“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
va tafakkur asosiy ruhiy jarayon hisoblanadi.
Jumladan, u quyidagi yetakchi g‘oyalar, tushunchalarni o‘z mazmunida qamrab
oladi:
•
jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqasi;
•
tabiat qonun-qoidalarining o‘ziga xosligi (paydo bo‘lishi, shakllanishi, rivojla-
nishi, halok bo‘lishi yoki boshqa shaklga aylanishi);
•
tabiatning mehnat jarayonida o‘zgarib borishi;
•
tabiatning, atrof-muhitning o‘zaro aloqasi o‘zaro ta’siri;
•
ekologik ong, tafakkur, faoliyatni o‘quvchi ekologik madaniyatini shakllantirish-
dagi yetakchiligi.
O‘quvchi shaxsini ekologik tarbiyalashning muvaffaqiyati barcha bo‘g‘inlari o‘rtasi-
dagi o‘zaro mustahkam aloqa, izchillik negizida uyushtiriladigan ta’lim-tarbiya jarayo-
nining shaklan va mazmunan samaradorligiga bog‘liq. Umumta’lim maktabida amalga
oshiriladigan ekologik ta’lim va tarbiyaning samaradorligi quyi bosqichda (boshlang‘ich
sinf) beriladigan ekologik ma’lumot, malaka va ko‘nikmalarga bog‘liq.
Bola shaxsida ekologik ongni va madaniyatni shakllantirish bir qancha omillar-
ning ta’siri natijasida vujudga keladi. Masalan, tabiat va jamiyat hodisalariga ijtimoiy
munosabatlar, maktab, oila, jamoat tashkilotlarining tarbiyaviy ish faoliyatlari, har bir
davrning o‘ziga xos ekologik talab va ehtiyojlari jumlasiga kiradi.
Yoshlarning ekologik ongini shakllantirishdagi yuqoridagi omillari ichida maktab-
ning tarbiyaviy ish faoliyati asosiy o‘rinni egallaydi. Maktabda olib boriladigan ekologik
yo‘nalishdagi barcha ta’lim-tarbiyaviy ishlar o‘quvchining xulqiga va hissiga ular orqali
esa ekologik madaniyatini shakllanishiga olib keladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
ekologik ong va madaniyatni shakllantirishda dars muhim vosita hisoblanadi. Sinfdan
tashqari ishlar uchun poydevor qo‘yadi.
Dars jarayonida, asosan, o‘quvchining aqliy qobiliyati, mantiqiy fikrlashi, aql-za-
kovatini o‘sishi ro‘y beradi. O‘quvchi ta’lim jarayonida insoniyat tomonidan to‘plangan
bilimlarni o‘rganish natijasida, yuksak axloq normalarini ham o‘zlashtirib boradi. Fan
sirlarini chuqur o‘rganish esa uning ilmiy dunyoqarashini shakllanishiga olib keladi.
Umumta’lim maktabida o‘quvchilar ekologik ongini shakllantirishda ta’lim va tarbi-
ya birligining amal qilinishi – muhim pedagogik jarayondir.
Shaxsning ma’naviy dunyosi uning ruhiyati orqali namoyon bo‘ladi. Uni tashqi
olam bilan bog‘lab turuvchi yolg‘iz vosita tuyg‘u (idrok) bo‘lib, manbasi esa moddiy va
madaniy borliq hisoblanadi. Idrok atrof-muhitdan ta’sirlanish natijasida kelib chiqadi-
gan ruhiy jarayondir.
Atrof-muhitni idrok etish jarayonida o‘quvchi o‘rab turgan narsalar, turli holatlar,
voqealar, jamiyat va tabiat hodisalari, insonlarning xarakteri, ularning hissiyoti, kay-
fiyati, o‘y-fikrlari va xatti-harakatlari haqidagi ma’lumotlarni hissiy bilishga muyassar
bo‘ladilar. Bunday ma’lumotlar orqali o‘quvchida borliq haqidagi mushtarak tasavvur
paydo bo‘ladi. Shuning uchun atrof-muhitni idrok etish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
ekologik madaniyatni shakllanishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Atrof-muhitni idrok etishning ilmiy asoslangan ekologik mazmundagi fanlarning
tabiatdan kelib chiqishi va o‘quvchining ijtimoiy vazifasini kuchaytirishga yo‘naltirilishi
kerak – uning amaliy natijasining garovi shundadir.
Haqiqatan atrof-muhitni ekologik-estetik idrok etmasdan turib, uning muhim tarbi-
yaviy imkoniyatlaridan foydalanish murakkab, tabiat hodisalarini idrok etmasdan turib
undan zavq olish mumkin emas. Zavqsiz, hissiyotsiz esa ma’naviy barkamol shaxsni
99
tarbiyalash mumkin emas.
Tabiat bilan o‘quvchi o‘rtasida ma’naviy madaniyatning o‘zaro ta’siri jarayoni
vujud ga keladi, tabiat, atrof-muhit qanchalik go‘zal bo‘lsa, o‘quvchining ekologik dun-
yosini boyitishda shunchalik samarali ta’sir etadi.
Tabiatni idrok etish jarayonida axloqiy, estetik, badiiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa
ma’naviy madaniyatning qirrali o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va yaxlit shakllanish vujudga ke-
ladi. O‘quvchining qanchalik ma’naviy madaniyat saviyasi boy bo‘lsa, shunchalik tabiat
hodisalarini idrok etishga mayli kuchli bo‘ladi. Shuning uchun faqat ekologik ma’lumotli
shaxsgina tabiiy boyliklarning mohiyatini, mazmunini nozik va chuqur tushunishga qo-
dirdir.
O‘quvchi faoliyatining turli jabhalariga ma’naviy madaniyatning ta’siri (ilmiy, ax-
loqiy, mafkuraviy, mehnat, diniy, yaxlit ma’naviy hayotga) aniq bir tabiat hodisasi sifati-
da yoki hayvonlar, o‘simliklar namunasi orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumki, atrof-muhitning ekologik tarbiyadagi o‘rni o‘ziga xos ekologik tarbiya-
viy imkoniyatlardan kelib chiqadi. Shu jihatdan ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida ekologik tarbiyalashda bu masalaga
alohida e’tibor beriladi. O‘quvchi tabiat va jamiyat hodisalarini o‘rganish jarayonida
o‘simliklar va hayvonot olamining dunyoga kelishi va taraqqiyot bosqichini ham qal-
ban, ham aqlan his etishi kerak. Shundagina unga bir butun ekologik nuqtayi nazardan
yondoshganligi ma’lum bo‘ladi. Bu tabiat voqea-hodisalarni idrok etishning eng yuqori
darajasidir.
Bunda o‘qituvchining eng muhim vazifasi, tabiat hodisalarini tahlili vositasida hayo-
tiy muammolarni mohiyatini tushunish, yechish yo‘llarini bilishga o‘rgatishdan iboratdir.
O‘quvchida ekologik madaniyatni shakllantirishda tabiat hodisalarini idrok etish
malakasini rivojlantirib borish, uni yuqori bosqichga ko‘tarish taqozo etiladi.
O‘quvchini tabiat hodisalari haqidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish-
dagi eng muhim vazifa, ‘‘haqiqatni bevosita mushohada qilish’’ni takomillashtirish, ‘‘ob-
razli tafakkur’’ni rivojlantirishdan iboratdir. Shundagina o‘quvchi tabiat, o‘simlik va hay-
vonot olami, atrof-muhit hodisalari haqidagi ilmiy fikr va mushohadalar, his-tuyg‘ular,
kechinmalarni o‘zlashtirib olishi mumkin.
Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolani ekologik ongi va madaniyatini shakllantirishda
ishonchni tarkib toptirish lozim. Boladagi tabiat voqea-hodisalariga ishonchni tarkib
toptirishda hukumatimizning milliy qadriyatni tiklash, ekologik ta’lim-tarbiyani takomil-
lashtirish, ma’naviy barkamol shaxsni shakllantirish haqidagi g‘amxo‘rligini targ‘ib qi-
lish, dunyoqarashni o‘stirish, ular ongiga jamiyat ishida faol bo‘lish ruhini singdirish
katta rol o‘ynaydi.
Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolada ekologik ishonchni shakllantirishda o‘z o‘lkasi
tarixini va hozirgi ahvolini o‘rganishi, o‘lkashunoslik materiallaridan tarbiyaviy maqsad-
da foydalanish muhimdir.
Demak, boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarni madaniyatini shakllantirishda eko-
logik ong va ishonchni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik ong va
ishonch, e’tiqod tarkib topgandagina ularda insonparvarlik, tabiatga, o‘simlik va hayvo-
not olamiga muhabbat va boshqa yuksak ma’naviy fazilatlar tarkib topadi, shakllanadi.
Bu fazilatlarning shakllanganligi esa ularning jamoat ishida faol ishtirokida, o‘qishga,
mehnatga qiziqishida, aktiv faoliyatida, ijodkorligi va tashabbuskorligida, saranjom-sa-
rishtaligi, toza-ozodaligi, o‘simlik va hayvonot olamiga muhabbatida namoyon bo‘ladi.
E’tiqod faqat insongagina xos bo‘lib, uning darajasi shaxsning teran yoki yuza-
100
Do'stlaringiz bilan baham: |