“ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti “elektron tijorat va raqamli iqtisod” kafedrasi



Download 6,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/252
Sana14.01.2022
Hajmi6,05 Mb.
#363012
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   252
Bog'liq
cbb0552b51750df771d8daf3745c1ae6993d12bf

“tarmoqning  iqtisodiy  salohiyatidan  foydalanishda  milliy 
iqtisodiyot uchun foydani maksimallashtirish maqsadida” 
davlatning elektron tijorat 
sohasiga aralashuvini deyarli to‘liq rad qilishni taqozo etadi. Mazkur model asosida 
1998  y.da  uch  yilga  qabul  qilingan  “internetda  soliq  erkinligi  to‘g‘risida”gi  bill 
yotadi.  Mazkur  normativ  hujjat 
“internet-servislarda  yoki  onlayn  servislardagi 
davlatlararo  savdoga  davlat  tomonidan  va  mahalliy  aralashuvga  qarshi  milliy 
siyosatni  belgilash  va  internet  orqali  erkin  oqimiga  aralashishi  mumkin  bo‘lgan 
talablarni  qo‘yishga  moratoriy  belgilagan  holda,  kongressning  davlatlararo 
yurisdiksiyasini  cheklash” 
mo‘ljallangan. O‘sha  vaqtdan beri belgilangan  moratoriy 
muntazam ravishda hozirga qadar uzaytirilib kelinmoqda.8  
Elektron  tijoratni  boshqarishning  Amerika  modelining  mohiyati  AQSh  hududida 
uning  infratuzilmasining  bir  joyda  joylashishi  va  ustuvor  rivojlanishi  uchun 
institutsional  sharoitlarni  yaratishdan  iborat.  Eng  yirik  global  savdo  maydonlari 
(Amazon,  Ebay)  va  to‘lovlar  provayderlari  (PayPal)  ko‘p  milliardlik  aylanmalari 
bilan aynan o‘sha yerda joylashganliklari bejiz emas.   
Xitoy  modeli  elektron  tijoratning  institutsional  rivojlanishining  ustuvorligini 
Xitoy  tovarlarini  tashqi  bozorga  surish  va  Xitoyning  o‘zida  taqsimlovchi 
infratuzilmani  rivojlantirishni  taqozo  etadi.  Elektron  tijoratga  Xitoyda  nafaqat  soliq 
tushumlari  manbai,  balki  sanoatda  ishlab  chiqarishni  rag‘batlantirishning  strategik 
muhim  mexanizmi  sifatida  ham  qaraladi.  Aynan  shuning  uchun  ham 
“Xitoydagi 
ko‘plab logistikaga oid faoliyat turlari hokimiyat organlari tomonidan boshqariladi 
va ular tomonidan qattiq nazorat qilinadi” 
Boshqa  mamlakatlardan  farqli  o‘laroq,  Xitoyda  davlat  tomonidan  elektron 
tijoratni  rivojlantirish  uchun  maqsadga  yo‘naltirilgan  holda  qulay  institutsional 
sharoitlar  yaratilmoqda:  soliqlarning  mavjud  emasligidan  tortib,  to  zamonaviy  tovar 
harakatlanishi  tizimi  hamda  imtiyozli  bojxona  rejimiga  qadar.  Xitoy  iqtisodiyoti 
soliqlarni  elektron  tijoratdan  (  B2C  va  C2C  )  emas,  balki  sanoatda  ishlab 
chiqarishdan  oladi.  Shu  bilan  birga  Xitoyda  elektron  tijoratda  tadbirkorlarga  soliq 
solish borasida hech qanday choralar ko‘rilayotgani yo‘q, deb aytish mumkin emas. 
Rejalashtirilayotgan  soliq  islohoti  shaxsiy  daromad  solig‘ini 
“soliqlarning  asosiy 
turlaridan  biriga  aylantiradi”, 

“korxonalarning  daromad  solig‘iga  nisbatan 
yanada muhimroq rol o‘ynaydi”



108 
 
Shu 
tarzda, 
elektron 
tijoratni 
institutsional 
boshqarish 
sohasida 
yondashuvlarning  butun  spektrini  topish  mumkin:  qattiq  reglamentatsiya  qilishdan 
tortib, to beparvolikka va ongli rag‘batlantirishgacha. Faqat bir joydagina elektron 
 
tijoratning  institutsionalizatsiya  qilinishiga  barcha  yondashuvlar  yagona  –  u  o‘zida 
global normalar bilan boshqarilish lozim bo‘lgan global hodisa ekanligini anglashda. 
Institutsional ma’noda elektron tijorat hali o‘zining huquqiy toifasiga ega bo‘lmagan 
va  uning  normativ-huquqiy  holati  uzil-kesil  belgilanmagan.  Ushbu  muammo  butun 
xalqaro huquq tizimining muammosidir. 
Savdo  maydonlari  qo‘shimcha  afzalliklarni  ham  taklif  qilishlari  mumkin: 
tovarlar reklamasini, mahsulotlarni upakovka qilish bo‘yicha xizmatlarni yoki to‘liq 
boshqariladigan  logistikani  va  mahsulotlarni  yetkazib  berishni.  Bulrning  barchasi 
kichik biznes egalarini jalb qiladi.  
Ayrim  Yevropa  mamlakatlarida  mahalliy  internet-do‘konlar  o‘zlarining  milliy 
bozorlarida ustunlikka egalar: Buyuk Britaniyada Play.com (rakuten) va PriceRunner, 
Germaniyada Zalando va Otto, Buyvip va Ebay.es Ispaniyadagi eng ommaviy saytlar 
hisoblanadi.  Shunday  bo‘lsada,  amazon  Yevropada  ustunlik  qiluvchi  maydon 
hisoblanadi.  Fransiyada  savdo  maydonlari  o‘ta  muhim  rol  o‘ynaydi. 
Rueducommerce, CDiscount, Fnac, La Redoute va Priceminister ga o‘xshash saytlar 
Amazonga qo‘shimcha ravishda bozor yetakchilaridan biri hisoblanadilar.  
Yevropaning  turli  mintaqalaridagi  jahon  savdo  maydonlarining  keyingi  yillardagi 
rivojlanishini tahlil qila turib, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, 2015 yil internet-
do‘konlar  jahon  elektron  tijorat  gigantlarining  saytlarida  mahsulotlarni  joylashtirish 
evaziga o‘zlarining investitsiyalarni qaytarish ko‘rsatkichlarini  
oshiruvchi  yana  bir  yilga  aylanadi.  Biroq  Yevropa  ittifoqining  to‘lov  xizmatlari 
to‘g‘risidagi  direktivasining  qoidalarining  o‘zgarishi  barcha  maydonlarning 
operatorlari  avvaldan  elektron  to‘lovlarni  amalga  oshirish  borasida  kelishuvga 
erishishi lozimligini anglatadi. 
Forrester  tahlil  agentligi  AQShda  E-commerce  texnologiyalariga  bo‘lgan  harajatni 
12-foizlik o‘rta yillik o‘sish sur’atini bashorat qiladi. Ekspertlar bahosiga ko‘ra, 2015 
dan 2019 yilga qadar bo‘lgan davr mobaynida Amerika kompaniyalari ushba sohaga 
o‘zlarining byudjetlarini deyarli ikki barobar oshradilar – 2015 yildagi $1,2 mlrd dan 
2019  yilda  $2,1  mlrd  ga  qadar.  Shu  tarzda  ushbu  davr  mobaynida  elektron  tijorat 
texnologiyalariga bo‘lgan harajatlar 75% o‘sadi.13  
Asosiy  omillardan  biri  jahonda  onlayn-xaridlarning  o‘sishi  bo‘ladi.  Forrester 
bashoratlariga  ko‘ra,  2018  yilda  rivojlangan  davlatlarda  ular  $1,64  trillionni  tashkil 
qiladi. 

Download 6,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish