" " dagi sonli qarori bilan tasdiqlangan "Strategik menejment" fani dasturi asosida ishlab chiqilgan



Download 3,05 Mb.
bet109/355
Sana06.01.2022
Hajmi3,05 Mb.
#321557
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   355
Bog'liq
УМК Стратегик менежмент

Eksperiment (tajriba) usuli - boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy ajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash.

  • Sotsiologik kuzatuv usuli - boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suxbatlar, testlar, infratuzilmaviy taxlillarni o‘tkazish.

    3.Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish.

    Boshqaruv faoliyati nazariyasi va amaliyoti menejer modelini yuzaga keltirdi (9.1-rasm). Mazkur modelga muvofiq u shudli shaxs bo‘lishi kerak. U istarasi issiqlik, ochiq ko‘ngillilik, oqillik va irodalilik kabi tizim tashkil etuvchi biologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim.

    Menejer jismonan barkamol bo‘lishi kerak: sog‘lomtanda - sog‘lom aql deb bejiz aytilmagan.

    Ochiq ko‘ngillilikni menejer achinish va hamdardlik qilish kabi xislatlarda namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak.

    Menejer fikrlaydigan o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va idroklay olishi lozim. Menejerda albatta mustahkam iroda bo‘lishi shart, chunki boshqaruv, bu hamisha hokimiyatdir.

    Menejerning madaniyatlilik darajasi - inson tafakkuri va badiiy ijodiyoti eng yaxshi natijalari darajasida bo‘lishlik xususidagi doimiy extiyoj, bu uning etika, estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bo‘yicha bilimlari. Boshqaruv faoliyatiga antropologikyondashish menejer keng kultrologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarurligaga olib keladi.

    Menejerning insoniylik jihati bu, menejerning boshqaruv faoliyatida sistemalashtirilgan va moslashtirilgan antropologik bilimlardan foydalana olishdagi nazariy - amaliy tayyorgarligi.

    Antropologik bilimlar menejerga o‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar bilan muloqotda bo‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini namoyon eta bilish va eng yaxshi kasbiy natijalarga erishish uchun zarurdir. Bular ayniqsa ta’lim, servis, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarvda katga ahamiyat kasb etadi.


    9.1.Rasm. Menejer modeli

    Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida va biznes bilan bog‘liq barcha biznes-maktablarda ixtisoslashtirilgan insonshunoslikfanlari o‘qitiladi: sanoat psixologiyasi, ishlab chiqarish sotsiologiyasi, tadbirkorlik odobi, ishbilarmonlik iqtidori va b. Ko‘pchilik universitetlarda shoirlar, rassomlar, madaniyat arboblarining ma’ruzalari rejalashtirilgan.

    Menejerlarni insonshunoslik bo‘yicha tayyorlashda Evropa Ma’muriy boshqaruv instituti (Fransiya)da, Boshqaruv xalqaro instituti (SHveysariya) va Barselona oliy boshqaruv ta’limi institutida qiziqarli tajriba to‘plangan. Menejerlar tayyorlash bo‘yicha Tokiodagi markaz jahonga ma’lum, ishda ikki qismdan: insonshunoslik ta’limi va insonshunoslik texnologiyaviyligidan iborat insonshunoslik vakolati konsepsiyasi ko‘rib chiqilgan.

    Menejerning insonshunoslik ma’lumoti, bu - antropologik bilimlar tizimi bo‘lib, uning mentaliteti faoliyatining so‘zlar yordamida obraz yaratish negizi hisoblanadi. Quyidagilar mana shu negizga taalluqli:


    • boshqaruv psixologiyasi;

    • boshqaruv pedagogikasi;

    • boshqaruv odobi;

    • boshqaruv sotsiologiyasi;

    • boshqaruv kelishmovchilikshunosligi;

    • boshqaruv ritorikasi;

    • boshqaruv ortobiotikasi;

    • boshqaruv imijshunosligi.

    Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu - uquvlar majmui, shu tufayli antropologik bo‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati va h.k.lar)da amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlik uquvi menejerga antropologik bilimlarni tadbiq etishlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Quyidagilar mazkur texnologiyalarga taalluqli::

    • maqsadni mo‘ljallash texnologiyasi; etik taalluqlash texnologiyasi;

    • o‘z-o‘zini faol baeishlash texnologiyasi; o‘zini abadishashtirish va b. texnologiyasi.

    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatiga ega. Insoniyat tomonidan fantexnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra bosho‘aruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Boshqaruvning mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. SHuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi. Boshqaruv, bu hamisha xukmronlik, har qanday tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishi, uni to‘g‘ri taqsimlashga bogliq. Lavozim vakolatidan (hokimiyatning taqsimlanishidan) qat’iy nazar boshqaruv hulqining umumiy tamoyillari - vakolatlilik, insonparvarlik, innovatsiyalik, pragrmatika va ortobiotiklik mavjud. Boshqaruv uslubiga kelsak, u avtokratik, byurokratik, demokratik va aristokratik bo‘lishi mumkin.

    Menejerning insonshunoslik vakolati uning boshqaruv faoliyatida antropologik bilimlardan foydalanishdagi nazariy-amaliy tayyorgarligiga bog‘liq. Bu vakolatlilik insonshunoslilik ma’lumoti va menejerning insonshunoslik texnologiyasi bilan tavsiflanadi.

    Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. CHunki, strategiya-bu istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariyalarni tahlil etish san’ati hamda istio‘bolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oyadir. Boshqaruv strategiyasi-bu strategik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. SHuning uchun yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi.

    Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi:



    1. Tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan strategik ko‘ra bilishni, harakat uzoq muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish.

    2. Strategik ko‘ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish.

    3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.

    4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirshi.

    5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, o‘zgaruvchan sharoitlar, yangi yuyalar va imkoniyatlarga nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.

    Mazkur strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayonida 5-vazifadan agar zarur bo‘lsa qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish yoki takomillashtirish uchun oddingilariga qaytish ko‘zda tutilgan.

    Tashkilotning strategik ko‘ra bilishi va zimmasidagi vazifasini shakllantirish. Bu vazifani bajarishda tashkilotlarning rahbarlari quyidagi savolga javob berishi lozim: biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishamiz? Zimmadagi vazifa bayon qilinganda tashkilot faoliyatining tavsifi aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi belgilanadi. o‘z xodimlarida «maqsad tuyg‘usi»ni yuzaga keltirish uchun, rahbar ularni tashkilotning strategik mo‘ljali va zimmadagi vazifa to‘g‘risida xabardor qilishi lozim. Bunda esa yaxshi o‘ylangan strategik mo‘ljal tashkilotni istiqbolga tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishini belgilashga yordam beradi.

    Strategiyani ishlab chiqishda asosiy boshqaruv muammosi, ya’ni tashkilot ahvolini hisobga olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga qanday erishish belgilanadi. Strategiya natijalarga erishish vositasi hisoblanadi. Bunday harakat tarziga tashkilot, maqsad va vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal o‘ilishi shart. Tashkilot strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan iboratdir.

    Strategiyani ishlab chiqish tashkilot ichki va tashqi holatiga tashxis qo‘yishdan boshlanadi. Nega? CHunki to‘g‘ri tashxissiz yoki umuman busiz chuqur o‘ylanmagan strategik harakat qabul qilinishi mumkin.

    Tashkilot strategiyasi, qoidaga ko‘ra, quyidagi mutanosibliklardan iborat bo‘ladi:


    • puxta o‘ylangan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar;

    • agar kutilmagan yo‘nalish yuzaga chiqsa va zarur bo‘lsa, unga javoban xattiharakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir bo‘lsa va h. k.

    Amaldagi strategiya tarxi9. 2- rasmda berildi.

    Rasmdan ko‘rinadiki, yangicha vaziyat (o‘zgaruvchan sharoit)lar yuzaga kelishi natijasida rejadagi strategiya o‘zgarishi mumkin ekan. Ta’lim sohasidagi bunday vaziyatlarga fan, texnika, texnologiya, iqtisod, madaniyat, ta’lim va h. k.dagi yangi natijalarni; yangi qonunlar yuzaga kelishi yoki hukumat siyosatining o‘zgarishi; ta’lim xizmatiga bo‘lgan talabning o‘sishi va h. k.larni kiritish mumkin.






    Download 3,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   355




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish