Supplier - driven
ko‘rinishidagi maydonchalar sotuvchilar tomonidan tashkil
qilinib, mijozlar sonini ko‘paytirishga va xizmat ko‘rsatish yoki mahsulotni sotish
bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
Third party - driven
ko‘rinishidagi maydonchalar xaridor va sotuvchilarni
uchrashtirish ma’suliyatini oladi. Odatda, bunday maydonchalar tijoratning ma’lum
sektorida va unda bo‘ladigan jarayonlarda yaxshi mo‘ljal oladigan tomonidan tashkil
qilinadi. Haqiqatda bunday maydoncha tuzuvchi sotuvchi va xaridor o‘rtasida o‘ziga
xos dallol vazifasini o‘taydi. Bugungi kunda virtual savdo maydonchalarini tashkil
etishning uch asosiy ko‘rinishini ajratib ko‘rsatish mumkin: katalog, auksion va birja.
Do'stlaringiz bilan baham: |