3.3. Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Maykl Porterning
«beshta kuch» modeli
Garvard universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruhlagan:
Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat.
Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tamoqdagi xaridorlarni egallab olishga harakat qilishi.
Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi.
Xom ashyo va butlovchi qismlar etkazib beruvchilarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.
Xaridorlarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.
Bu tahlil firma mazkur tarmokda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay shtlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (7-chizma) U mazkur modelni asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini ta’kidlagan edi. Buning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlar vujudga keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin.
Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga tahdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o’z daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Bu omilning raqobatchilik kuchi to’sio’larining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli dara-jada bog’liq. Bunday to’sio’larning uch asosiy manbai bor.
-xaridorlarning savdo markasiga sodio’ligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);
-xarajatlar bo’yicha mutlaq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi mavjud kompaniyalar uchun, yangi kompaniyalar erishishi qiyin bo’lgan katta ustunliklarni beradi);
-ko’lamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega bo’ladilap). U ya’ni standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta mikdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va hokazolar bilan bog’liq. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi.
Porter nazariyasi bo’yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo’lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu erda ham to’rt omilning ta’sirini ko’rsatib o’tish mumkin:
-tarmoqdagi;
-raqobat tuzilmasi;
-talabning shart-sharoitlari;
-tarmoqqa kirish to’sio’larining balandligi.
Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi
Etkazib beruvchilarning «savdolashish» imkoniyati
|
|
Amaldagi firmalar (sotuvchilar) o’rtasidagi raqobat
|
|
-
Xaridorlarning
«savdolashish»
|
|
O’rinbosar mahsulotlar xavfi
Do'stlaringiz bilan baham: |