi.
Bugungi kunda neft va neft mahsulotlarisiz hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Dunyo
bo'yicha neftning yo'l transportidagi ulushi 98 foiz, elektr energiyasining 9 foiz, iste'mol
energiyasining 36foizini tashkil etadi[2,B.78]. Ushbu dalillar neft mahsulotlarining ijtimoiy
iqtisodiy hayotda nechog'lik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatishga xizmat qiladi. Neft
narxining o'sishi va dunyo iqtisodiy hayotidagi rolining oshib borishi, neft tanqisligi,
mamlakatlar ijtimoiy iqtisodiy hayotida muhim rol o'ynay boshlashi XX asr 60-yillaridan
boshlangan bo'lib, o'shanda "Yetti opa-singillar" nomini olgan "Standart Oil Company
of Nev Jersey", "Texaco", "royal Dutch Shell", "Mobil Oil", "Talf Oil" singari
kompaniyalar 1928-yilda kelishuv asosida dunyoda neft narxini boshqara boshladilar[3,B.7].
Saudiya Arabistoni neft zaxiralari bo'yicha dunyoda 1-o'rinda (35,8mlrd tonna) , neft
qazib chiqarish bo'yicha 2-o'rinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95 foizi "Saudi
Aramko" milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. Saudiya Arabistonida kuniga
7,5 million barrel neft qazibolinadi. Gaz zaxiralari bo'yicha dunyoda 4-o'rinni egallasada
, uni qazib olish bo'yicha Yaqin Sharqda 1-o'rinda turadi.
Ikkinchi jahon urushiga qadar Saudiya Arabistoni xo'jaligida chorvachilik ustun bo'lgan
. Urushdan keyin neft qazib olish va uni eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.
Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni
rivojlantirishga katta mablag' ajratish imkoniyatini berdi.
Bir necha o'n yillar ilgari hali erga ishlov berish, baliqchilik hamda marvarid qazib
olish bilan shug'ullanib kelgan Saudiya Arabistoni aholisi tarixiy qisqa vaqt mobaynida
keng qamrovli qayta tiklanishni boshidan kechirdi, bunyod etilgan zamonaviy neft va
neftkimyoviy sanoat ko'p sonli energetika, injinerlik, transport inshootlari hamda ijtimoiy
39
Do'stlaringiz bilan baham: |