“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
buriy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan,
ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-inter-
natlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akade-
mik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi. 2019-2020-o‘quv yili-
dan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining
11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga)
ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida asosan pullik –
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi:
Ta’limning bu turi akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi ta’limni qamrab
oladi. O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uz-
luksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etila-
di. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo‘nalishi bo‘lgan akademik litsey
yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlana-
di. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom o‘quvchilarning o‘rta maxsus,
kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2829-sonli qaroriga
asosan: Akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati
va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining
eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlan-
gan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun
shart-sharoitlar yanada kengaytirildi. Akademik litseylarning bitiruvchilariga maxsus
chuqurlashtirilgan alohida tayyorgarlikni talab etmaydigan 5 ta ta’lim yo‘nalishida 35
ta mutaxassisliklar beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3504-sonli qaroriga asosan: 2019
-2020-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining 11-sinfini bitiruvchilari, ixtiyo-
riylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun vazirliklar va idora-
lar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning iqtisodiyotning tegishli
tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan o‘qitish muddatlari 6 oydan
2 yilgacha bo‘lgan kasb-hunar kollejlarida kasb egallashlari mumkin.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim:
● ta’limning bu turi jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘l-
gan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijobiy ta’lim kasb-hunar manfaatlarini qanoat-
lantirishga qaratilgan. Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura,
adyunktura va doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliya-
tini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik
yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respub-
likasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsi-
yasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo‘lish huquqini beradi. Har ikki
(asprantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha
oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.
● ta’limning bu turi katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar ta’lim
jarayonini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasning 2012-yil
69
28-dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pe-
dagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorida oliy ta’limdan keyingi ta’lim unga qo‘yiladigan davlat
talablarini va uni amalga oshirish tartib qoidalarini belgilab berdi. Oliy o‘quv yurtidan
keyingi uch yilgacha davom etadigan o‘qish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
● katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti;
● mustaqil izlanuvchilik.
Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti – ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda
mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qi-
lish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori darajasi
izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Mustaqil izlanuvchilik – ishlab chiqarishdan bo‘shamagan holda doktorlik disser-
tatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va
ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy ma-
lakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy
о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risi-
da”gi 304-sonli
qaroriga asosan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy о‘quv
yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish tо‘g‘risida” 2017-yil 16-fevralda-
gi PF-4958-sonli
Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi:
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limga qо‘yiladigan davlat talablarni, Oliy о‘quv yur-
tidan keyingi ta’lim tо‘g‘risidagi Nizomni, Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tо‘g‘risida-
gi hujjatlarning-falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science)
diplomlari, shuningdek dotsent, katta ilmiy xodim va professor attestatlarining davlat
namunalarini tasdiqlagan.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’limga qо‘yiladigan davlat talablari Oliy о‘quv yur-
tidan keyingi ta’limga qо‘yiladigan davlat talablari (keyingi о‘rinlarda Davlat talablari
deb ataladi) oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimiga majburiy talablarni, shuningdek,
umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda falsafa doktori (Doc-
tor of Philosophy (keyingi о‘rinlarda PhD deb ataladi) va fan doktori (Doctor of Science
(keyingi о‘rinlarda DSC deb ataladi) ilmiy darajalari izlanuvchilarining dissertatsiya ishi
mazmuniga va sifatiga qо‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
● tayanch doktorantura;
● doktorantura;
● mustaqil izlanuvchilik.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash:
−
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy e’tibor
mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga
qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda
faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari
o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki
sertifikatga ega bo‘ladilar.
−
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pe-
70
Do'stlaringiz bilan baham: |