~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

Joytun  madaniyati.  Janubiy  Turkmaniston  hududidagi  mil.avv.  VI-V  ming  yilliklarga  oid 
madaniyat.  Bu  yerdan  O’rta  Osiyodaga  birinchi  paxsa  uylar  qoldiqlari,  sopol  idishlar  namunalari 
aniqlangan. Aholisi asosan dexkonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug’ullangan. 
Kaltaminor  madaniyati.  Qadimgi  Xorazm  hududidan  topilgan  bo’lib,  mil.avv.V-IV  ming 
yilliklarga  oiddir.Topilmalar  Kaltaminor  qabilalarining  baliqchilik,  ovchilik  va  qisman 
hunarmandchilik bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi. 
Hisor madaniyati. Asosan, Hisor-Pomir tog’laridan topilgan. Miloddan avvalgi     V-IV ming 
yilliklarga  oid.  Hisorliklar  sopol  idishlar  yasab,  asosan  chorvachilik,  ovchilik,  qisman  termachilik 
bilan shug’ullanganlar. 
Eneolit  davri  makonlari  Xitoydan  Dunaygacha  bo’lgan  katta  hududda  tarqalgan  bo’lib, 
xamma  joyda  ijtimoiy  tarakqiyotning  bir  xil  boskichi  kuzatiladi.  O’rta  Osiyoda  quyidagi  yangi 
tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog’liq 
1.  Xo’jalikning  boshqa  hamma  turlariga  qaraganda  haydama  dehqonchilikning  ustunlik 
qilishi; 
2. Toshdan ishlangan qurollar ko’p bo’lgan holda mis qurollarning paydo bo’lishi; 
3. Katta-katta ibtidoiy jamoalarning paxsadan va xom g’ishtdan tiklangan katta-katta uylari
4. Kulolchiliqda muhim texnika yutug’i-xumdonlarning ishlatilishi. 


~  ~ 
 
5. Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug’i (matriarxat) ga xos haykalchalari
6. Rangdor, turli tasvirlar bilan bezatilgan sopol buyumlar mavjudligi. 
Eneolit-mis-tosh  davrida  odamlar  dastlabki  metall  bilak  tanishdilar.  Bu  davrga  kelib  mis 
qurollar ancha takomillashgan bo’lsa-da, undan og’ir mehnat qurollari yasashning imkoni yo’q edi. 
Misdan  asosan  uy-ro’zg’or  buyumlari,  taqinchoqlar  va  harbiy  qurollar  yasalgan.  Eneolit  davri 
yodgorliklari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelaridan, Panjikent 
atroflaridan (Sarazm madaniyati) topib tekshirilgan. Bu davrga kelib, dehqonchilik O’rta Osiyoning 
shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyiladi. 
Hozirga kunda ibtidoiy jamoa tuzumining turli bahslarga sabab bo’layotgan muammolaridan 
biri antropogenez-odamning paydo bo’lishi va rivojlanishidir. Turli hududlarda qadim zamonlarda 
yashagan ilg’or mutafakkirlar odamning paydo bo’lishi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon 
etganlar.  Ular  asosan  insoniyat  hayvonot  olamidan  ajralib  chiqqan  degan  fikrni  bildiradilar. 
Insonning  paydo  bo’lishi  millionlab  yillar  davom  etgan  rivojlangan  jarayonining  natijasidir.  Eng 
qadimgi  qazilma  odam  qoldiqlari  Sharqiy  Afrikadan  (Olduvay,  zinjantrop),  Indoneziyadan  (Yava, 
pitakantrop),  Xitoydan  (sinantrop),  Germaniyadan  (Geydelьberg)  topib  tekshirilgan.  Keyingi 
topilmalar,  ya’ni,  zamonaviy  odamga  ancha  yaqin  bo’lgan  odam  qoldiqlari  dastlab  Neandertalь 
(Germaniya) vodiysidan topilgan (O’zbekistondagi Teshiktosh). 
O’rta  tosh  davrida,  birinchi  navbatda  mehnat  jarayonida  inson  tafakkurining      rivojlanishi 
natijasida neandertal’ qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofadagi odamlarga aylana boshladilar. Ular 
jismoniy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez 
jarayoni  tugadi  (kromanьon  ko’rinishidagi  odamlar).  Bu  jarayonning  tugashi  insoniyat  tarixidagi 
muhim voqea bo’lib, inson dastlab toshdan oddiy to’qmoq yasagan bo’lsa, uzluksiz mehnat, intilish 
hamda ongining rivojlanishi natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi. 
Janubiy  Qozog’istonning  tog’  va  tog’oldi  tumanlaridan,  Qirg’izistonning  tog’  vodiylaridan, 
Janubiy  Turkmanistonda,  Qizilqum  va  Qoraqum  ichkarisidagi  qadimgi  ko’llar  atrofida, 
O’zbekistondagi Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Zarafshon, Surxondaryo, Kashqadaryo 
vohalari,  Farg’ona  vodiysi  va  uning  tog’li  hududlaridan  ibtidoiy  jamoa  tuzumining  barcha 
davrlariga  oid  yodgorliklar  topilgan.  Bu  topilmalar  O’rta  Osiyoni  antropogenez  jarayoni  sodir 
bo’lgan hududlar sarasiga qo’shish imkonini beradi. 
Hozirgi  davrda  olimlarning  katta  guruhi  odamzodniig  dastlabki  vatani  Afrika  degan  fikrni 
ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropa deydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam ilk marta 
Osiyoning janubida paydo bo’lgan degan g’oyani ilgari suradilar. Umuman olganda, odamzodning 
dastlabki vatani haqida olimlar orasida yagona fikr hozircha yo’q. 
Ibtidoiy  tasviriy  san’at.    Dunyo  tarixida  ibtidoiy  tasviriy  san’at,  xususan,  g’orlarning 
devorlariga  turli  tasvirlar  chizish  so’nggi  paleolit  davriga  oiddir  (Ispaniya,  Altamir  g’ori).  O’rta 
Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga 
kelib  esa  rivojlangan  bosqichga  ko’tariladi.  Kaltaminor,  Hisor,  ayniqsa  Joytun  madaniyatiga 
mansub  yodgorliklardan  ibtidoiy  san’atning  turli  namunalari  topilgan.  O’rta  Osiyoning  tog’lik 
hududlarida  keng  tarqalgan  qoyatosh  rasmlari  ishlanish  usuliga  ko’ra  ikki  xil.  Bir  xillari  bo’yoq 
(oxra)  bilan,  ikkinchi  xillari  esa  urib-o’yib  ishqalash,  chizish  usuli  bilan  ishlangan  (petrogliflar) 
rasmlardir. 
O’zbekistondagi  qoyatosh  rasmlarning  eng  nodir  namunalari  Zarautsoy,  Sarmishsoy, 
Bironsoy,  Ko’ksaroy,  Takatosh,  Teraklisoy  kabilar  bo’lib,  ular  yuzdan  ziyoddir.  Bu  yerdagi 
qoyatoshlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi xayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish 
mumkin.  Ular  ibtidoiy  buqalar,  sherlar  va  yo’lbarslar,  qoplon,  tulki  va  bo’rilar,  bug’u  va  jayron 


~  ~ 
 
kabilardir.  Rasmlar  orasida  o’q-yoy,  uzun  qilich,  xanjar,  dubulg’a,  qopqon  kabi  narsalar  ham 
ko’pchilikni tashkil etadi. 
Eng qadimga rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo’lib, bu rasmlar mezolit-neolit,  ya’ni mill. 
avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orkali o’sha davr odamlarining ov, mehnat 
va  jangovar  kurollarini  bilib  olishimiz  mumkin.  Shuningdek,  qoyatosh  rasmlar  kadimga 
avlodlarimizning g’oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o’rganishda muxim ahamiyatga ega.  
Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu 
davr  Joytun,    Kaltaminor  va  Hisor  madaniyatlariga  mansub  yodgorliklardan  ibtidoiy  sanьatning 
juda  ko’plab  namunalari  topilgan.  Neolit  davri  odamlari  idishlarga  har  xil  rangdagi  bo’yoq  bilan 
turli  nakshlar,  odam  va  hayvon  tasvirlarini  ifoda  etganlar.  Shu  bilan  birga  loydan  yasalib, 
pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi. 
 
Fetishizm  (fransuzcha  “fetiche”  but,  sanam;  tumor)-tabiatdagi  jonsiz 
predmetlarga  sig’inish.  Unga  ko’ra  alohida  buyumlar  kishilarning  o’z  maqsadiga 
erishtirish,  ma’lum  voqea-hodisalarni  o’zgartirish  kuchiga  ega  deb  hisoblangan. 
Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir kuchiga ega.  
Fetishizm  yog’och,  loy  va  boshqa  materiallardan  yasalgan  buyumlar  paydo 
bo’lishi  bilan  bir  paytda  ibtidoiy  jamoa  tuzumining  urug’chilik  bosqichida  paydo 
bo’lgan.  Ibtidoiy  odamlar  bu  butlar  va  tumorlarda  urug’  jamoalar  g’ayritabiiy 
dunyodan keladigan ilohiy qudratining timsolini ko’rganlar.  
Fetishizm belgilari ba’zi bir hozirgi zamonaviy xalqlarning diniy rasm-rusmlari 
va e’tiqod-an’analarida ham saqlanib qolgan. 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish