146
qurishda quyidagi fundamental tamoyillarni hisobga olgan holda axborot zahiralari,
texnologiyalar va uzatish vositalari, ma’lumotlarni ishlash va saqlashni majmuaviy
himoya qilish masalalarini bajarish lozimligidan kelib chiqmoq kerak.
Noaniqlik tamoyili.
Ushbu tamoyil «inson omili» mavjudligi bilan tavsiflanadi,
zero, kim, qachon, qaerda, nima maqsadda va qanday ahvolda elektron biznesni yoki
elektron tijoratning alohida modelini olib borishning umumiy sxemasining axborot
xavfsizligini buzishga harakat qilishi oldindan ma’lum emas.
Ideal himoya tizimini yaratish imkoniyati yo’qligi tamoyili.
Ushbu tamoyil
noaniqlik va himoya tizimi zahiralari chegaralanganligi faktidan kelib chiqadi.
Eng kam xatar tamoyili.
Ideal himoya tizimini yaratish mumkin emasligidan kelib
chiqadi. Shuning uchun vaqtning istalgan payti uchun havfsizlik va elektron tijoratni
amalga oshirish uchun aniq sharoitlardagi xavflar xususiyatlarini hisobga olgan holda
xatarlar darajasini tiklash lozim.
Eng kam zarar tamoyili.
Ideal himoya tizimini yaratish mumkin emasligi va xatar
tamoyillarini mantiqiy rivoji sanaladi.
Xavfsiz vaqt tamoyili.
Vaqtning ikkita omillari hisobini nazarda tutadi:
-elektron tijoratni xavfsiz olib borishni saqlab qolish lozim bo’lgan absolyut
vaqt;
-himoya tizimiga nisbatan qarshi harakatlarni aniqlashtirish paytidan to
jinoyatchining o’z maqsadiga etishguniga qadar bo’lgan nisbatan vaqt.
Hammadan hammani himoya qilish tamoyili.
Himoya jarayoni aniqmasligi deb
sanaluvchi elektron tijorat xavflarining barcha shakllariga qarshi himoya tadbirlarining
yig’indisini nazarda tutadi.
Qonunchilik tamoyili.
Elektron tijoratni axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
amaldagi mavjud qonunchilikning keng miqyosda amal qilinishini talab qiladi.
Personalning javobgarlik tamoyili.
Ushbu tamoyilga muvofiq korxona, muassasa
va tashkilotning har bir xizmatchisiga o’z vakolatlari yoki mos qo’llanmalar doirasida
rejimini saqlash uchun shaxsiy personal javobgarligi yuklanadi.
Vakolatlarni chegaralash tamoyili.
Bu tamoyilga muvofiq elektron tijoratni olib
borish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishi buni talab qilmasa, konfedentsial
axborotdan foydalanish ta’qiqlanadi. Personalning funktsional majburiyatlari va
mijozlar buyurtmalarning zaruriy harakatlari doirasidan chiquvchi barcha vositalar
va imkoniyatlar minimallashtiriladi.
O’zaro aloqa va hamkorlik tamoyili.
Ushbu tamoyil elektron tijoratni olib borishda
axborot xavfsizligining qulay ichki va tashqi muhitini yaratishga qaratilgan.
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: