“ budjet hisobi ” fanidan O’quv–uslubiy majmua


Budjet tashkilotining daromadlar va xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha buxgalteriya



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/329
Sana26.05.2022
Hajmi7,57 Mb.
#610118
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   329
Bog'liq
BUDJET HISOBI fani UMK-2018 K.Ibragimov

Budjet tashkilotining daromadlar va xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha buxgalteriya 
balansining sxematik kurinishi. 
AKTIV 
 
PASSIV 
Bo‘lim 
Bo‘li


Nomoliyaviy aktivlar 
IV 
Kreditorlar 
II 
Moliyaviy aktivlar 

Moliyaviy natijalar 
III 
Debitorlar 


66 
BALANS 
BALANS 
Budjetdan tashqari hisoblar 
 
4. Budjet tashkilotlarida budjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh 
hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga hamda 
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (Adliya vazirligida 
2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq budjet tashkilotining bosh 
hisobchisi, hisobchilari mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq 
lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. 
Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
tashkilotlarning bosh hisobchilari o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini 
yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari 
lozim. 
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy 
bo‘linma hisoblanadi. 
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya 
hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, tashkilotning 
rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda 
buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga 
hamda yuqoridagi Yo‘riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi. 
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun 
alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, 
ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum 
bir soha biriktiriladi. 
Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan 
tartibda tashkilot rahbarining buyrug‘iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish 
– topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko‘rsatgan holda 
buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur 
hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan 
kelishilgan holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin. 
Quyida buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomani 
namunaviy ko‘rinishini keltiramiz: 
Budjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
• buxgalteriya hisobini yuqoridagi Yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar 
va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; 
• buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga 
oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish; 
• budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida 
ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va 
moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish; 
• tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq 
yuritilishini nazorat qilish; 
• tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, 
shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda 
o‘z vaqtida hisoblab chiqish; 
• smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish; 


67 
• pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni 
va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z 
vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; 
• moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning 
butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish; 
• moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va 
ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish; 
• moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish; 
• tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-
kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim 
shtatlar 
jadvalida 
nazarda 
tutilmagan 
bo‘lsa); 
• asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish 
joylarida 
butligini 
muntazam 
nazorat 
qilish; 
• buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-
kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu 
vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa); 
• qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash. 
Bosh hisobchi tashkilotning tegishli bo‘linmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda 
quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi lozim: 
Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib 
chiqqan 
holda 
quyidagi 
huquqlarga 
ega: 
• buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli 
chora-tadbirlar ko‘rishni tashkilot rahbaridan talab qilish; 
• tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul 
qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish; 
• mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan 
oshib ketgan bo‘lsa) to‘g‘risida tashkilot rahbariga takliflar kiritish; 
• tashkilotning barcha bo‘linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab 
qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim 
qilishni talab qilish; 
• 
qonunchilikda 
belgilangan 
boshqa 
huquqlarni 
amalga 
oshirish. 
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: 
• buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy 
hisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilganda); 
• pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va 
sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar 
rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda; 
• pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan 
hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda; 
• kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan 
chiqarilish tartibi buzilganda; 
• buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari 
buzilganda. 
Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib 
qolgan hollarda, bosh hisobchi tegishli chora ko‘rishi uchun bu haqda tashkilot rahbariga 
yozma axborot berishi lozim. 
Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga 
tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh hisobchi bilan kelishib hal 
qilinadi. 
Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita tashkilotning 
moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, xodimlarga mansab maoshlari, ish 
haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish