# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
“madaniyatning til va nutqda mujassamligi, aks etishi va mustahkamlanishini o‘r-
ganuvchi, shu bilan birga, bashariyatning umummilliy manzarasi, tilni idrok qilish
inson ruhiy ongining sifat va xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq 
bo‘lgan fan” deya ta’rif beradi. U haqli ravishda e’tirof etganidek, lingvokulturologi-
yaning subyekti – til va nutq birliklari bo‘lib, bu birliklar o‘ta muhim madaniy xususi-
yatlarni o‘zida aks ettiradi va shu boisdan ham ular inson ruhiy va nutqiy idrokining 
madaniy va tarixiy ildizlariga olib boruvchi o‘ziga xos “ko‘prik” sifatida qabul qilinadi 
(Krasnix, 2002: 12-17).
Hozirgi davrda lingvokulturologiya fani gullab-yashnash davrini boshdan kechir-
moqda. V.I. Karasik fikricha, bunga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda:
Birinchidan, dunyoni o‘ylantirayotgan muammolarning tezkor globallashuv jarayo-
ni – turli millat vakillarining xilma-xil mavzulardagi muloqoti va xulq-atvorining universal 
va muayyan xususiyatlarini hisobga olish zarurati, madaniyatlararo anglashilmovchilik 
kelib chiqishi ehtimoli bo‘lgan vaziyatlarni oldindan bilish ehtiyoji, kommunikativ fa-
oliyat negizida yotgan madaniy qadriyatlarning aniq belgilarini ajratib ko‘rsatishning 
muhimligi kabi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda.
Ikkinchidan, gumanitar fanlarning integratsiyalashuv tendensiyasi tobora o‘sib 
bormoqda va buning natijasida lingvistik xulosa va natijalarni boshqa yondosh fan so-
halari (psixologiya, sotsiologiya, etnografiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va 
h.k.) bilan uyg‘unlashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. V. Humboldning ta’kidlashi-
cha, biz til haqida gapira turib, uni “odamzodning ruhi” sifatida talqin etishimiz va unga 
bog‘liq eng asosiy masalalarni nisbiy tafakkur, muloqot xulqi, ijtimoiy qadriyatlar va til 
nuqtayi nazaridan sharhlashga harakat qilishimiz kerak.
Uchinchidan, tilni “so‘z, frazeologik birlik, umumiste’moldagi matn va etiketga doir 
vaziyatlar ko‘rinishida xotirada jamlangan tajribaning umumlashmasi” sifatida tushu-
nish keng tarqalmoqda (Karasik, 2004).
Shunday qilib, lingvokulturologiya til va madaniyatni o‘rganishda o‘zining muhim 
nuqtayi nazariga ega. Bu fan semantikaning eng yuqori bosqichi bilan shug‘ullanadi, ya’ni 
lingvistik ma’nolar hamda milliy va umumbashariy tushunchalarning o‘zaro munosabatini 
tadqiq etadi. Lingvokulturologiyaning maqsadi – o‘zida madaniyatni mujassamlashtiradi-
gan, uni saqlab turadigan va tashiydigan lingvistik vositalarni tadqiq etishdan iborat.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish