Web-kameralar. Web-kamera - bu videokamera, kompressiya-lash protsessori va joylashtirilgan web-serverdan tashkil topgan raqamli qurilmadir. Web-kamera videokuzatuvni tashkil qilish va LAN/WAN/Internet tarmoqlari bo'yicha videotasvirni uzatish uchun mo'ljallangan (6-rasm).
7-rasm. Web-kameraning tarmoqda ishlashi.
Web-kamera tarmoqda ishlashi uchun maxsus qurilma va shaxsiy kompyuter talab qilinmaydi.Sozlash ko'rsatkichlariga qarab, Web-kameraga videotasvirlardan foydalanish imkoni tarmoqning hamma foydalanuvchilariga yoki faqat mualliflashgan foydalanuvchilarga ochiq bo'lishi mumkin.
Web-kamerani o'rnatish va ulash. Web-kamera Internet tarmo-g'iga lOBaseT/lOOBaseTX/lOOOBaseTX Ethernet porti orqali yoki modem yordamida ketma-ket port orqali ulanadi. Tarmoqqa jismoniy ulangandan so'ng Web-kameraga IP-manzil beriladi. Web-kameraga IP-manzil so'rovsiz berilmaydi, u standart web-brauzerning mos funksiyasi yordamida yoki web-kameraning seriyali raqamidan identifikatsiyalash uchun foydalanadigan DOS buyrug'i yordamida o'rnatiladi. Web-server, FTP-server, FTP-mijoz, e-mail mijozi uchun joylashtirilgan dasturiy ta'minot tufayli web-kamera bevosita LAN/ WAN/Internet tarmog'iga ulanadi va unda mustaqil tarmoq qurilmasi kabi ishlaydi. Bu xususiyat web-kamerani shaxsiy kompyuterga albatta USB yoki LPT port orqali ulanishni talab qiladigan oddiy kompyuter kamerasidan farqlaydi.
Ko'p ishlab chiqaruvchilar Web-kamerani xona ichiga yoki ko'-chaga o'rnatish uchun kamera g'ilofining konstruksiyasiga maxsus mustahkamlagichni o'rnatadilar. Bu mustahkamlagichdan Web-kamerani devorga, shiftga va buriladigan qurilmalarga o'rnatish uchun foydalaniladi. Ayrim internet-kameralarda gorizontal yoki vertikal yuzalarda montaj qilish uchun joylashtirilgan buriladigan qurilmalar mavjud.
Web-kameraning tuzilishi va ishlash tamoyili. Zamonaviy web-kamera videotasvirni kompyuter tarmog'i bo'yicha videosuratga olishni, raqamlashtirishni, siqish va uzatishni amalga oshiruvchi raqamli qurilma-dir. Shuning uchun web-kamera tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:
-PZS-matritsa (ZAA, CCD-zaryadli aloqali asbob) - o'ziga tushayotgan yoruqlikni elektr signalga o'zgartiruvchi, tomonlar nisbati 3:4 bo'Igan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi yorug'likni sezadigan yarimo'tkazgichli plastina.
-Obyektiv - bu kuzatilayotgan obyekt tasvirini web-kameraning yorug'likni sezadigan elementiga proeksiyalash uchun mo'l-jallangan linza tizimidir.
-web-kameraga o'rnatiladigan optik infraqizilfiltrlar, optik aniq bo'Igan yassi parallel plastinalar ko'rinishida bo'ladi.
- videoqamrovplatalari (raqamlashtirish bloki) PZS-matritsadan shakllantirilgan analog signalni raqamli formatga o'zgartirishni amalga oshiradi.
-videotasvirni kompressiyalash (siqish) bloki raqamlashtirilgan videosignalni siqish formatlaridan (JPEG, MJPEG, MPEG-1/2/4, Wavelet) biriga siqishni bajaradi.
-markaziy protsessor web-kameraning hisoblash o'zagidir (yadro). U raqamlashtirilgan va siqilgan videotasvirni chiqarish amalini bajaradi hamda joylashtirilgan web-serverning va web-kamera uchun boshqarish dasturlarining funksiyalarini bajarish uchun javob beradi.
- tezkor xotira qurilmasi vaqtinchalik ma'lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi.
- flesh-xotira. Flesh-xotira kartasi web-kamera uchun mo'ljallangan boshqarish dasturlarini yangilash va foydalanuvchining HTML-sahifalarini saqlash imkonini beradi.