I BOB.Korxonalarda marketing faoliyatini rivojlantirish strategiyalarining nazariy asoslari
1.1 Korxonada marketing faoliyati va uning o’rni
“Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi.”
Baker(1976)2
Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.
Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».
Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir».. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi.
1-rasm. Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlari3
Muhtojlik — kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.
2-rasm. Marketing o’rgatadigan narsalar4
Korxonalarning marketing faoliyatida xaridorlar alohida markaziy o‘rin egallaydi. Ularning safini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Agar biror korxona o‘z iste’molchilariga yaxshi, sifatli tovar sotar yoki xizmat ko‘rsatar ekan, uning faoliyatiga qiziqish ortadi, xaridorlar korxona tovarlari bozorida boshqa korxonalardan shu korxonaga o‘ta boshlaydilar. Bu esa o‘z navbatida korxona tovarining bozorida talabning o‘sishiga olib keladi. Mazkur korxona o‘zining sifatli tovariga (xizmatiga) yuqoriroq narx belgilash imkoniga ega bo‘ladi, xarajatlari nisbatan kamroq o‘sgani holda ko‘proq daromad, foyda olishga erishadi. Marketingning mohiyati tadbirkorlik faoliyatiga yangicha yondashishda, ya’ni «ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarni iste’molchi olishiga majburlashga urinish kerak emas, balki iste’molchiga zarur tovarlarnigina ishlab chiqarish va sotish 121 kerak»5 degan shiorda namoyon bo‘ladi. Korxona mijozlariga xizmat ko‘rsatilganda aynan ularning xohish va talablarini to‘liq hisobga olish va qondirish nazarda tutiladi.
Shunday qilib, marketing — ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlari va talablarini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing — bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va taklifni o‘rganish, Mahsulot o‘tkazib beruvchilar Marketing axborot tizimi Vositachilar Tovar Pridukt Narx Price Xaridorlar Foyda Profit Bozor Place Raqobatchilar Marketingni tashkil etish tizimi Kontaktdagi auditoriyalar Marketingni nazorat tizimi Marketingni rejalashtirish tizimi 1- chizma. Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, talabga ta’sir qilish hamdir. Xo‘sh, bu ta’sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bunday aniq maqsadlarini — bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlarning qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing tadbirlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi marketing faoliyat turini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Marketingning maqsadi korxonaning uzoq muddatli (kelajakdagi) va qisqa muddatli (yillik) dasturi bo‘lishi mumkin. Korxonada marketing faoliyati dasturini tuzishning eng muhim qoidasi ishlab chiqarilgan va bozorga sotishga chiqarilgan mahsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarining uzviy bog‘liqligidir. Korxonalar tashkiliy tuzilishida tijorat yutug‘ini va ilg‘or texnika siyosatini ta’minlovchi xizmatlar (bo‘limlar) birinchi o‘ringa chiqadi. Marketingli faoliyatda, eng avvalo, korxona ichidagi bo‘g‘inlar, shu bilan birga ko‘ndalang (gorizontal) va tik (vertikal) aloqalarining ishlashini ta’minlash lozim.Bu sharoitda korxona uchun eng qiyin masala — tik (vertikal) integratsiya shakllarini o‘zgartirishdir. Chunki u korxonaning o‘ziga bog‘liq emas. Bu masalani ijobiy hal qilishga maxsus marketing dasturini yaratish imkon beradi. Raqamlar va dalillar yordamida yuqori boshqaruv organlari korxona uchun bu dasturni bajarish maqsadga muvofiqligini isbotlashga imkon beradi. Bundan tashqari, dasturni amalga oshirishdan tushgan foydadan talab, boshqaruv organlarini marketingli yechimlarni amalga oshirishga jalb qilish imkoni tug‘iladi. Ko‘pchilik korxonalar uchun axborot to‘plash, uni mashinada qayta ishlash va tahlil qilish birmuncha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Buning natijasida chetdan ishonchli ijrochilar jalb qilish kerakmi, yo‘qmi, degan muammo paydo bo‘ladi. Bu masalani va kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan dasturlarga ketadigan xarajatlarni hisobga olishga bog‘liqdir. Yana bir muhim masala — marketing dasturining qiymatini hisoblab chiqishdir. Bizga ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda tovarlar, xizmatlar chakana narxining yarmidan oshig‘ini marketing xarajatlari tashkil qiladi. Bunga butun marketing faoliyatining xarajatlari, transport, mahsulotlarni omborlarda saqlash, assortiment siyosatini ishlab chiqish, marketingli tadqiqot va boshqa xarajatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |