Rasm 4-1. Elektron tijoratning iste’molchilar guruhi bo‘yicha turlari
Elektron tijorat modelining asosiy ko’rinishlari.
Elektron bozorda marketingni yuritishning xususiyatlarini tavsiflashdan oldin
shu paytgacha shakllangan elektron tijorat asosiy tushunchalarini aniqlashtirib olish
zarur.
Kompyuter tizimlari samaradorligini oshirish va tarmoq texnologiyalarining
mukammallashtirilishi yangi iqtisodiy faoliyat turi - elektron tijoratning
shakllanishiga olib keldi. Elektron tijorat - tijoratning o’ziga xos turi bo’lib, axborot
texnologiyalarini ishlab chiqarish, savdo va mahsulotlar va xizmatlarni taqsimlash
jarayonlariga ma‘lum ma‘noda tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Elektron tijorat
43
asoslarini ko’rib chiqish o’rganilayotgan fan sohasi uchun kalit tushunchalar va
ta‘riflarni shakllantirish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda ishlatilayotgan ta‘rif va
iboralar ularning mualliflarining mutaxassis tayyorgarligi va orttirilgan tajribasiga
mos kelib, iqtisod sohasidagi voqealarni faqat qisman qamrab oladi va bir qancha
nuqtai nazarlarni o’zida aks ettiradi. Masalan, IBM kompaniyasi mutaxassislarining
ta‘rifiga ko’ra "Elektron biznes - bu asosiy biznes jarayonlarni Internet texnologiyalar
orqali amalga oshirish". Internet biznes ensiklopediyasining ta‘rifiga ko’ra esa u foyda
olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot
tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznes faoliyat. Bu
ta‘riflar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi nuqtai nazaridangina
iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi. SHubhasiz, milliy, shaxsiy va
korporativ kompyuter tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron
tijorat rivojlanishi va mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta‘sir ko’rsatdi. Lekin
ma‘lum doiradagi masalalarni echish uchun Internet tarmog’i tomonidan taklif
qilinadigan usullar majmuasi sifatida elektron tijorat savollarini umumiy yoki
elektron marketing savollarining qisman ko’rib chiqilishi perspektiv deb hisoblab
bo’lmaydi. CHunki tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy jarayonlarning
ob‘ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi.
Global tarmoq iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot,
korxonalarning elektron tijorat sohasidagi tajribasini o’rganish bilan yangi
kategoriyalar va tushunchalarning o’zaro ta‘siri hamda bo’ysunish darajasini aks
ettiruvchi modelni tuzish va bugungi kun talablariga mos keladigan ta‘riflarni
shakllantirish mumkin. Model asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijorat
jarayonlar - biznes, tijorat, savdo, marketing turadi. Bunda YUNIDO ta‘rifiga ko’ra
elektron biznes qo’llanishining to’rt bosqichi - marketing, ishlab chiqarish, savdo,
to’lovlar e‘tiborda tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini
qo’llash darajasi chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron
deb hisoblasa bo’ladi.
XXI asr boshida elektron tijoratni axborot, telekommunikatsion texnologiya va
tizimlarni qo’llash orqali tijorat jarayonlarni amalga oshirish deb tushunish kerak.
Ammo tijorat jarayonlarning bir qismi innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan
amalga oshirilmoqda. Bu esa "tijorat" va "elektron tijorat" tushunchalarini mustaqil
kategoriyalar sifatida ajratishga imkon beradi, lekin ular orasidagi farq asta-sekin
yo’qolib bormoqda.
Korxonaning masalalarida zamonaviy texnologiyalar elektron tijorat modelida
elektron marketingni zamonaviy tijorat asosi sifatida qarashga imkon beradi. Bunda
marketing masalalari shunchalik muhim va katta hajmga egaki, ko’p hollarda
an‘anaviy marketing faoliyati - tijorat tahlil (BI - Business Intelligence),
iste‘molchilar bilan aloqalarni boshqarish (CRM - Customer Relations Management),
44
ta‘minot zanjirlari boshqaruvi (SCM - Supply CHain Management), bilimlarni
boshqarish (KM - Knowledge Management) axborot texnologiya vositalari orqali
amalga oshiriladi.
Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli
quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |