ﻲﺑارﺎﻔﻟا ﺪﻤﺤﻣ ﺮﺼﻧ ﻮﺑأ (Abu Nasr
Muhammad ibn Muhammad ibn
Uzlug
ʻ Tarxon Forobiy; Forobiy)
Tug
ʻilishi 10-yanvar 873-yil, Forob
Vafoti
taxminan 12-yanvar 951-yil
(77 yoshda), Damashq
Qiziqishi
tibbiyot, alkimyo,
astronomiya, falsafa,
islomshunoslik, mantiq,
matematika, fizika, nazm,
teologiya
Ko
ʻrsatgan
ta
ʼsirlari
Al-Beruniy, Umar Xayyom,
al-G
ʻazzoliy, Averroes, Nosir
al-Din Tusiy, Ibn al-Nafis,
Averroizm, Sxolastitsizm,
Albertus Magnus, Duns
Scotus, Thomas Aquinas,
Buridan, Benedetti, Galileo,
Harvey
Olgan
ta
ʼsirlari
Arastu, Galen, Plotinus,
Aflotunchilik, Muhammad,
Vosil ibn Ota, al-Kindiy, Abu
Ali ibn Sino, al-Roziy, al-
Beruniy
Mashhur
fikrlari
faylasuf
Forobiy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Forobiy (taxallusi; to
ʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn
Muhammad ibn Uzlug
ʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob shahri
— 950, Damashq) — O
ʻrta Osiyoning ulug Turkiy mutafakkiri
va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga
sharxlar bitganligi va jahonga targ
ʻib qilgani hamda
zamonasining ilmlarini puxta o
ʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan
hissa qo
ʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim",
Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo
ʻldi.
F. Sirdaryo sohilidagi Forob (O
ʻtror) degan joyda turkiy qabilaga
mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. O
ʻsha davrda
Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi.
Bo
ʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng ,
o
ʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda davom ettirdi. F.
ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag
ʻdodga yoʻl oladi.
Olim yo
ʻlyoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon,
Isfahon va boshqa joylarda bo
ʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta
Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to
ʻplangan edi.
Bu yerda ko
ʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon
falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib,
ulardan ilm sirlarini o
ʻrgandi. Mas, Abu Bashar Matta ibn
Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn
Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini o
ʻrgandi.
Ba
ʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, F. 70 dan ortiq tilni
bilgan.
Olim 941 yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi.
Shunga qaramay ilm bilan shug
ʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar
sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi
Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga
erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim F.ni
o
ʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot
kechirishni ma
ʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning
Halabdagi hayoti sermahsul bo
ʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab
asarlarini yozdi. F. 949— 950 yillarda Misrda, so
ʻngra
Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini
o
ʻtkazadi. U Damashqsagi "Bob assagʻir" qabristoniga dafn
etilgan.
Mavjud ma
ʼlumotlarga qaraganda, F. 160 dan ortiq asar yozgan.
Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga
qaramay, mavjud risolalarining o
ʻziyoq uning bugok olim
ekanligidan dalolat beradi.
Farobiyning asosiy asarlari: "Falsafani o
ʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy
savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq bo
ʻlimining bir qismi", "Taliqot" (sharhlar), "Inson
a
ʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi",
"Hayvon a
ʼzolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga
kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxtsaodatga erishuv haqida",
"Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ihso alulum", "Hikmat ma
ʼnolari", "Aql toʻgʻrisida",
"Ilmlar va san
ʼatlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida soʻz", "Falak harakatining
doimiyligi haqida", "She
ʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz",
"Musiqa haqida so
ʻz", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari",
"Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi to
ʻgʻrisida" va
boshqa F. asarlari 20-asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada "Falsafiy risolalar", "Mantiqiy
risolalar", "Matematik risolalar", "Ijtimoiyaxloqiy risolalar", "Tadqiqotlar va tarjimalar" nomlari ostida rus
tilida nashr etilgan.
Farobiy ilk o
ʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi,
hunarmandchilik, irrigatsiya inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va
ma
ʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. 9—10-asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa,
Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yo
ʻlga qoʻyildi. Bu davr qaramaqarshilik va
adovatlardan xoli emas edi. F.ning falsafiy qarashlarida o
ʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, murakkab va
ziddiyatli jihatlari o
ʻz ifodasini topdi.
Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni
yangi g
ʻoyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy
g
ʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. F., shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy,
Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham mapjyiap yozganligi ma
ʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur,
Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor bo
ʻlgan hamda epikurchilar,
stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. F. o
ʻrta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini
yaratdi. U "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Ilmlarning tasnifi haqida" nomli risolalarida o
ʻsha davrda
ma
ʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson
organizmiga xos bo
ʻlgan tabiiy jarayonlarni oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. F. ilmlarni
quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, she
ʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni
o
ʻz ichiga oladi); 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika,
sofistika va boshqalarni o
ʻz ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika, geom., astronomiya, mexanika, optika,
sayyoralar, musiqa va og
ʻirlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar
haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).
Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi.
Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o
ʻrganishga qaratilgan edi. F.ga kura,
ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni o
ʻrganish va tasdiqlashdan, uni yolgʻondan farqlashdan iborat.
Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt o
ʻrganish asosida
to
ʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular
dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.
Farobiyning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar o
ʻz vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Mas,
matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aqlzakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika,
she
ʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy
tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi,
ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini o
ʻrgatadi. Xullas, F.ning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta
asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega bo
ʻldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun
qo
ʻllanma vazifasini oʻtadi.
Farobiyning ontologik qarashlari. Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin"
ta
ʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo boʻlishi
mumkin bo
ʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi sabab, birinchi
mohiyat, deb ta
ʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muxtoj emas. U yaratadi,
lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qaramaqarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar,
beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. "Vujudi mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud bo
ʻlgan va
yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. F. tabiat, ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va
zaruriyat bo
ʻyicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni
sababoqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga bo
ʻladi: xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon
jinslari, so
ʻng faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud,
ya
ʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, krlganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri
bilan sababiy bog
ʻlangan. Xudo, yaʼni "vujudi vojib" birinchi boʻlib aqgsh faolni yaratadi. Akl esa har bir
sayyoraga xos aklni yaratadi. Eng so
ʻnggi samoviy aql natijasida Yerdagi aqlruh va barcha moddiy jismlar,
ya
ʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot olami, inson
zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga o
ʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir.
Jismlarga harakat xos bo
ʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Shunday qilib, F.ning borliq haqidagi
ta
ʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Farobiyning gnoseologik qarashlari, ya
ʼni bilish haqidagi taʼlimoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida
o
ʻrinni egallaydi. Olimning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq toʻgʻrisida risolaga muqaddima", "Mantiqqa
kirish", "Akl to
ʻgʻrisida", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida taxlil qilib berilgan.
Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta
ʼkidlab, uning qobiliyati, tevarakatrofdagi narsa va
hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.
Farobiy o
ʻz asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing oʻzaro munosabati, mantiqiy
fikrlash to
ʻgʻrisidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya
boshqaradi, yurak esa barcha a
ʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markaz vazifasini
bajaradi. F. "Ilm va san
ʼatning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan
bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni
uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, akl, nutq va boshqa vosita hamda
usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va akliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib o
ʻtadi.
Hissiy bilishda sezgi a
ʼzolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu
bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim bo
ʻlmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa
buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi.
Farobiy aqlni, bir tomondan, ruhiy quvvat, ya
ʼni tugʻma, 2tomondan, taʼlimtarbiyaning mahsuli ekanligini
ta
ʼkidlaydi. F. davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatda, axloq va xulqodob
qoidalariga rioya qilishda, ta
ʼlimtarbiyada akl hukmidan kelib chiqqan holda harakat qilish kerak, deb
hisoblaydi. F.ning qimmatli fikrlaridan biri uning dunyoviy ruh va dunyoviy aql, ularning barhayotligi
haqidagi ta
ʼlimotning talqinidir. Mutafakkirning nazarida kishining ruhi va aqli oʻlganidan keyin yoʻq boʻlib
ketmaydi, balki dunyoviy ruh va akl bilan qo
ʻshiladi. Demak, odamning ruhi va akli abadiylikka ketadi. Lekin
ular hech vaqt qaytib kelmaydi va namoyon bo
ʻlmaydi. Ular tanani tashlab ketgandan soʻng bir butunlikni
tashkil etadi, akl va ruh yashash davomida orttirgan barcha ma
ʼnaviy boylik toʻplanib barhayot dunyoviy ruh
va aklni tashkil etadi. Mutafakkirning bu ta
ʼlimotida dunyoning abadiyligi, inson zotining oʻlmasligi, inson
bilimlari va aqlining uzluksizligi, insoniyat ma
ʼnaviy madaniyatining taraqqiyoti haqidagi purmaʼno gʻoyalar
mavjud. Uning talqinida akliy bilish koinot akli yordamida haqiqiy ilmga aylanadi. F. bilishning ratsional
usulini asoslagan buyuk mutafakkirdir. U falsafiy taraqqiyotda, kuzatuv, bahsmunozara, bilish usullari, hissiy
mushohada to
ʻgʻrisida oʻz davri uchun eʼtiborga molik fikrlarni ilgari surdi.
Olim mantiq ilmiga bag
ʻishlangan bir necha risolalarning muallifidir. "Mantiq ilmiga kirish", "Mantiq
to
ʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Sheʼriyat sanʼati qonunlari haqida risola", "Kataguriyas" kitobi yoki
"Kategoriyalar", "Eysagoge" kitobi yoki "Kirish" va boshqa shular jumlasiga kiradi. F. mantiq ilmining
mohiyati va vazifasi haqida "Mantiq to
ʻgʻrisidagi risolaga muqaddima" asarida shunday deydi: "Bu shunday
bir san
ʼatki, u har doim odam notiklikda adashib qoladigan boʻlsa, toʻgʻri fikrlashga olib keluvchi va aql
yordamida biror bir xulosa qilinadigan bo
ʻlsa, xatolarning oldini oluvchi narsalarni oʻz ichiga oladi. Uning
aklga nisbatan munosabati grammatika san
ʼatining tilga nisbatan munosabati kabidir. Grammatika odamlar
nutqini to
ʻgʻrilagani kabi, u shuning uchun ham vujudga kelgan, mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin
bo
ʻlgan joyda tafakkurni toʻgʻri yoʻldan olib borish uchun aklni toʻgʻrilab turadi".
Farobiy mantiq ilmining shakllari: tushuncha, muhokama, xulosa, isbot va boshqalarni tahlil qiladi. U
induksiya, deduksiya va sillogizm (qiyoslash) haqida batafsil ma
ʼlumot beradi. Olim oʻzining "Mantiq ilmiga
kirish" asarida esa hech qanday dalilisbotsiz bilinadigan fikrlarni 4 ga taqsimlaydi: maqbulot (ya
ʼni maqbul
bo
ʻlgan fikrlar); mashhurot (yaʼni, mashhur boʻlgan); mahsulot (yaʼni sezish va idrok natijasida boʻlgan);
boshlang
ʻich maʼqulot (yaʼni bilimtushunchalar). F. ularning har birini mufassal tasvirlaydi. Olim mantiq ilmi
va uning maqsad hamda vazifalari, voqelikni bilishdagi o
ʻrnini aniq koʻrsatib bera olgan. F.ning mantiq ilmi
haqidagi qarashlari xrzir ham ahamiyatini yo
ʻqotgani yoʻq, ular oliy oʻquv yurtlarida qoʻllanma vazifasini
o
ʻtamoqda.
Farobiy dunyoqarashida ijtimoiysiyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim o
ʻrinni egallaydi. Allomaning
"Baxtsaodatga erishuv haqida", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxtsaodatga erishuv yo
ʻllari haqida
risola", "Buyuk kishilarning naqllari", "Musiqa haqida katta kitob", "Fuqarolik siyosati" va boshqa asarlari
jamiyat va uni boshqarish, axloqodob va ta
ʼlimtarbiya masalalariga bagʻishlangan.
Farobiy Yaqin va O
ʻrta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi boʻlib, jamiyatning kelib chiqishi,
uning maqsad va vazifalari haqidagi ta
ʼlimotni ishlab chikdi. Oʻrta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib
chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini
asoslab berdi. "Har bir inson, — deydi F., — o
ʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi
yetuklikka erishmoq uchun ko
ʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi,
ularga ega bo
ʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi... Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun
holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo
ʻlgan narsalarni yetkazib beradi.
Shuning uchun insonlar ko
ʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi
vujudga keldi". Shaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa bo
ʻlib uyushishining oliy shakli boʻlib, unda
insoniy barkamol bo
ʻlib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar boʻladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida oʻzaro
birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida ta
ʼkidlaydi.
Farobiy ulug
ʻ gumanist, insonparvar faylasuf sifatida inson qadrqimmatini kamsituvchi va oʻzga mamlakatlarni
bosib olishga asoslangan jamiyatga qarshi chiqadi. Mutafakkir odamlarni tinchtotuv va o
ʻzaro hamkorlikda
yashashga, insonparvar bo
ʻlishga daʼvat etadi. "Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlangʻich asos
insoniylikdir, shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun o
ʻzaro tinchlikda yashamoklari
lozim", — deydi mutafakkir.
Farobiyning e
ʼtiborga sazovor fikrlaridan biri jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning oʻrni masalasidir.
Uning o
ʻylashicha, kishilarning muayyan qududda yashashi ularning turmush tarzi, urfodatlari, axloqi,
xulqodobiga ta
ʼsir koʻrsatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi. U mukammal jamiyat toʻgʻrisidagi
ta
ʼlimotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga eʼtiqod qilishiga, irqiga qarab
emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilmfanga qiziqishini inobatga oladi. F. din inson kamolotiga, ma
ʼrifatga
xizmat qilishi lozim, degan fikr tarafdori edi. Olimning dunyoqarashi diniy xurofotdan xoli bo
ʻlib, din
erkinligiga asoslangan. U islom diniga, Qur
ʼonga katta hurmat bilan qaradi. Uni kishilarni xulqodobga
o
ʻrgatuvchi manba deb bildi. Ayni vaqtda undan oʻz garazli va shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi,
jaholatga undovchilarning fikriga qo
ʻshilmadi.
Farobiy shahardavlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxtsaodatga eltishi, uning boshlig
ʻi esa
adolatli, yuksak axloqli va ma
ʼrifatli, oʻzida butun ijobiy xislatlarni toʻplagan boʻlishi lozim. Pekin, shunday
shahar yoki mamlakatlar bo
ʻladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikrizikri boylik toʻplash boʻladi. F.
bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik to
ʻplashga ruju
qo
ʻygan boʻladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham, — deb taʼkidlaydi alloma, — rahbarlikni moldunyo
ko
ʻpaytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayukech moldunyo toʻplash harakatida boʻladi. Bunday
rahbarlarning qo
ʻl ostida boʻlgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini koʻrolmaslik,
bir-birini talash, dushmanlik, nizojanjallar paydo bo
ʻladi". F.ning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun
harakat qiluvchi, o
ʻzaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga
erishish maqsadida o
ʻzaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa boʻladi. F. fikriga koʻra,
davlatni idora etuvchi shaxs o
ʻzining fazilat va xulqodobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan
bo
ʻlishi; yaʼni adolatli va dono boʻlishi, boshqalarga gʻamxoʻrlik qilishi, qonunlarga toʻla rioya etishi va
qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan ko
ʻra bilishi kerak. F.ning talqinicha, fozil shaharlar yuqori
madaniyatli bo
ʻladi. Unda yashaydigan xalq oʻzi istagan kasbhunarni egallaydi. Bunday jamiyatda toʻla
erkinlik va teng huquklik hukm suradi. F.ning fozil jamoa haqidagi ta
ʼlimoti uning axloqiy kamolot va
baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik g
ʻoyalari bilan chambarchas bogʻliqdir. U oʻzining ijtimoiyfalsafiy,
siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o
ʻrganishni, axloqiy kamolot va
baxtsaodatga erishuv yo
ʻllarini koʻrsatishni qoʻyadi. Axloqiy kamolot deganda, xayrehsonli ishlar, goʻzal
insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalakit beruvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik,
bilimsizlik, ongsizlik, kasbhunarsizlikni kiritadi. F. akl, ilm va ma
ʼrifatni baxtsaodatga erishishning asosiy
vositasi deb bildi.
Farobiy inson fazilatlarini tug
ʻma va yashash jarayonida paydo boʻladigan fazilatlarga boʻladi. Olimning
fikricha, tug
ʻma fazilatlarga insonning oʻta oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatsizliligi kiradi.
Lekin tug
ʻma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi.
Tug
ʻma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va toʻgʻri yoʻlga solib
turilmasa, uning qobiliyati tezda so
ʻnib qolishi mumkin. Tugʻma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Baʼzi
kishilar tug
ʻma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.
Farobiy musiqani inson tarbiyasiga ta
ʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik
zavq bag
ʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa
haqida katta kitob" nomli ko
ʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va
ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida ma
ʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos
soldi. Yuqoridagi asarida o
ʻtmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa
qo
ʻshganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi.
Rivoyatlarda keltirilishicha, F. yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom
chiqargan. F.ning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang
holida sezgi quvvatlariga ta
ʼsir qiladi.
Farobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to
ʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va
keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega bo
ʻldi. Uning
qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. O
ʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi
Usabi
ʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa
Forobiyning ta
ʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va
shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Dovoniy F.ning ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va
axloqiy ta
ʼlimotidan bahramand boʻlganlar.
Farobiy ilgari surgan fikrlar 16—20-asr larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish
bilan o
ʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi
va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli ta
ʼsir koʻrsatdi.
Farobiyning ilmiy merosini o
ʻrganish 20-asrning 1yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra de Vo, R.
Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de
Erlanjer, I. Goldsiyer, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa Forobiyning ilmiy merosini o
ʻrganishga oʻz
hissalarini qo
ʻshdilar. Rus olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. Bertels, S.
N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish
borasida ko
ʻp ish qildilar. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, Usmon
Amin, M. Maxdi, Sayd Nafisiy, I. Madkur, Rajabi Tabriziy, Mexrdod, A, Atesh, Oydin, Umar Farrux,
Saidhusayn Nosir, Mahmud Abbos, Turker va boshqa Forobiyning hayoti va ijodi bilan qiziqdilar. Qozoq
olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus
tilida chop etib, ijtimoiyfalsafiy, mantiqiy va axloqiy qarashlarini tahlil qildilar. F.ning boy ilmiy merosini
o
ʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov,
V. Y. Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. Kaziberdov, A. Irisov va boshqa
allomaning hayoti, ijodi va falsafiy qarashlari haqida i.t. olib bordilar. M. M. Xayrullayev sobiq Sho
ʻrolar
davrida birinchi bulib I. M. Mo
ʻminov rahbarligida 1966 yil Forobiyning falsafiy merosi hamda
dunyoqarashiga bag
ʻishlangan drlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos
soldi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari o
ʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy
merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy o
ʻquv yurtlari, maktab va
kutubxonalar, ko
ʻchalar uning nomi bilan ataladi.
[1]
1. O
ʻzME
Risolalar, T., 1975;
Filosofskiye traktati, AlmaAta, 1972;
Fozil odamlar shahri, T., 1993.
Al Farabi. Nauchnoye naslediye. Sbornik, M., 1975;
Alikulov X. A., Eticheskiye vozzreniya misliteley Sredney Azii i Xorasana, T., 1992;
Grigoryan S. N., Srednevekovaya filosofiya narodov Blijnego i Srednego Vostoka, M., 1966;
Iz filosofskogo naslediya narodov Blijnego i Srednego Vostoka, T., 1972;
Jumaboyev Y ., O
ʻzbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997;
Ma
ʼnaviyat yulduzlari, T., 1999.
Mo
ʻminov I. M., Oʻzbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar. T.,
1999;
O
ʻzbekistonda ijtimoiyfalsafiy fikrlar tarixidan, T., 1995;
Sotsialnoutopicheskiye idei v Sredney Azii, T., 1983;
Xayrullayev M. M., Abu Nasr Forobiy, T., 1966;
Xayrullayev M. M., Farabi. Epoxa i ucheniye, T., 1975;
Xayrullayev M. M., Forobiy va uning falsafiy risolalari, T., 1963;
Xayrullayev M. M., Mirovozreniye Farabi i yego znacheniye v istorii filosofii, T., 1967;
Xayrullayev M. M., O
ʻrta Osiyoda ilk uygonish davri madaniyati, T., 1994;
Xayrullayev M. M., Uyg
ʻonish davri va Shark mutafakkiri, T., 1971;
Do'stlaringiz bilan baham: |