91
ladan, Amir Temurning bolalikdanoq ko‘plab harbiy amaliy tavsifga ega bo‘lgan xalq
o‘yinlarini o‘ynaganligi, chavandozlik, qilichbozlik, nayzabozlik, merganlik, qo‘l jangi,
oyoq jangini mukammal egallashiga xizmat qilganligi ayrim manbaalarda o‘z ifodasini
topgan.
2
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida xalq o‘yinlariga, jismoniy tarbiya va
badantarbiyaga alohida e’tibor berganligi ham
ilmiy manbalarda aks etgan
3
.
Mustaqillik davrida xalq milliy va harakatli o‘yinlarini tiklashda o‘z hissasini qo‘shib,
bu borada yoshlarga ta’lim berayotgan T. Usmonxo‘jayev, Sh. Pulatov, A. Pulatov, A.
Rasulev (Milliy va harakatli o‘yinlar); K. Maxkamjonov (Kichkintoylar uchun xalq hara-
katli o‘yinlari); F. Xo‘jayev (1001 harakatli o‘yin); G‘. Salimov (Milliy harakatli o‘yinlar
asosida 7-10 yoshli o‘quvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi), O.
Safarov (O‘zbek xalq bolalar o‘yinlari), F. Kerimov (yakka kurash elementlariga ega
bo‘lgan harakatli o‘yinlar), K. Rahimqulov (Milliy harakatli o‘yinlar), R. Yo‘ldoshyeva
(O‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati) kabi ilmiy adabiyotlar va tadqiqot ishla-
rining o‘rni beqiyosdir.
Shuningdek, rus olimlaridan D.V. Mendjeritskaya (Tarbiyachiga: bolalar o‘yinlari
haqida), A.V. Keneman (Markaziy osiyo xalqlari o‘yinlari), V.G. Frolov (Sayrda o‘yin va
mashqlar), G.L. Lendret (O‘yin terapiya: muloqot madaniyati)
kabi ilmiy tadqiqotlar
ham bu sohaning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha yoshdagi
bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati hi-
soblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat subyekti sifatida shakllana boshlaydi.
O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog psixologlar, faylasuflar, sotsi-
ologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelingan dolzarb
mavzudagi muamolardan biridir.
O‘yin jarayonida bolaning psixik bilish
jarayonlarini rivojlantirish , irodasi hissiyoti
va qiziqishlari ta’sirchanligini oshirish bola shaxsini shakllantirish. Pedagogik nuqtayi
nazardan o‘yin bolaning ahloqiy irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan
birga uni
bilim olishga kattalar mehnatiga hurmat va atrof-muhitda bo‘layotgan voqea-hodisa-
larga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar buyumlar bilan bajariladigan harakatli o‘yinlar-
ga ko‘proq qiziqish bildirishadi, chunki bolalar buyumni mustaqil o‘ynash, ixtiyoriy
mashq larni bajarishni yaxshi ko‘rishadi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotida qo‘llaniladi-
gan harakatli o‘yinlar asosan, berilgan asosiy harakat turini mustahkamlashga qarati-
ladi. Masalan, otish va irg‘itish harakatlarini o‘rgatish natijasida to‘p
bilan bajariladigan
harakatli o‘yinlar beriladi (“mo‘ljalni ol”) natijada bolada to‘p bilan mashq bajarish
barobarida otish, ilib olish, irg‘itish malakalari
sekin-asta shakllanib boradi, to‘p bilan
o‘ynaladigan harakatli o‘yin esa ular egallagan ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Shu
bilan birga, harakatli o‘yinlar bolalarni tezkorlikka, epchilikka va chidamlilikka o‘rgatib,
ulardagi ruhiy jarayonlarni ham (xotira, diqqat, iroda) mustahkamlashda muhim o‘rin
egallaydi.
Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda tarbiyachi bola larning yosh xususiyatlari hamda
jismoniy mashqlarni tanlash qoidasi asoslarini hisobga olishi kerak.
Bolalarni harakatli
o‘yinlarni o‘ynashga tayyorlashda ularning sog‘ligini mustahkamlash, harakat mala ka-
larini oshirib, me’yorida rivojlantirib borish ham nazarda tutiladi.
2
Temurnoma. – T., 1990
3
Milliy va harakatli o‘yinlar. –T., 2015. 34-35-betlar.