“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1 –Chizma. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida 
qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifi. 
 
3.
 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya 
hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi.
Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida Davlat budjeti, 
jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek budjetdan mablag’ 
oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari 
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasida kassa metodi asosida yuritiladi. 
Moliya organlarining Davlat budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi quyidagi 
bo’limlardan iboratdir (2-jadval). 
2 - jadval
Davlat budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi 
AKTIV 
 
PASSIV 
Bo’lim 
Bo’lim 

Pul mablag’lari 

Daromadlar 
II 
Xarajatlar 
II 
Olingan ssudalar 
III 
Berilgan ssudalar 
III 
Hisoblashuvlar 
IV 
Hisoblashuvlar 
IV 
Olingan mablag’lar 

Berilgan mablag’lar 

Natijalar 
BALANS 
BALANS 
4.
 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya 
hisobi registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi
Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial orderlar va 
ularga ilova qilingan hujjatlarga hujjatlar asosida yoziladi. Moliya organlari shuningdek 
G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida budjet ijrosiga oid 
dastlabki hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilib 
memorial order va tegishli buxgalteriya kitoblari rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial 
orderlardagi yozuvlar Bosh daftarga o’tkaziladi. 
Oyning ohirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish uchun 
tahliliy hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar yig’indilari va 


16 
qoldiqlar “Bosh jurnal” daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi aylanmalar yig’indilari va 
qoldiqlar bilan solishtiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi chiqarilgan 
qoldiq summalari olinadi. 
Joriy yil bo’yicha budjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar 
quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
a) mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan, 
memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va 
matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda 
chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir 
tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi; 
b) buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida 
topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki 
"Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri 
buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar 
"Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato 
yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda 
yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh 
rang) siyohda yozilgan summalar yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha 
qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari, shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, 
odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish 
kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab 
o’tiladi. 
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya hisobi 
daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi 
hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi. 
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya 
registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob 
registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi. Buxgalteriya balansi Davlat 
budjeti ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari holatini aks ettirib beradi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish