133
qaydnomasida yuritiladi.327-son shakldagi qaydnoma asosida 406-son shakldagi (15-
memorial order) bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar
bo‘yicha jamlanma qaydnoma tuziladi.
Tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 “To‘lovlarning
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi, 110 “To‘lovlarning maxsus
turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyot yoki 120 “Milliy valyutadagi
naqd pul mablag‘lari” subschyot debetlanadi. Tarbiyalanuvchilarning maktab-internatda
haqiqiy bo‘lgan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus
turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida
hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir
tarbiyalanuvchi bo‘yicha alohida holda 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar
saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida
yuritiladi.
Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-onalar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblab yozilgan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida
hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan to‘lovlar
summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi
va 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari”, 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir
hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” yoki 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” (to‘lov o‘rniga
oziq-ovqat berilganda) subschyotlar debetlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi
ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan olib boriladigan
hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarda, shuningdek boshqa ta’lim
muassasalarida o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156 “To‘lovlarning maxsus
turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida
hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga
tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi va 156 “To‘lovlarning
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi.Analitik hisob har bir badal
to‘lovchi ota-onalar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.Xodimlar bilan ularning ish joylaridan
ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarda qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar,
maktabgacha ta’lim muassasalari, nogironlar, shuningdek qariyalar uylari va boshqa
tashkilotlar joylashgan yerda umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning
xodimlariga to‘lov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan bo‘lib, ana shu tashkilotlarning
xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi.
Xodimlar
bilan
ular
olgan
ovqatlar
uchun
hisob-kitob
yuritganda
156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga sarf qilingan
oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari”
subschyot kreditlanadi.
Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek oldindan
to‘langan avans summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi
subschyotlar (120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” yoki 110 “To‘lovlarning maxsus
turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotlar) debetlanadi.
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son shakldagi
aylanma qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: