Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash hamda nazorat qilish.
Strategiyani amalga oshirish jiddiy jarayon hisoblanadi, chunki aynan u muvaffaqiyatli bajarish holatida firmani qo’yilgan maqsadlarga erishishi uchun imkoniyat yaratadi. Ko’p holatlarda firmalar o’zi tanlagan strategiyani amalga oshira olmaydilar. Bu yoki noto’g’ri tahlil o’tkazilishi va notqg’ri xulosalar qilinishi natijasida vujudga keladi, yoki tashqi muhitda ko’zda tutilgan o’zgarishlar sodir bqlishi natijasida vujudga keladi. Biroq strategiya bajarilmasligining asosiy sababi boshqaruvni firma potentsialini strategiyani realizatsiya qilishga etarli darajada jalb qila olmasligidandir.
Ushbu bosqich qqyilgan maqsadlarga qaysi eng samarali usul bilan erishish mumkin va buning uchun nima qilish zarur degan savolga javob berish imkonini beradi. Bitta maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin bqlganligi uchun strategiyani tanlash bosqichini kqzlangan manzilga etib borishning marshruti va harakat vositasini tanlash kabi belgilash mumkin. Buning uchun iqtisodiy nazariyada strategiyalar xaritasi (tizimi) va strategik harakatning mexanizm (modellari) rqyxati mavjud.
Strategiyalar tizimi strategik qarorlarni qabul qilishning uch darajasi, bosqichini qz ichiga oladi:
umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy rivojlanishining yqnalishini kqrsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iqtisodiy faoliyatining shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bu erda qushilish, sotib olish yoki biznesning biron turidan chiqish xaqidagi savollar, masalalar hal qilinadi.
ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda ifodalanadi) tanlangan (korporativ bosqichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yqnaltiriladi. Bu erda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bqyicha istiqbollar kqrib chiqiladi va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish masalalari kqrib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab chiqarish, baho reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi.
Funktsional. Funktsional strategiyalar bqlim va xizmatlar harakatlarini korxonaning ishlab chiqarish bqlinmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish, marketing, moliya va personal koporativ va ishbilarmon strategiyalarga erishishning qz usulini rejalashtiradilar. Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi funktsional strategiya yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo yqqotishlarini kamaytirish va boshqalardan iborat bqlishi mumkin.
Strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichida bajariluvchi chora-tadbirlarni umumlashtirgan holda sxematik tarzda kqrsatish va korxona strategiyasini
«realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida olinishi lozim bqlgan natijalarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |