MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
5-mavzu
KEYS STADI
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga ishongan, mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol ularni qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter.
Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish kerak dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |