Giponimiya
. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi
giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya'ni tur-jins munosabati.
Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi.
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko‘pgina
ma'noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasi,
dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma'lum jins
turining nomini hamda o‘zining semantik tarkibida implisit tarzda jins ma'nosini
ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy
birlik.
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa ob'ektiv
borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‘liq. Masalan, [
daraxt
]
giperonimi jins
ma'nosini ifodalovchi leksema sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi
leksemalarni leksik-semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik
guruh hosil qiladi. Shu boisdan [
daraxt
] leksemasi giperonim sifatida giponimi
bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, [
daraxt
]
-
[
qayin
]
,
[
daraxt
]
-
[
terak
]
,
[
daraxt
]
-
[
dub
]
,
[
daraxt
]
-
[
archa
].
Giponimlar teng huquqli bo‘lib, giperonimga munosabati bir xil. O‘z
navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‘lanadi.
32
Masalan, o‘zbek tilidagi [
daraxt
] nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi: mevali
daraxt va manzarali daraxt. Mevali daraxt o‘z mevasining nomi bilan ataladi.
Shuning uchun bu leksema ko‘p ma'noli bo‘lganligi bois bir tomondan [
meva
],
ikkinchi tomondan [
daraxt
] giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi:
[
Meva
]
:
[
olma
]
-
[
o‘rik
]
-
[
shaftoli
]
-
[
behi
]
.
[
Daraxt
]
:
[
olma
]
-
[
o‘rik
]
-
[
shaftoli
]
-
[
behi
]
.
[
Daraxt
] giperonimi jins tushunchasini ifodalovchi leksema sifatida, birinchi
navbatda, shu jinsning turini bildiruvchi so‘z bilan bog‘lanadi. [
Daraxt
] leksemasi
uning turi nomi o‘rnida qo‘llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida
qo‘llanganda uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. Shu boisdan o‘z oldidan
giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi:
o‘rik daraxti, shaftoli daraxti
kabi.
Giponim leksemaning sememasi giponim leksemalar uchun birlashtiruvchi
sema bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, [
daraxt
] giperonim leksemasining sememasi
«tanasidan shoxlanuvchi o‘simlik» bo‘lib, «qizil, yashil, yoki sariq rangli
yong‘oqdan piyolagacha bo‘lgan hajmdagi sersuv meva beruvchi daraxt»
sememasiga ega [
olma
] leksemasining «daraxt» semasi [
daraxt
] giperonim
leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi.
Giperonimning ma'nosi giponim leksemanikiga nisbatan kengroq va
«xiraroq» (noaniqroq), giponim leksemaning ma'nosi esa giperonimnikiga nisbatan
torroq va «yorqinroq». Shu boisdan, aytish mumkinki, giperonimning ma'noviy
mohiyati barcha giponimining ma'noviy mohiyati yig‘indisiga teng.
Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. Demak,
borliqdagi bu bo‘linish giponimiya hodisasi sifatida tilda ham aks etadi. Lekin
daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan alohida leksema o‘zbek tilida yo‘q.
Demak, giponimning o‘rni bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘sh xona) hosil
qiladi. Leksik lakunani turli nutqiy nominativ birlik to‘ldiraverishi mumkin
(Masalan:
mevali daraxt
va
mevasiz daraxt
so‘z birikmalari).
Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda lug‘aviy lakunaga
ega bo‘ladi. Bu bo‘sh xona ayni bir jinsning turli belgisi bilan chegaralanmagan
miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi
33
odam uchun o‘zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi lug‘aviy lakuna
hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham («mevali daraxt» va «mevasiz daraxt»
tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual ham (mavjud leksemani ma'lum
bir kishining bilmasligi) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |