“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

4.Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar 


134 
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun, 
televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan 
qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan 
pedagoglarga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa barcha debitorlar va kreditorlar 
bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-
kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar, 
debet tomonida kreditorlik majburiyatlarni to‘lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks 
ettiriladi. 
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 
408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son 
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 
 
5.Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar hisobi. 
Budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq budjet bilan, shuningdek budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga doir, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari 
bo‘yicha va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Budjet 
bilan soliqlar bo‘yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ 
bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1 
yanvargacha budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari davlat budjetiga 
undiriladigan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan 
mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning 
hodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Shuning uchun 
budjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat xodimlarni ish haqidan qonunchilikda 
belgilangan miqdorda daromad solig‘i ushlanmalari amalga oshriladi va budjetga o‘tkazib 
beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi. 
Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda belgilangan tartibda 
(xozirda ish haqiga nisbatan 25% miqdorida) hisoblanib budjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Xodimlarni ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy 
jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari (xozirda ish haqining 1% miqdorida). 
Halq banki bo‘limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari 
xodimlarning ish haqiga nisbatan (xozirda 4.5% miqdorida) Pensiya jamg‘armasiga ushlanma 
(badal) amalga oshirilib o‘tkazib beriladi. Shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan hodimlarning ijtimoiy to‘lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi 
xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha Pensiya 
jamg‘armasi bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda 
belgilangan tartibda Davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi va 
boshqalar) bilan hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida 
aks ettiriladi. Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan majburiy ajratma va 
ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari, raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi 
joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida 
tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga 
tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son shakldagi Bosh jurnal 
kitobi va hisobot shakllari to‘ldiriladi. 
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan budjet va budjetdan tashqari 
jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi 
16 “Budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi
subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi: 
160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar”; 
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar”; 
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-
kitoblar”; 


135 
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”; 
169 “Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”. 
160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida budjet bilan 
quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa 
to‘lovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va budjetga 
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan 
va qonunchilikka ko‘ra budjet daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summalar va boshqa 
budjet bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan 
soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan soliqlarni o‘tkazilishi yoki hisobdan 
chiqarilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va 
hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi. 
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida mehnatga xaq 
to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlarning hisobi olib boriladi.
u schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlarni ish haqiga nisbatan 
hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy 
to‘lov summasini o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
161-“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot bo‘yicha analitik hisob 
292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari buyicha hisob-
kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari 
bo‘yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga 
nisbatan hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari summasi, 
debet tomonida hisoblangan badallarni o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. 
Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy 
badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotida 
tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan budjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, 
xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat 
ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga 
oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish 
xaqlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka 
muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan Pensiya jamg‘armasiga 
majburiy ajratmalar summasi shuningdek Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga 
oshiriladigan to‘lovlarni kelib tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga 
hisoblangan badallar va ajratmalarni o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan 
amalga oshiriladigan to‘lovlarni hisoblanishi aks ettiriladi. 
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat 
ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar hisoblanganda
163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning 
debetida va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotning 
kreditida aks ettiriladi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) 
bo‘limlaridan tashkilot hisobvarag‘iga kelib tushgan summalarga pul mablag‘larini hisobga 
oluvchi tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
bilan 
hisob-kitoblar” 
subschyot 
kreditlanadi. 
Analitik hisob budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan 
to‘lovlarni 
oluvchilar 
bo‘yicha 
alohida 
holda 
yuritiladi. 
169 “Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” subschyotida 
tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim, tibbiyot 
muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan 


136 
tashqari jamg‘arma, Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar 
bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu schyotning kredit 
tomonida budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar summasi, debet 
tomonida hisoblangan ajratmalar summasini o‘tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks 
ettiriladi.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish