# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
va rivojlantirishdan iborat tarzda belgilanadi. O‘z navbatida, bir qobiliyat boshqasining 
ham shakllanishi va rivojiga turki beradi.
4
 
Yordamchi maktablar va maktab-internatlarning 9-10-sinflari o‘quv rejasiga “Oi-
laviy hayotga tayyorlash” darslari kiritilgan bo‘lib, ularning dasturi yaratilgan. Ahami-
yatlisi, dasturda dars jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliy mash g‘ulotlar, 
darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida mustahkamlashga alohida 
ahamiyat berilgan. 
O‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir-
lar ta’lim muassasasi muhitida o‘quvchi shaxsida oilaga oid qadriyatlarni va ustuvor 
axloqiy fazilatlarni  ta’lim muassasasi, oila, mahalla va ijtimoiy institutlar ko‘magida 
shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Aqli zaif bolalarda oilaviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlar, bilim va ko‘nikmalarni 
mustahkamlashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
– ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilarda estetik zavq uyg‘otadi, ma’lum bilim va 
ko‘nikmalarning mohiyatiga oson kirib borishi uchun imkon yaratadi;
– tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davomida bola pedagog va boshqa 
o‘quvchilar bilan jamoa yoki guruh holatida faoliyatda bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, ijtimo-
iylashuv va jamoaviylik hissini ortishiga zamin yaratadi;
– bola tadbirlarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish jarayonida ma’lum rolni (sun’iy 
muhitda) bajaradi, natijada olingan nazariy bilimlar ilk marotaba amaliy ko‘nikma va 
tajriba shaklini oladi
–  tadbirlarda  uning  amaliy  faoliyatiga  pedagoglar  va  ishtirokchilar  tomonidan 
baho beriladi, ijobiy munosabat bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi, yangi bilim 
va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, shuningdek, bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etishga 
rag‘batlantiradi; 
–  tadbirlarning  bola  mansub  bo‘lgan  oila  a’zolari  ishtirokida  tayyorlanishi  va 
o‘tkazilishi esa bola va oilani bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, ota-onalar yoki oila 
a’zolari bolada oilaga oid tushunchalarning shakllanish jarayonidan boxabar bo‘lib 
boradilar;
– o‘quvchilarning turli ijodiy qobiliyat va iqtidorlarini aniqlash va korreksion-peda-
gogik jarayonlar davomida ularni yanada takomillashtirishning o‘ziga xos imkoniyatla-
rini belgilash mumkin bo‘ladi; 
– pedagoglarda berilgan nazariy bilimlarning o‘zlashtirilish holatini va tarbiyaviy 
ishlar, shu jumladan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllari va usullari samaradorligini 
baholash, ularni yanada takomillashtirish imkoniyati yaratiladi. 
O‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir-
larni tashkil etishning pedagogik-psixologik tamoyillari sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: 
–  o‘quvchi  shaxsini  har  tomonlama:  intellektual,  jismoniy  va  psixik  rivojlantirish 
usullari majmuasining qo‘llanilishi;
–  ish  mazmuni  va  usullarining  qo‘yilgan  maqsadga  mosligi,  o‘quvchilarning  qi-
ziqishlari va xohish-istaklarining inobatga olinganligi, bevosita ular faolligini oshirishga 
xizmat qilishi;
– tashkiliy va mazmuniy jihatdan o‘quvchilarning rivojlanish xususiyatlariga mos 
4
 Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari uchun  ‘‘Oilaviy hayotga 
tayyorlash’’ fanidan moslashtirilgan Davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturi (9-10-sinf). Respublika 
ta’lim markazi, – Т., 2018-yil.


125
kelishi va tadbirlar davomida ulardagi nuqsonlarni u yoki bu tarzda korreksiyalashga 
yo‘naltirilganligi;  
– rejalashtirishda o‘quvchilar o‘rtasida vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi, ularni no-
faol ishtirokchiga aylantirmaslik yoki o‘ta zo‘riqtirmaslik, pedagog va psixolog ko‘magi-
ning me’yor va mezonlarining to‘g‘ri belgilanganligi;
– tadbir reglamentining to‘g‘ri belgilanganligi, o‘quvchilarni zeriktirmaslik, diqqatini 
chalg‘itmaslik, qiziqishni susaytirmaslik, majburlab ‘‘ushlab turmaslik’’, tomoshabinlar-
ning nofaol qatlamga aylanib qolmasligi kabi omillarning hisobga olinganligi; 
– ijtimoiy hamkorlik, ya’ni ta’lim muassasi, oila va boshqa ijtimoiy institutlar ham-
korligining inobatga olinganligi, xususan, o‘quvchi mansub bo‘lgan oila a’zolari ishti-
rokining ko‘zda tutilganligi, tayyorgarlik jarayonining ta’lim muassasi va oilada o‘zaro 
uyg‘unlikda davom etishi
– ta’lim muassasi muhitidan tashqarida o‘tkazilishi, o‘quvchilarni yangi va nota-
nish muhitdagi faoliyatini rivojlantirishning nazarda tutilishi;
–  o‘quvchi  faolligini  baholash  mezonlarining  ishlab  chiqilganligi,  shu  asosda 
rag‘batlantirish usullarining avvaldan tanlanganligi; 
– o‘quvchilarning tadbirdan olgan taassurotlari, nazariy bilim va ko‘nikmalarning 
mustahkamlanish va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish holati monitoringi usul-
larining avvaldan tanlanganligi, natijalar tahlili va xulosalari asosida mazkur tadbirlarni 
yanada takomillashtirilishi va boshqalar. 
Aqli zaif bolalar bilan o‘tkaziladigan oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish