Amaliy mashq
AutoCAD dasturiga kiring.
AutoCAD dasturining menyuraini Paint dastri yordamida qirqib olish.
Har birini aloxida olib uning fazifasini yozish.
Rang, berish, chiziq tanlash uskunalarini qirqib olish.
Bajargan fazifalarni nom bilan saqlab, dasturdan chiqish usullarini ko’rsatib berish.
17- Mashg’ulot mavzusi: Videoadapter, televizor tunerlarini tanlash va o’rnatish.
Reja
Videoadapter va uning turlari
TV-tyunerlarni tanlash
TV tyuner platasini o’rnatish bosqichlari
Tayanch so’z va iboralar: TV tyunеr, opеrаtsiоn tizim
TV tyuner quyidagi imkoniyatlarga ega:
kompyuterda TV dasturlarni biror bor oynada yoki toliq ekranda korish imkonini beradi;
vodeokamera yoki videomagnitafonlarni, ya’ni tashqi signal beruvchilarni ulab , ulardan kelayotgan signallarni tasvir ko‘rinishida chiqaradi;
kerakli kadrlarni yoki dasturlarni yozib olish imkonini beradi;
agarda videokamera bo‘lsa, vodeokonferensiyalarda qatnashish imkonini beradi;
shuningdek, TV tyuner masofadan turib, pultdan foydalangan holda, uning barcha imkoniyatlarini ishlatish mumkin.
TV tyunerlar kompyuter tizim blokiga o‘rnarilishiga ko‘ra ichki va tashqi tyunerlarga bo‘linadi.
O‘z navbatida ichki tyunerlarni ham alohida plata(PCI, ISA)ga ega bo‘lgan tyunerlar hamda o‘z ichiga TV tyuner va vodeokarta(ISA, PCI, AGP)ni o‘z ichiga oluvchi tyunerlarga ajratish mumkin.
Tashqi tyunerlarni ham ulanishiga ko‘ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
monitor kabeli ulanadigan joyga o‘rnatiladigan avtonom tyunerlar;
USB 1.1 yoki USB 2.0 niterfeysga ega bo‘lgan TV tyunerlar;
PCMCIA qurilmaga ega bo‘lgan tyunerlar. Ular odatda noutbuklarga qo‘yiladi.
TV tyunerdan tasvirni to‘liq ekran rejimida ko‘rish uchun tashqi tyunerlarning modellariga bog‘liq. Zamonaviy tyunerlarda ekran 800X600, 1024X768 va 1280X1024 rejimda bo‘ladi.
Bunda ekran chastotasi 60-75 Hz dan oshmaydi. Dastlabki tyunerlarning ekran chastotasi 50 Hz bo‘lgan. Shuning uchun, tyuner modelni olayotganda uni modeliga e‘tibor bering.
TV tyunеrlаrni pаydо bo’lishi, kаmpyutеrlаrning yanаdа kеng tаrqаlishidа asosiy turtki bo’ldi. TV tyunеrlаr - biz tеlеvizоrdа ko’rаdigаn TV dаsturlаrni, хаr хil TV kаnаllаrni kаmpyutеr ekrаningizdа аks ettiruvchi qurilmа. Ulаrning yordаmidа kаnаllаr yoki dasturlar bilаn хuddi Windows оynаsidа ishlagandek ishlаsh imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |