# 6, 2019 pedagogik млионлт*педагогическое mactepctbo*pepagqgical skill issn 2181-6883 pedagogik mahorat ilmiy-nazariy va metodik jurnal


А Х Б О РО Т Т ЕХ Н О Л О ГИ Я Л А РИ



Download 239,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.06.2022
Hajmi239,25 Kb.
#650202
1   2   3   4
Bog'liq
admin, 2524-Текст статьи-6570-1-2-20210625

А Х Б О РО Т Т ЕХ Н О Л О ГИ Я Л А РИ
N ozim bek Z A R IPO V
Buxoro davlat universiteti 
axborot texnologiyalari 
kafedrasi o' qituvchisi
U M U M IY O ‘R TA T A ’L IM M A K T A BLA R ID A IN FO R M A TIK A FA N IN I O ’Q ITISH D A
D A ST U R L A SH M U H IT ID A N FO Y D A L A N ISH N I T A K O M ILL A SH T IR ISH Y O ’LLA RI
Umumiy o ’rta ta ’lim maktablarida o ’quvchi yoshlarda mustaqil dastur tuzish k o ’nikmalarini
shakllantirish, dasturlash tillariga qiziqtirish, ularni kelajakda o ’z o ’rinini topishiga va mamlakat rivoji uchun
mukammal dasturlar yaratishiga turtki bo ’ladi.
Tayanch tushunchalar: dastur, dasturlash muhiti, delphi, maydon, alias, komponent, ilova,
m a ’lumotlar bazasi.
Эта статья развивает навыки самостоятельного программирования у учащихся средних
школ, помож ет развивать интерес к программированию и помочь им найти свое место в будущем, а
также создавать лучшие программы для развития страны.
Опорные понятия: программное обеспечение, среда программирования, delphi, поле, alias,
компонент, приложение, база данных.
This article develops self-programming skills among high school students, helps to develop an interest
in programm ing and help them fin d their place in the future, as well as create better programs fo r the
development o f the country.
Supporting concepts: software, programm ing environment, delphi, field, alias, component,
application, database.
Hozirgi kunda umumiy o ’rta ta ’lim maktablarida dars jarayonini sifatli tashkil qilish va o ’quvchilami 
fanga qiziqtirish, mavzuni tushuntirishda zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogikaning innovatsion 
texnologiyalaridan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Umumiy o ’rta ta ’lim 
maktablarida dars mavzusi mohiyatini tushuntirishda o ’quvchini oddiy ma’ruza orqali yoki daftarga 
ma’lumotlarni yozdirib qo’yish bilan fanga qiziqtirish, o ’quvchilami o’zlashtirishini to ’liq ta ’minlash bugungi 
jadal rivojlanish davrida juda masala hisoblanadi. Shu sababli dars jarayonida mavzuga oid ko’rgazmali 
materiallar, kompyuter, trenajor dasturlar, elektron doska, proyektor, o ’yin dasturlaridan foydalanish 
o’quvchilami fanga qiziqtiradi va sinfda sog’lom raqobatni tashkil qiladi. Informatika va axborot 
texnologiyalari fanini o ’qitishda dasturlash muhitlariga yo’naltirilgan to ’garaklar tashkil qilish, musobaqalar 
uyushtirish o ’quvchilarda fikrlash qobiliyatini o’stiradi, mustaqil qaror qabul qilishga o ’rgatadi, aniq fanlarga 
ayniqsa, matematika, fizika fanlariga bo’lgan qiziqishini orttiradi.
Hozirda umumiy o ’rta ta ’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha 
o’quvchilar ma’lumotlar bazasi, web dasturlash, kompyuter grafikasi, axborot xavfsizligi, dasturlash tillari 
bo’yicha saboq olib kelmoqda. Dasturlash bo’yicha komponentlarga boy va o ’quvchi o ’zlashtirishi uchun oson 
bo’lgan dasturlash muhiti bu Delphi hisoblanadi. Delphi muhitida harakatli o ’yin dasturlari, ma’lumotlar 
bazasi bilan ishlash, grafikli dasturlar, biror jarayonni hisoblash dasturi, test dasturlari yaratish mumkin. Delphi 
muhitida m a’lumotlar bazasi ishlash har xil turdagi jadvallarini yaratish imkonini beradi. Ma’lumotlar bazasi 
bilan ishlashni quyidagi test dasturi misolida ko’rib chiqamiz. Avvalo Delphi ilovasida ma’lumotlar bazasi 
bilan ishlaydigan Alias hosil qilinadi. Alias - bu ma’lum bir guruhga tegishli bo’lgan jadvallarni qaysi toifaga 
tegishli ekanligini va jadvallar yo’lini o’zida saqlaydi. Delphi menyusining DataBase bo’limidan Explore 
buyrug’i mavjud bo’lib, bunda m a’lumotlar bazasini yaratish mumkin. Explore oynasidan Object, New 
bo’limlari orqali m a’lumotlar bazasi nomi shakllantiriladi.(l-rasm)


1-rasm
Path bo’limi jadvallar saqlanadigan papka yo’lini o ’zida saqlaydi. Odatda kompyuter diskida yangi 
papka hosil qilinib, shu papka yo’li ko’rsatiladi.(2-rasm)
2-rasm
Ma’lumotlar bazasi nomini qayta nomlash yoki odatdagi Standart nom bilan ham qoldirish mumkin. 
Hosil qilingan bazani saqlash uchun oynaning bo’sh sohasiga sichqoncha o ’ng tugmasini bosib, Apple[Ctrl+A] 
buyrig’i orqali amalga oshiriladi(2-rasm). Ma’lumotlar bazasida jadval hosil qilish uchun Delphi oynasining 
Tools menyusidan Database Desktop buyrug’i tanlanadi. Hosil bo’lgan oynadan File, New, Table bo’limlari 
tanlanadi .(3-rasm)
3-rasm
Ushbu oynadan ok tugmasi tanlanadi va Field Name, Type, Size ustunlari 4-rasmda ko’rsatilgan kabi 
to'ldiriladi.
4-rasm
Field Name - jadval ustuni nomi;
Type - maydon toifasi ya’ni maydonda qanday turdagi axborot kiritilishini belgilash, masalan: sonli, satrli, 
mantiqiy, haqiqiy;
Size - maydon hajmi;
Key - kalit maydonini aniqlash.
Maydon toifasi uchun quyidagilar o ’rinli:
A - Alpha, satrli maydon;


N - Number, butun sonli maydon (-10307 ...+10308);
S - Sonli butun maydon (-32767 .+ 3 2 7 6 8 );
L - Logical, mantiqiy maydon;
O - OLE, tasvir, ovoz, hujjat va boshqalarni saqlash.
Maydon nomini yozishda bo’sh joy (probel)dan foydalanmang. Chunki SQL so’rovida xatoliklar kelib 
chiqishi mumkin. Uning o ’rniga tag chiziq (_) yoki 
shift+'-' tugmasidan foydalangan ma’qul. Jadval 
maydonlari nomi kiritilgandan so’ng, Save as tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan oynaning Alias bo’limidan 
o’zimiz hosil qilgan alias nomi(Test) tanlanadi va имя файла qatoriga jadval nomi (Baza Test) kiritilib 
Сохранить tugmasi bosiladi.(5-rasm)
5-rasm
Yuqoridagi amallar bajarilgach, m a’lumotlar bazasi va jadval hosil bo’ladi. Endi esa test dasturi oynasini 
sozlab olamiz. (6-rasm)
в i— у —
P
6-rasm
Test savollarini qo’shish tugmasi tanlanganda alohida oyna hosil bo’ladi va bu oyna orqali ma’lumotlar 
bazasiga test savollari kiritiladi. Savollar kiritish jarayonida to ’g ’ri javob va savol tartib raqami kiritiladi.(7 -
rasm)


7-rasm
Raqam ustuniga savollarning tartib raqami kiritiladi. Javob ustuniga esa
a) javob to ’g ’ri bo’lsa, 0
b) javob to ’g ’ri bo’lsa, 1
c) javob to ’g ’ri bo’lsa, 2
d) javob to ’g ’ri bo’lsa, 3 deb kiritiladi.
Savollar kiritilgandan so’ng testni boshlash tugmasini tanlanadi. Test bajarish oynasi alohida formaga 
chiqariladi. Bunda keyingi savollarga o ’tish yoki oldingi savollarni ko’rib chiqish uchun alohida tugmalar 
mavjud.(8-rasm)
8-rasm
Yakunlash tugmasi tanlanganda o’quvchiga jami berilgan savollar, to’g ’ri bajarilgan savollar soni va 
o ’zlashtirish foizi ekranda hosil bo’ladi.(9-rasm)
9-rasm
Yuqorida bayon qilingan test dasturiga o ’xshash bir qancha ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan 
dasturlar yaratish mumkin, zero avtomatlashtirilgan axborot jamiyatini shakllantirish iqtisodiy va ijtimoiy 
muammolarni hal qiladi, ishchi kuchi, vaqt va qog’oz tejachkorligiga erishiladi. Biroq bunday muammolarni 
hal qilishda bilim va ko’nikmalarga ega, malakali kadrlar talab qilinadi. Shuning uchun o’rta ta’limning asosiy 
vazifalaridan biri yosh avlodni kompyuter bilimlari bilan qurollantirishdan iborat. O’quvchilar kompyuter bor 
ekanligini bilish bilan cheklanib qolmasdan, kompyuterga mustaqil ishlay olishi, avtomatlashtirilgan dastur 
tuzishi, ularni amaliyotda qo’llay olishi kerak. Buning uchun o ’quvchilar ongida informatika fanining hozirgi 
jamiyatdagi o ’rni, vazifasi va ahamiyati haqidagi tushunchalarni rivojlantirish, internet, ijtimoiy tarmoqlar, 
mobil ilovalar, elektron kutubxonalar, protokol, serverlar haqidagi tasavvurlarini boyitishdan iborat.
Informatika asosan axborotlar bilan ishlaydi ya’ni axborotlarni hosil qilish, saqlash, qayta ishlash, 
uzatish bilan shug’ullanuvchi fandir. Shu sababdan hozirgi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli 
xildagi vaqtni behudaga sarflovchi va salbiy turdagi axborotlar ham ko’payib borayotgan bir davrda o ’quvchi 
yoshlarni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi, dasturlash tillarini mukammal egallashlari uchun 
yetarli darajada bilim berish va darslarni qiziqarli, ko’rgazmali, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan 
holda olib borish ta’lim sifatini oshishiga, o’quvchilarni o ’z ustida mustaqil ishlashiga sabab bo’ladi. Buning 
uchun avvalo zamonaviy o ’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida uning tayyorgarligini 
belgilovchi omillar mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
- kasbiy vazifalarini axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda bajara olishi;
- sifatli taqdimot, multimediali va tarqatma materiallarni o ’quvchilar yoshiga mos tasvir va ranglardan
foydalangan holda tayyorlash;
- vaziyatni to ’g ’ri baholash va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda samarali
qarorlar qabul qilish;
O’qitishda qo’llaniladigan dasturiy ta ’minot vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:


- avtomatlashtirilgan o ’qitish tizimi uchun mo’ljallangan dasturlar;
- trenajor dasturlar;
- kompyuter o ’yinlari;
- laboratoriya mashg’ulotlari uchun dasturlar;
- o ’quvchi bilimini baholovchi dasturlar;
- mustaqil ta’lim olish uchun mo’ljallangan dasturlar;
Yuqoridagi 
sanab 
o ’tilgan 
dasturiy ta’minotlarni 
barcha turlari 
o’quvchilarda 
axborot 
texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o ’stirish, kompyuterda masalalarni bajara olish, ularni 
amaliyotda qo’llay bilish, algoritmlash va dasturlash haqida tushunchaga ega bo’lish, aqliy rivojlanishi, 
dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarga rioya 
etishni rivojlantirishdan iborat.
Hozirgi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarish, tibbiyot, fan, ta’lim va 
boshqa turli sohalarida dasturiy ta ’minotlardan foydalanib ish olib boriladi. Dasturiy ta’minotning afzallik 
tomoni shundaki, barcha sohalarda inson omilini kamaytiradi, aniqlik, shaffoflikni ta ’minlaydi, jamiyat 
muammolarini hal qiladi. Dars jarayonida esa axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish 
o’quvchi yoshlar qiziqishini erta aniqlaydi, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi va mustaqil qaror qabul 
qilishga o ’rgatadi.
Dasturiy ta’minotlardan foydalanib dars olib borilishining yana bir muhim jihati shundan iboratki, o ’quv 
holatini modellashtirishdir. Modellashtirishning asosiy vazifasi o’quvchi tasavvur qilishi va ko’z oldiga 
keltirishi qiyin bo’lgan shakllar, jarayonlarni ayniqsa, geometrik shakllar, fizika jarayonlarini tushunarli 
bo’lishini ta ’minlaydi. Modellashtirish yordamida o ’quvchilarga m a’lumotlarni grafik rejimda multimediali 
ko’rinishda taqdim etish samarali natija beradi. Modellashtirish orqali analitik matematik formulalar, 
differensial tenglamalar yechimlarini hisoblash va grafiklarini chizish mumkin. Dasturiy ta ’minot turlari 
faqatgina misol va masalalarni yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayoni emas, balki 
butun o ’quv jarayonida o ’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi 
lozim.
Xulosa qilib aytganda umumiy o ’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini 
o’qitishda dasturlash muhitlaridan foydalanib darsni samarali olib borish quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi:
- o ’quvchi va o ’qituvchi hamkorlikda ishlashi;
- zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari bazasi mavjudligi;
- internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;
- o ’quvchilarning bilim olishga ishtiyoqi, qiziqishi va o ’zlashtirishning yuqoriligi;
- o ’qitish tizimida bilimli, malakali va tajribali o’qituvchilarning jalb etilishi;
- o ’quv adabiyotlar, elektron darsliklar, o ’quv kurslarining yetarliligi;
- darslar tizimli tarzda olib borilishi;
Mana shu sanab o ’tilgan omillarning amalga oshirilishi umumiy o’rta ta ’lim maktablari dars sifatining 
oshishiga, mamlakatimiz uchun malakali dasturchi va pedagoglar yetishib chiqishiga sabab bo’ladi.

Download 239,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish