~ 152 ~ 10 – mavzu: saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti reja



Download 444,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana26.02.2022
Hajmi444,47 Kb.
#468359
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2 5240047013801759914

To’qqizinchi, 
yangi qonunga asosan «O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylov to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasida
o’z aksini topgan kuzatuvchilarning huquqlari belgilangan me‘yorlar quyidagi 
qo’shimcha bilan to’ldirilmoqda: «O’zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik 
palatasiga nomzodlar ko’rsatish va ularni saylash bo’yicha O’zbekiston ekologik 
harakatining konferensiyasida hozir bo’lish». 
Bu qo’shimcha orqali mamlakatimizda 2008 yilda tashkil etilgan va Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasida o’zining 15 nafar deputatlik o’rniga ega bo’lgan 
O’zbekiston ekologik 
harakati 
saylovlarini 
ham 
ochiq, 
oshkora 
tarzda 
o’tayotganligini keng jamoatchilikka, xususan xalqaro kuzatuvchilarga bildirish, 
ularni O’zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida ishtirok etishiga sharoit 
yaratish kabi maqsadlar mujassam. 
Albatta, saylov jarayonlarini xalqaro me‘yorlarga mosligini ko’rsatadigan 
muhim mezon bu – unda kuzatuvchilarning ishtirok etishi hisoblanadi. 
O’zbekiston ekologik harakatining Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash 
bo’yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning ishtirok etishini huquqiy
ta‘minlanishi mazkur tanlovning yanada adolatli bo’lishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimizdagi saylov qonunchiligiga asosan barcha saylov jarayonlarida 
kuzatuvchilarning ishtirok etishi uchun huquqiy asos yaratilgan, o’tkazilayotgan 
saylovlarda bir qator xorijiy mamlakatlarning ekspertlari ishtirok etib, saylovlarni 


~ 169 ~ 
ijobiy baholashmoqda. Mazkur me‘yorning qonunchilikka kiritilishi bu boradagi 
kichik bo’shliqni to’ldirdi va saylovlarni yanada adolatli o’tishiga xizmat qiladi. 
Amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlarning barchasi milliy saylov tizimining 
izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament
saylovlarining qonun talablari va umume‘tirof etilgan xalqaro tamoyil va
me‘yorlarga to’la mos holda o’tkazilishini ta‘minlaydigan mukammal
qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu qonunlarda davlat 
hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko’ppartiyaviylik asosida 
o’tkazilishi qat‘iy belgilab qo’yildi. Mamlakat Birinchi Prezidenti lavozimiga, 
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, 
mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa – siyosiy partiyalarning 
joylardagi tegishli organlari tomonidan ko’rsatilishi to’g’risidagi tamoyilial
qoida mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari 
tomonidan ko’rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish yo’lidagi tamoyilial qadam 
bo’ldi. 
Saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish 
bilan bog’liq bo’lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida ham 
kamdan-kam uchraydigan mutlaq vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga 
berilishini ko’zda tutadigan o’zgartishlarning kiritilishi o’ta muhim ahamiyatga molik 
ulkan voqea bo’ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko’ra, saylov kampaniyasi 
jarayoniga davlat va hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan 
aralashishga qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol 
ko’rsatib turibdi. 
So’z va fikr erkinligi hamma fuqarolarga tegishli. Ayni chog’da, saylov 
jarayonlaribilan bog’liq holda tahlil etadigan bo’lsak, ham milliy, ham xalqaro 
amaliy taj-ribaga muvofiq, ana shu muhim ijtimoiy-siyosiy voqeaga tayyorgarlik, 
uni o’tkazish davrida aholining uch qatlami so’z va fikr erkinligi huquqiga ega 
bo’lishi ayniqsa jiddiy ahamiyatkasb etadi. Bular: 
1) umumiy aholining muayyan qismi hisoblanuvchi saylovchilar; 
2) ommaviy axborot vositalari; 
3) saylanadigan o’rinlar uchun kurashayotgan yoki ovoz berish natijalariga 
ta‘sir ko’rsatadigan siyosiy kuchlar. 
Saylovchilarning bu boradagi erkinliklari ta‘minlanishi, shak-shubahasiz, 
ularning to’la va aniq axborotga ega bo’lish huquqi nechog’li ijobat etilishida 
namoyon bo’ladi. Siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining 
bunday erkinliklari esa o’z qarashlarini erkin, hech qanday soxtalashtirishlarsiz 
bayon eta olish, shuningdek, bu fikrlar saylovchilarga tushunarli bo’ladigan darajada 
etarli vaqtga ega bo’lish layoqatiga bog’liqdir. 
Demokratik saylovlarni erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarisiz 
tasavvur etib bo’lmaydi. Negaki, ular fuqarolarning siyosiy partiyalar faoliyati, 
ularning saylovoldi dasturlari, deputatlikka ko’rsatayotgan nomzodlari, saylov
jarayonining barcha bosqichlari haqida axborot olish huquqini ta‘minlashi lozim. 
SHunday qilib, ommaviy axborot vositalari demokratik saylovlarni ochiqlik, 
oshkoralik va transparentlik asosida o’tkazishda muhim vosita bo’lib, fuqarolik 



Download 444,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish