10-MAVZU. ELEKTRON TIJORAT, ELEKTRON
BOZOR MUNOSABATLARI
10.1.Elektron bozor, elektron bozor maydonlari, elektron magazin
10.2. Elektron do‘kon, elektron birja, elektron auksion, elektron xizmat turlari,
elektron bozorda bank xizmati
10.3. Elektron to‘lovlar: debet va kredit, naqd pul to‘lovlari, elektron pul
10.4. Plastik karta turlari va ulardan foydalanish mexanizmi
Tayanch so’zlar: Elektron bozor, elektron magazin, Elektron do‘kon, elektron birja, elektron
auksion
Elektron bozor deb, uning ishtirokchilari va axborot strukturalari hamda
telekommunikastiya texnologiyalari, tizimlari sharoitida ma’lum Qonuniyatlar bilan
xarakterlanadigan ishtirokchilar, ularning o’zaro ta’sir jarayonlari majmuasi
tushuniladi. Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga nisbatan ancha mukammal
raqobat bilan xarakterlanadi. Elektron bozorda xaridor va sotuvchilarning katta soni
ishlaydi, yangi ishtirokchilarning bozorga chivishiga hech qanday to’siqlar yo’q,
barcha ishtirokchilar axborotdan erkin foydalanadi. Sotuvchilar har xil o’lchamdagi,
turli geografik rayonlarda joylashgan, elektron biznes vositalarini tadbiq etishning
turli bosqichlaridagi kompaniyalar tomonidan e’tiborga havola etilganlar. Jismoniy
bozordr katta kompaniyalar afzallikka ega. Chunki ular o’zlarining bozordagi katta
o’rni, ulushi sababli iste’molchilarda o’zlarining tovar yoki xizmatlarini ancha sifatli,
ancha ishonchli deb qabul qilish tuyg’usini shakllantiradilar. Elektron tijorata bunday
afzallik mavjud emas. Internetni buyuk tarozu ham deyishadi.
Kichik kompaniyalar katta muvaffaqiyatga erishishlari va yirik kompaniyalar
bilan barobar raqobatlashishi mumkin. Axborotdan erkin foydalanish har xil
kompaniyalar tovarlari xarakteristikasi va narxini solishtirishi mumkin bo’lgan
iste’molchilargagina foydali emas. Axborot texnologiyalari almashinuvlar natijasida
topilgan iste’molchilar, ularning didi va ta’bi haqidagi axborotni yig’ish va saqlashga
imkon beradi. Iste’molchilarga individual xizmat ko’rsatish yondashuvi amalga
oshirilishi mumkin. Bu esa talabning noaniqligining darajasini pasaytiradi va
korxonaning bu noaniqlik ta’sirida bo’ladigan zararlarini chetlatadi. Axborotning
94
mavjudligi va ochiqligi xaridorlarga maksimal darajada ma’qul narx qo’yishda
sotuvchilarga imkon beradi.
Zamonaviy bozorda faoliyat yurituvchi hamma korxonalarni ularning elektron
bozorga bo’lgan munosabatiga ko’ra 3 guruhga ajratish mumkin:
1.
An’anaviy (brick-and-mortar) kompaniyalar – ular real, jismoniy bozorda
faoliyat ko’rsatib, ma’lum vaziyatlar majbur qilmasa, elektron bozorga
murojaat qilmaydilar.
2.
Aralash (slick-and-brick) korxonalar – ular o’z faoliyatlarining bir qismini
internet orqali amalga oshiradilar. Bunday korxonaar faoliyatni ko’rib
chiqayotganda elektron biznesning qo’llanishi ularga nima berishini aniqlash
juda muhim.
3.
To’liq elektron (click-only) korxonalar – ular faqat internetda
mavjud. Bunda ularning paydo bo’lishi sabablarini va ularning foydani qanday
olishlarini tushunish juda muhim.
Rasm 1. An’anaviy va elektron biznes o’zaro munosabatlari sxemasi
Elektron biznesda xaridorlar ham o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ular an’anaviy
jismoniy bozor xaridorlaridan farq qiladi. Intrenetdan foydalanish ma’lum apparat
vositalari va ma’lum bir bilim darajasi mavjudligiga bog’liq. Shu sababli, internet
foydalanuvchisini real bozorning o’rta darajadagi xaridoridan, umuman olganda,
ancha yuqori foyda va bilim darajasi bilan xarakterlanadi. Turli mamlakatlarda
ularning profillari va xaridorlik faoliyatining xususiyatlari mavjud. Bu shaxsiy
kompyuterlar, aloqa liniyalari taraqqiyoti, mavjud taqsimlash tizimlarining
ishonchliligi, milliy xaridor faoliyati xususiyatlariga, keng tarqalganligi v.b. larga
bog’liq. Lekin bu milliy va davlat xususiyatlari doimiy yoki o’zgaruvchanmi,
elektron biznesning keng tarqalishi va texnologiyaning keyingi mukammallashishi
bilan bu holat o’zgaradimi degan savollar ustida o’ylab ko’rish kerak.
Elektron biznesda xaridorlarni 3 guruhga ajratish mumkin:
95
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |