II. II Korxonaning majburiyatlari: 2.2.1. Ta’lim muassasasi o’quvchisiga egallashi va bilishi lozim bo’lgan ko’nikmalar to’g’risida ma’lumotlar berish va o’z mutaxassis kadrlarini ta’lim muassasasida o’quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirishga jalb etish;
2.2.2. O’quvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ulardan olinadigan mutaxassislik bilan bog’liq bo’lmagan, shuningdek zararli mehnat sharoitlarida foydalanishga yo’l qo’ymaslik;
2.2.3. O’quvchilarni ishlab chiqarish binolari, trening kabinetlari, zarur materiallar, asbob-uskunalar, texnik hujjatlar bilan o’z vaqtida ta’minlash va o’quvchilarning yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini, yuqori unumli ish metodlarini o’zlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
2.2.4. O’quvchilarga yo’l-yo’riqlar berishni va ishlab chiqarish amaliyotiga texnik rahbarlikni tashkil etish, ishlab chiqarish amaliyotiga “Korxona”dan umumiy rahbar tayinlash, kasb-hunar maktabining pedagog xodimlariga ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti o’tkazishda yordam ko’rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
2.2.5. O’quvchilarga ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti davrida tegishli mutaxassisliklar va kasblar ishchilari uchun nazarda tutilgan maxsus kiyim-boshlar, yakka tartibda himoyalanish vositalari berish;
2.2.6. Zarur hollarda o’quvchilarni ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti o’tadigan joyga yetkazishni va u yerdan olib kelishni ta’minlash;
2.2.7. O’quvchilar bajargan ishlarni ushbu korxona, muassasa va tashkilotda belgilangan tartibda hisobga olish va qabul qilish;
2.2.8. Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti tugagach har bir o’quvchiga uning ishlari sifatini, erishgan natijalarini, ishga munosabatini, shuningdek unga berish uchun tavsiya etilayotgan tarif razryadini ko’rsatgan holda ishlab chiqarish tavsifnomasini berish;
II. III.O’quvchi majburiyatlari: 2.3.1 Korxona (tashkilot) va ta’lim muassasasida belgilangan tartib qoidalariga rioya qiladi;
2.3.2 Korxona (tashkilot)ning ustaviga muvofiq ish jarayonlariga belgilangan tartib asosida qatnashadi;
2.3.3 Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti mashg’ulotlarda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi;
2.3.4 Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti jarayoni vaqtida ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot)lardan biriktirilgan ustalar bilan doimiy aloqada bo’ladi;
2.3.5 O’quvchi ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti kundaligini o’z vaqtida yuritib boradi va hisobotlarni topshiradi;
2.3.6 Yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko’radi va attestatsiya jarayonlariga o’z vaqtida ishtirok etadi;
2.3.7 Ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot) tomonidan belgilangan tegishli vazifalarni bajaradi;
2.3.8 Uzrli sabablarga ko’ra ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti jarayonlarida qatnashaolmaslik, korxona tomonidn biriktirilgan instruktorga va professional ta’lim muassasasiga o’z vaqtida xabar beradi;
2.3.9 Qoldirilgan dars mashg’ulotlarini qo’shimcha topshiriqlarni bajarish va o’zlashtirish orqali bilim va ko’nikmalarini mustahkamlaydi.