Kompaniyaning raqiblarga nisbatan strategik kuchini baxolashning namunasi. (reyting shkalasi: eng zaif - 1, eng kuchli - 10, qavs ichida -
salmoqning reyting baxosiga kupaytmasi)
4.3-jadval
MAO / Kuch birligi
|
salmoq
|
O’rganilayot gan
Kompaniya
|
Araqib
|
B raqib
|
V raqib
|
Maxsulotning sifati/ishlanishi
|
0,10
|
8 (0,80)
|
5 (0,50)
|
9 (0,90)
|
6 (0,60)
|
Nufuz / imidj
|
0,10
|
8 (0,80)
|
7 (0,70)
|
10 (1,00)
|
6 (0,60)
|
Materiallar / qiymat
|
0,05
|
5 (0,25)
|
5 (0,25)
|
6 (0,30)
|
4 (0,20)
|
Texnologik san’at
|
0,05
|
8 (0,40)
|
5 (0,25)
|
5 (0,25)
|
4 (0,20)
|
Ishlab chiqarish
quvvatlari
|
0,05
|
9 (0,45)
|
7 (0,35)
|
10 (0,50)
|
6 (0,30)
|
Marketing / taqsimot
|
0,05
|
9 (0,45)
|
7 (0,35)
|
9 (0,45)
|
6 (0,30)
|
Moliyaviy resurslar
|
0,10
|
5 (0,50)
|
4 (0,40)
|
7 (0,70)
|
4 (0,40)
|
Nisbiy qiymat
pozitsiyasi
|
0,25
|
5 (1,25)
|
9 (2,25)
|
6 (1,50)
|
4 (1,00)
|
Narx buyicha
raqobatlasha olish
|
0,25
|
5 (1,25)
|
9 (2,25)
|
7 (1,75)
|
4 (1,00)
|
Kuch reytingi
|
|
(6,15)
|
(7,30)
|
(7,35)
|
(4,60)
|
2.Amaldagi strategiya qay darajada samarali ?
Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baxolash uchun quyidagilar muxim:
1)kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash;
2)kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash;
3)kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar soxasidagi funktsional strategiyalarini baxolash;
Kompaniya strategik va moliyaviy xolatining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
1)kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni;
2)foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday
ko’rsatkichlariga nisbatan qanday;
3)sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi;
4)kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki sekin o’syaptimi;
5)kreditlar xajmi;
6)firmaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;
7)kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat ko’rsatishda etakchiligi va xokazo.
Qullanilayotgan strategiyani baxolash.
Qullanilayotgan strategiyani baxolash uchunkompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:
arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish; - raqobatchilardan farq qilib turish;
iste’molchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish.
Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristikasi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir. Bu erda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish soxalaridagi yordamchi strategiyalarni taxlil qilish lozim.
Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon beradigan sunggi amaliyotini taxlil qilib chiqish kerak.
Strategik faoliyatning eng aniq kursatkichlari quyidagilardan iborat:
firma nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;
firma oladigan daromad xajmining usishi yoki usmayotganligi xhamda bu daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi;
firmada sof foyda tendentsiyalari xamda investitsiyalarning qaytish tezligi qanday;
firmada savdo xajmining bozordagi umumiy usishga nisbatan tez yoki sekin usayotganligi va xokazo.
Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday radikal uzgarishlarni talab qilmaydigan strategiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |