Xotiraga to‘g‘ridan – to‘g‘ri kirish kanallari
Xotiraga to‘g‘ridan – to‘g‘ri kirish kanallari (XTK) yuqori tezlikdagi ma’lumotlar almashuvini amalga oshiruvchi qurilmalarda foydalaniladi.
Masalan, ketma-ketli va parallel portlari, tovush platasi yoki SCSL adapteridan farqli ravishda XTK dan foydalanmaydi. XTKining bitta kanalidan turli qurilmalar turli vaqtlarda foydalanishi mumkin. Masalan, XTK 1 kanalidan tarmoq adapteri va magnit tasmasining to‘plovchisi ham foydalanishi mumkin, biroq siz tarmoq bilan ishlash jarayonida axborotni tasmaga yoza olmaysiz. Buning uchun har bir adapter o‘ziga XTK kanalini ajratishi kerak.
Savol va topshiriqlar
1. Tizmli mantiq mikroshemelar qanday arxitekturaga ega?
2. Mikrosxemalarning North Bridge va South Bridge bloklari qanday funksiyani bajaradi?
3.Protsessor qanday qurilma deb hisoblanadi va uning asosiy funksiyalari nimadan iborat?
4. Protsessor uchun qanday uyalar mavjud?
5. HUB arxitektura tushunchasi.
6. BIOS tizimi kompyuerda qanday vazifalarni bajaradi?
7. Uzilishlar qanday tushuncha va ulardan qanday maqsatda foydalaniladi?
8. Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish anallari qaysi qurilmalarda foydalaniladi va nima uchun?
40- Mavzu: Qattiq disklarni va CD|DVD ROM larni yig’uvchilari.
Reja.
Disk va ularning turlari
Vinchesterning tuzilishi.
Magnit kallaklar
Kallaklar yuritmasi
Tayanch so’z va iboralar: FAT32, sektor, magnit kallaklar, kallaklar yuritmasi, SCSI, IDE
Ma’lumotlarni qattiq diskka faqat yozishgina emas, balki o‘qish ham mumkin bo‘lishi uchun qanday ma’lumot qayerga yozilganligini aniq bilish lozim. Barcha ma’lumotlarning manzili bo‘lishi lozim. Kutubxonada har bir kitobning o‘z zali, stellaji, tokchasi va o‘zining invertor nomeri bor – bu go‘yoki uning manzilidir. Qattiq diskka yoziladigan barcha ma’lumotlar ham o‘z manziliga ega bo‘lishi lozim, aks holda ularni topib bo‘lmaydi. Agar ma’lumotlar baytlari yozilgan har bir manzilni alohida xotirlab qolinadigan bo‘lsa, u holda bu manzillarni saqlash, ma’lumotlarni saqlab qolishga qaraganda ham qiyinroq bo‘ladi. Biz endi axborot baytlarda emas, balki fayllarda saqlanishini bilamiz. Agar bizga biror axborot zarur bo‘lsa, kompyuter diskdan kerakli faylni topadi, keyin esa undan ma’lumotlarni baytma – bayt operativ xotirada o‘qiydi va shu tarzda faylning oxirigacha davom etadi.
Diskda har bir faylning o‘z manzili bo‘lishi uchun diskni yo‘lkalarga, yo‘lkalarni esa o‘z navbatida sektorlarga ajratiladi. Har bir sektorning o‘lchami standart bo‘lib, 512 baytga teng. Shu sababli HDD larda ko‘pincha yo‘lkalarga qaraganda, ko‘proq silindrlar haqida gapiriladi. Silindr deyilganda turli sirtlarga tegishli bo‘lgan va aylanish o‘qidan bir xil uzoqlikda joylashgan barcha yo‘lkalar to‘plami tushuniladi. Shunday qilib, vinchesterning umumiy hajmi ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi:
Umumiy hajm (bayt) = kallaklar soni * silindrlar * sektorlar * 512(bayt).
40.1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |