ﺪﻤﺤﻣ ﺮﺼﻧ ﻮﺑأ (Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ʻ Tarxon Forobiy; Forobiy) Tug



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi2,1 Mb.
#82780
  1   2
Bog'liq
Forobiy



ﻲﺑارﺎﻔﻟا ﺪﻤﺤﻣ ﺮﺼﻧ ﻮﺑأ (Abu Nasr

Muhammad ibn Muhammad ibn

Uzlug

ʻ Tarxon Forobiy; Forobiy)



Tug

ʻilishi 10-yanvar 873-yil, Forob



Vafoti

taxminan 12-yanvar 951-yil 

(77 yoshda), Damashq

Qiziqishi

tibbiyot, alkimyo,

astronomiya, falsafa,

islomshunoslik, mantiq,

matematika, fizika, nazm,

teologiya



Ko

ʻrsatgan



ta

ʼsirlari

Al-Beruniy, Umar Xayyom,

al-G


ʻazzoliy, Averroes, Nosir

al-Din Tusiy, Ibn al-Nafis,

Averroizm, Sxolastitsizm,

Albertus Magnus, Duns

Scotus, Thomas Aquinas,

Buridan, Benedetti, Galileo,

Harvey

Olgan

ta

ʼsirlari

Arastu, Galen, Plotinus,

Aflotunchilik, Muhammad,

Vosil ibn Ota, al-Kindiy, Abu

Ali ibn Sino, al-Roziy, al-

Beruniy

Mashhur

fikrlari

faylasuf


Forobiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Forobiy  (taxallusi;  to

ʻliq  nomi  Abu  Nasr  Muhammad  ibn



Muhammad  ibn  Uzlug

ʻ  Tarxon  Forobiy)  (873,  Forob  shahri

— 950, Damashq) — O

ʻrta  Osiyoning  ulug  Turkiy  mutafakkiri

va  qomusiy  olimi.  Yunon  falsafasini  chuqur  bilgani,  unga

sharxlar  bitganligi  va  jahonga  targ

ʻib  qilgani  hamda

zamonasining  ilmlarini  puxta  o

ʻzlashtirib,  fanlar  rivojiga  ulkan

hissa qo


ʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim",

Aristoteldan  keyin),  "Sharq  Arastusi"  nomlariga  sazovor  bo

ʻldi.

F. Sirdaryo sohilidagi Forob (O



ʻtror) degan joyda turkiy qabilaga

mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. O

ʻsha davrda

Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi.

Bo

ʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng ,



o

ʻqishini  Toshkent,  Samarkand  va  Buxoroda  davom  ettirdi.  F.

ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag

ʻdodga yoʻl oladi.

Olim  yo

ʻlyoʻlakay  Eronning  yirik  shaharlari  Ray,  Hamadon,

Isfahon  va  boshqa  joylarda  bo

ʻladi.  Bagʻdodda  Yaqin  va  Oʻrta

Sharq  mamlakatlaridan  kelgan  talaba  va  olimlar  to

ʻplangan  edi.

Bu yerda ko

ʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon

falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib,

ulardan  ilm  sirlarini  o

ʻrgandi.  Mas,  Abu  Bashar  Matta  ibn

Yunusdan  (870—940)  yunon  tili  va  falsafasini,  Yuhanna  ibn

Hiylondan  (860—920)  esa  tibbiyot  va  mantiq  ilmini  o

ʻrgandi.


Ba

ʼzi  tarixiy  manbalarda  keltirilishicha,  F.  70  dan  ortiq  tilni

bilgan.

Olim 941 yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi.

Shunga qaramay ilm bilan shug

ʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar

sohasida  tadqiqot  ishlari  olib  boradi.  U  Aleppo  (Halab)  hokimi

Hamdamid  (hukmronlik  yillari  943—967)  iltifoti  va  hurmatiga

erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim F.ni

o

ʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot



kechirishni  ma

ʼqul  koʻradi.  Shunga  qaramasdan,  allomaning

Halabdagi  hayoti  sermahsul  bo

ʻldi,  bu  yerda  oʻzining  koʻplab

asarlarini  yozdi.  F.  949—  950  yillarda  Misrda,  so

ʻngra


Damashqda  yashaydi  va  shu  yerda  umrining  oxirgi  kunlarini

o

ʻtkazadi.  U  Damashqsagi  "Bob  assagʻir"  qabristoniga  dafn



etilgan.

Mavjud ma

ʼlumotlarga qaraganda, F. 160 dan ortiq asar yozgan.

Lekin  ularning  aksariyati  bizgacha  yetib  kelmagan.  Shunga

qaramay,  mavjud  risolalarining  o

ʻziyoq  uning  bugok  olim

ekanligidan dalolat beradi.



Farobiyning  asosiy  asarlari:  "Falsafani  o

ʻrganishdan  oldin  nimani  bilish  kerakligi  toʻgʻrisida",  "Falsafiy

savollar  va  ularga  javoblar",  "Ensiklopediyadan  mantiq  bo

ʻlimining  bir  qismi",  "Taliqot"  (sharhlar),  "Inson

a

ʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi",



"Hayvon  a

ʼzolari,  funksiyasi  va  potensiyasi",  "Mantiq  toʻgʻrisidagi  risolaga  muqaddima",  "Mantiq  ilmiga

kirish",  "Ilmlarning  kelib  chiqishi  haqida",  "Musiqa  haqida  katta  kitob",  "Baxtsaodatga  erishuv  haqida",

"Masalalar  mohiyati",  "Buyuk  kishilarning  naqllari",  "Ihso  alulum",  "Hikmat  ma

ʼnolari",  "Aql  toʻgʻrisida",

"Ilmlar  va  san

ʼatlar  fazilati",  "Qonunlar  haqida  kitob",  "Substansiya  haqida  soʻz",  "Falak  harakatining

doimiyligi haqida", "She

ʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz",

"Musiqa  haqida  so

ʻz",  "Fizika  usullari  haqida  kitob",  "Fazilatli  xulqlar",  "Fozil  shahar  aholisining  fikrlari",

"Jismlar  va  aksidensiyalarning  ibtidosi  haqida",  "Aristotel  "Metafizika"  kitobining  maqsadi  to

ʻgʻrisida"  va

boshqa  F.  asarlari  20-asrning  70—80-yillarida  Toshkent  va  Olmaotada  "Falsafiy  risolalar",  "Mantiqiy

risolalar",  "Matematik  risolalar",  "Ijtimoiyaxloqiy  risolalar",  "Tadqiqotlar  va  tarjimalar"  nomlari  ostida  rus

tilida nashr etilgan.

Farobiy  ilk  o

ʻrta  asrda,  Sharq  Uygʻonish  davrida  ijod  etdi.  Bu  davr  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  oʻsishi,

hunarmandchilik,  irrigatsiya  inshootlarining  yuksalishi,  yangi  shaharlarning  bunyod  etilishi,  madaniy  va

ma

ʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. 9—10-asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa,



Hindiston,  Xitoy,  Vizantiya,  Afrika  mamlakatlari  bilan  aloqa  yo

ʻlga  qoʻyildi.  Bu  davr  qaramaqarshilik  va

adovatlardan xoli emas edi. F.ning falsafiy qarashlarida o

ʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, murakkab va

ziddiyatli jihatlari o

ʻz ifodasini topdi.

Olimning  ilmfan  oldidagi  xizmatlaridan  biri  uning  yunon  mutafakkirlari  asarlarini  sharxlaganligi  va  ularni

yangi g


ʻoyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy

g

ʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. F., shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy,



Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham mapjyiap yozganligi ma

ʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur,

Anaksagor,  Diogen,  Xrisipp,  Aristipp,  Suqrot,  Zenon  asarlaridan  xabardor  bo

ʻlgan  hamda  epikurchilar,

stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. F. o

ʻrta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini

yaratdi.  U  "Ilmlarning  kelib  chiqishi  haqida",  "Ilmlarning  tasnifi  haqida"  nomli  risolalarida  o

ʻsha  davrda

ma

ʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson



organizmiga  xos  bo

ʻlgan  tabiiy  jarayonlarni  oʻrganuvchi  ilm  sohalarini  birinchi  oʻringa  qoʻydi.  F.  ilmlarni

quyidagicha  tasniflaydi:  1)  til  haqidagi  ilm  (grammatika,  orfografiya,  she

ʼriyat,  toʻgʻri  yozuv  va  boshqalarni

o

ʻz ichiga oladi); 2) mantiq (8 boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika, dialektika,



sofistika  va  boshqalarni  o

ʻz  ichiga  oladi);  3)  mat.  (arifmetika,  geom.,  astronomiya,  mexanika,  optika,

sayyoralar, musiqa va og

ʻirlik haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5) shahar

haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom kiradi).

Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi.

Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o

ʻrganishga qaratilgan edi. F.ga kura,

ilmlarning  tasnifidan  maqsad  haqiqatni  o

ʻrganish  va  tasdiqlashdan,  uni  yolgʻondan  farqlashdan  iborat.

Olimning  fikricha,  fanlar  va  umuman  bilimlar  borliqdan  kelib  chiqib,  borliqni  uzoq  vaqt  o

ʻrganish  asosida

to

ʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular



dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.

Farobiyning  fanlar  tasnifida  tabiiy  va  ijtimoiy  fanlar  o

ʻz  vazifasiga  koʻra  bir-biridan  farq  qiladi.  Mas,

matematika,  tabiatshunoslik  va  metafizika  ilmlari  inson  aqlzakovatini  boyitishga  xizmat  qiladi,  grammatika,

she

ʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy



tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi,

ijtimoiy  hayotning  qonun  va  qoidalarini  o

ʻrgatadi.  Xullas,  F.ning  ilmlar  tasnifi  toʻgʻrisidagi  maʼlumoti  oʻrta

asrda  turli  fanlarning  rivojida  muhim  ahamiyatga  ega  bo

ʻldi,  keyingi  davrlarda  yashagan  olimlar  uchun

qo

ʻllanma vazifasini oʻtadi.




Farobiyning  ontologik  qarashlari.  Mutafakkir  borliq  muammosini  "vujudi  vojib"  va  "vujudi  mumkin"

ta

ʼlimotidan  kelib  chiqqan  holda  tushuntiradi.  Uningcha,  "vujudi  vojib"  barcha  mavjud  yoki  paydo  boʻlishi



mumkin  bo

ʻlgan  narsa,  jism  va  moddalarning  birinchi  sababchisidir.  F.  xudoga  birinchi  sabab,  birinchi

mohiyat,  deb  ta

ʼrif  beradi.  Xudo  birinchi  sabab  sifatida  boshqa  sabab  va  turtkiga  muxtoj  emas.  U  yaratadi,

lekin  boshka  narsalar  tomonidan  yaratilmaydi.  Allohning  zotiga  qaramaqarshilik,  ziddiyat,  turli  nuqsonlar,

beqarorlik  va  boshqa  jarayonlar  xos  emas.  "Vujudi  mumkin"  esa  barcha  yaratilgan,  mavjud  bo

ʻlgan  va

yaratilajak  narsa  va  ashyolarni  anglatadi.  F.  tabiat,  ashyo  va  jismlar  turli  shakllari  muayyan  izchillik  va

zaruriyat bo

ʻyicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni

sababoqibat  nuqtai  nazaridan  6  daraja  (sabab)ga  bo

ʻladi: xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon

jinslari,  so

ʻng faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud,

ya

ʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, krlganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri



bilan  sababiy  bog

ʻlangan.  Xudo,  yaʼni  "vujudi  vojib"  birinchi  boʻlib  aqgsh  faolni  yaratadi.  Akl  esa  har  bir

sayyoraga  xos  aklni  yaratadi.  Eng  so

ʻnggi  samoviy  aql  natijasida  Yerdagi  aqlruh  va  barcha  moddiy  jismlar,

ya

ʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot olami, inson



zoti  va  notirik  tabiat  vujudga  keladi.  Organik  olamga  o

ʻsimlik  ruhi,  hayvoniy  ruh  va  insoniy  ruh  xosdir.

Jismlarga  harakat  xos  bo

ʻlib,  ular  oʻzaro  bir-biri  bilan  bogʻlangan.  Shunday  qilib,  F.ning  borliq  haqidagi

ta

ʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.



Farobiyning  gnoseologik  qarashlari,  ya

ʼni bilish haqidagi taʼlimoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida

o

ʻrinni  egallaydi.  Olimning  bu  boradagi  fikrlari  uning  "Mantiq  toʻgʻrisida  risolaga  muqaddima",  "Mantiqqa



kirish",  "Akl  to

ʻgʻrisida",  "Falsafaning  maʼnosi  va  kelib  chiqishi"  va  boshqa  asarlarida  taxlil  qilib  berilgan.

Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta

ʼkidlab, uning qobiliyati, tevarakatrofdagi narsa va

hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.

Farobiy  o

ʻz  asarlarida  bilish  shakllari,  insonning  ruhiy  holati,  jon  va  tananing  oʻzaro  munosabati,  mantiqiy

fikrlash  to

ʻgʻrisidagi  mulohazalarini  bildiradi.  Uning  aytishicha,  insonning  bilish,  ruhiy  qobiliyatlarini  miya

boshqaradi,  yurak  esa  barcha  a

ʼzolarni  hayot  uchun  zarur  boʻlgan  qon  bilan  taʼminlovchi  markaz  vazifasini

bajaradi. F. "Ilm va san

ʼatning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan

bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni

uqtiradi.  Inson  voqelikni  idrok,  sezgi,  xotira,  tasavvur,  mantiqiy  tafakkur,  akl,  nutq  va  boshqa  vosita  hamda

usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va akliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib o

ʻtadi.

Hissiy bilishda sezgi a



ʼzolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu

bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim bo

ʻlmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa

buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi.

Farobiy  aqlni,  bir  tomondan,  ruhiy  quvvat,  ya

ʼni  tugʻma,  2tomondan,  taʼlimtarbiyaning  mahsuli  ekanligini

ta

ʼkidlaydi. F. davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatda, axloq va xulqodob



qoidalariga  rioya  qilishda,  ta

ʼlimtarbiyada  akl  hukmidan  kelib  chiqqan  holda  harakat  qilish  kerak,  deb

hisoblaydi.  F.ning  qimmatli  fikrlaridan  biri  uning  dunyoviy  ruh  va  dunyoviy  aql,  ularning  barhayotligi

haqidagi ta

ʼlimotning talqinidir. Mutafakkirning nazarida kishining ruhi va aqli oʻlganidan keyin yoʻq boʻlib

ketmaydi, balki dunyoviy ruh va akl bilan qo

ʻshiladi. Demak, odamning ruhi va akli abadiylikka ketadi. Lekin

ular  hech  vaqt  qaytib  kelmaydi  va  namoyon  bo

ʻlmaydi.  Ular  tanani  tashlab  ketgandan  soʻng  bir  butunlikni

tashkil etadi, akl va ruh yashash davomida orttirgan barcha ma

ʼnaviy boylik toʻplanib barhayot dunyoviy ruh

va  aklni  tashkil  etadi.  Mutafakkirning  bu  ta

ʼlimotida  dunyoning  abadiyligi,  inson  zotining  oʻlmasligi,  inson

bilimlari va aqlining uzluksizligi, insoniyat ma

ʼnaviy madaniyatining taraqqiyoti haqidagi purmaʼno gʻoyalar

mavjud.  Uning  talqinida  akliy  bilish  koinot  akli  yordamida  haqiqiy  ilmga  aylanadi.  F.  bilishning  ratsional

usulini asoslagan buyuk mutafakkirdir. U falsafiy taraqqiyotda, kuzatuv, bahsmunozara, bilish usullari, hissiy

mushohada to

ʻgʻrisida oʻz davri uchun eʼtiborga molik fikrlarni ilgari surdi.

Olim  mantiq  ilmiga  bag

ʻishlangan  bir  necha  risolalarning  muallifidir.  "Mantiq  ilmiga  kirish",  "Mantiq

to

ʻgʻrisidagi  risolaga  muqaddima",  "Sheʼriyat  sanʼati  qonunlari  haqida  risola",  "Kataguriyas"  kitobi  yoki



"Kategoriyalar",  "Eysagoge"  kitobi  yoki  "Kirish"  va  boshqa  shular  jumlasiga  kiradi.  F.  mantiq  ilmining

mohiyati va vazifasi haqida "Mantiq to

ʻgʻrisidagi risolaga muqaddima" asarida shunday deydi: "Bu shunday



bir  san

ʼatki,  u  har  doim  odam  notiklikda  adashib  qoladigan  boʻlsa,  toʻgʻri  fikrlashga  olib  keluvchi  va  aql

yordamida  biror  bir  xulosa  qilinadigan  bo

ʻlsa,  xatolarning  oldini  oluvchi  narsalarni  oʻz  ichiga  oladi.  Uning

aklga  nisbatan  munosabati  grammatika  san

ʼatining  tilga  nisbatan  munosabati  kabidir.  Grammatika  odamlar

nutqini to

ʻgʻrilagani kabi, u shuning uchun ham vujudga kelgan, mantiq ilmi ham xato kelib chiqishi mumkin

bo

ʻlgan joyda tafakkurni toʻgʻri yoʻldan olib borish uchun aklni toʻgʻrilab turadi".



Farobiy  mantiq  ilmining  shakllari:  tushuncha,  muhokama,  xulosa,  isbot  va  boshqalarni  tahlil  qiladi.  U

induksiya, deduksiya va sillogizm (qiyoslash) haqida batafsil ma

ʼlumot beradi. Olim oʻzining "Mantiq ilmiga

kirish"  asarida  esa  hech  qanday  dalilisbotsiz  bilinadigan  fikrlarni  4  ga  taqsimlaydi:  maqbulot  (ya

ʼni  maqbul

bo

ʻlgan  fikrlar);  mashhurot  (yaʼni,  mashhur  boʻlgan);  mahsulot  (yaʼni  sezish  va  idrok  natijasida  boʻlgan);



boshlang

ʻich maʼqulot (yaʼni bilimtushunchalar). F. ularning har birini mufassal tasvirlaydi. Olim mantiq ilmi

va uning maqsad hamda vazifalari, voqelikni bilishdagi o

ʻrnini aniq koʻrsatib bera olgan. F.ning mantiq ilmi

haqidagi  qarashlari  xrzir  ham  ahamiyatini  yo

ʻqotgani  yoʻq,  ular  oliy  oʻquv  yurtlarida  qoʻllanma  vazifasini

o

ʻtamoqda.



Farobiy  dunyoqarashida  ijtimoiysiyosiy  va  axloqiy  fikrlar  ham  muhim  o

ʻrinni  egallaydi.  Allomaning

"Baxtsaodatga  erishuv  haqida",  "Fozil  shahar  aholisining  fikrlari",  "Baxtsaodatga  erishuv  yo

ʻllari  haqida

risola",  "Buyuk  kishilarning  naqllari",  "Musiqa  haqida  katta  kitob",  "Fuqarolik  siyosati"  va  boshqa  asarlari

jamiyat va uni boshqarish, axloqodob va ta

ʼlimtarbiya masalalariga bagʻishlangan.

Farobiy  Yaqin  va  O

ʻrta  Sharq  mamlakatlari  faylasuflari  orasida  birinchi  boʻlib,  jamiyatning  kelib  chiqishi,

uning maqsad va vazifalari haqidagi ta

ʼlimotni ishlab chikdi. Oʻrta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib

chiqqanligini,  inson  faqat  boshqalar  yordamida  hayot  qiyinchiliklariga  qarshi  kurasha  olishi  mumkinligini

asoslab berdi. "Har bir inson, — deydi F., — o

ʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi

yetuklikka erishmoq uchun ko

ʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi,

ularga ega bo

ʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi... Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun

holda  ularning  har  biriga  yashash  va  yetuklikka  erishuv  uchun  zarur  bo

ʻlgan  narsalarni  yetkazib  beradi.

Shuning uchun insonlar ko

ʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi

vujudga  keldi".  Shaharlar,  uning  fikricha,  insonlarning  jamoa  bo

ʻlib  uyushishining  oliy  shakli  boʻlib,  unda

insoniy barkamol bo

ʻlib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar boʻladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida oʻzaro

birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida ta

ʼkidlaydi.

Farobiy ulug

ʻ gumanist, insonparvar faylasuf sifatida inson qadrqimmatini kamsituvchi va oʻzga mamlakatlarni

bosib  olishga  asoslangan  jamiyatga  qarshi  chiqadi.  Mutafakkir  odamlarni  tinchtotuv  va  o

ʻzaro  hamkorlikda

yashashga,  insonparvar  bo

ʻlishga  daʼvat  etadi.  "Odamlarga  nisbatan  ularni  birlashtiruvchi  boshlangʻich  asos

insoniylikdir, shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun o

ʻzaro tinchlikda yashamoklari

lozim", — deydi mutafakkir.

Farobiyning  e

ʼtiborga  sazovor  fikrlaridan  biri  jamiyat  taraqqiyotida  geografik  muhitning  oʻrni  masalasidir.

Uning  o


ʻylashicha,  kishilarning  muayyan  qududda  yashashi  ularning  turmush  tarzi,  urfodatlari,  axloqi,

xulqodobiga  ta

ʼsir  koʻrsatadi,  jamoaga  birlashuviga  yordam  beradi.  U  mukammal  jamiyat  toʻgʻrisidagi

ta

ʼlimotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga eʼtiqod qilishiga, irqiga qarab



emas,  balki  aqliy  qobiliyati,  bilimi,  ilmfanga  qiziqishini  inobatga  oladi.  F.  din  inson  kamolotiga,  ma

ʼrifatga


xizmat  qilishi  lozim,  degan  fikr  tarafdori  edi.  Olimning  dunyoqarashi  diniy  xurofotdan  xoli  bo

ʻlib,  din

erkinligiga  asoslangan.  U  islom  diniga,  Qur

ʼonga  katta  hurmat  bilan  qaradi.  Uni  kishilarni  xulqodobga

o

ʻrgatuvchi  manba  deb  bildi.  Ayni  vaqtda  undan  oʻz  garazli  va  shaxsiy  manfaatlari  yoʻlida  foydalanuvchi,



jaholatga undovchilarning fikriga qo

ʻshilmadi.

Farobiy shahardavlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxtsaodatga eltishi, uning boshlig

ʻi esa


adolatli, yuksak axloqli va ma

ʼrifatli, oʻzida butun ijobiy xislatlarni toʻplagan boʻlishi lozim. Pekin, shunday

shahar yoki mamlakatlar bo

ʻladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikrizikri boylik toʻplash boʻladi. F.

bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik to

ʻplashga ruju

qo

ʻygan  boʻladi.  "Ulardan  chiqqan  rahbar  ham,  —  deb  taʼkidlaydi  alloma,  —  rahbarlikni  moldunyo




ko

ʻpaytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayukech moldunyo toʻplash harakatida boʻladi. Bunday

rahbarlarning qo

ʻl ostida boʻlgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini koʻrolmaslik,

bir-birini  talash,  dushmanlik,  nizojanjallar  paydo  bo

ʻladi".  F.ning  yozishicha,  haqiqiy  baxtga  erishish  uchun

harakat  qiluvchi,  o

ʻzaro  yordam  qiluvchi,  xalqini  birlashtirgan  shahar  —  fozil  shahar  hisoblanadi.  Baxtga

erishish  maqsadida  o

ʻzaro  yordam  bergan  va  birlashgan  kishilar  fazilatli  jamoa  boʻladi.  F.  fikriga  koʻra,

davlatni idora etuvchi shaxs o

ʻzining fazilat va xulqodobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan

bo

ʻlishi;  yaʼni  adolatli  va  dono  boʻlishi,  boshqalarga  gʻamxoʻrlik  qilishi,  qonunlarga  toʻla  rioya  etishi  va



qonunlarni  yarata  olishi,  kelgusini  oldindan  ko

ʻra  bilishi  kerak.  F.ning  talqinicha,  fozil  shaharlar  yuqori

madaniyatli  bo

ʻladi.  Unda  yashaydigan  xalq  oʻzi  istagan  kasbhunarni  egallaydi.  Bunday  jamiyatda  toʻla

erkinlik  va  teng  huquklik  hukm  suradi.  F.ning  fozil  jamoa  haqidagi  ta

ʼlimoti  uning  axloqiy  kamolot  va

baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik g

ʻoyalari bilan chambarchas bogʻliqdir. U oʻzining ijtimoiyfalsafiy,

siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o

ʻrganishni, axloqiy kamolot va

baxtsaodatga  erishuv  yo

ʻllarini  koʻrsatishni  qoʻyadi.  Axloqiy  kamolot  deganda,  xayrehsonli  ishlar,  goʻzal

insoniy  fazilatlarni  tushunadi.  Axloqiy  kamolotga  xalakit  beruvchi  salbiy  xislatlarga  dangasalik,  bekorchilik,

bilimsizlik,  ongsizlik,  kasbhunarsizlikni  kiritadi.  F.  akl,  ilm  va  ma

ʼrifatni  baxtsaodatga  erishishning  asosiy

vositasi deb bildi.

Farobiy  inson  fazilatlarini  tug

ʻma  va  yashash  jarayonida  paydo  boʻladigan  fazilatlarga  boʻladi.  Olimning

fikricha, tug

ʻma fazilatlarga insonning oʻta oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatsizliligi kiradi.

Lekin tug

ʻma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi.

Tug

ʻma  fazilatli  odamlar  ham  tarbiyaga  muhtoj.  Agar  unday  odamni  tarbiyalab  va  toʻgʻri  yoʻlga  solib



turilmasa,  uning  qobiliyati  tezda  so

ʻnib  qolishi  mumkin.  Tugʻma  qobiliyat  ham  nisbiy  tushunchadir.  Baʼzi

kishilar tug

ʻma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.

Farobiy musiqani inson tarbiyasiga ta

ʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik

zavq bag

ʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa

haqida  katta  kitob"  nomli  ko

ʻp  jildli  asarida  musiqa  nazariyasi  va  tarixi,  turli  musiqa  asboblari,  kuylar  va

ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida ma

ʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos

soldi.  Yuqoridagi  asarida  o

ʻtmishdagi  musiqashunos  va  tadqiqotchilar  musiqa  taraqqiyotiga  katta  hissa

qo

ʻshganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi.



Rivoyatlarda  keltirilishicha,  F.  yangi  musiqa  asbobi  yaratgan,  kuy  bastalagan,  mohir  sozanda  sifatida  nom

chiqargan.  F.ning  aytishicha,  musiqiy  tasavvurlar  inson  ruhining  eng  nozik  joyidan  qaynab  chiqib,  ohang

holida sezgi quvvatlariga ta

ʼsir qiladi.

Farobiyning  dunyoqarashi,  uning  jamiyat  va  axloq  to

ʻgʻrisida  yaratgan  yaxlit  taʼlimoti  ilk  oʻrta  asrlar  va

keyingi  davrlarda  ijtimoiyfalsafiy,  siyosiy  va  axloqiy  fikr  rivojida  muhim  ahamiyatga  ega  bo

ʻldi.  Uning

qarashlari  Sharq  mamlakatlariga  keng  yoyildi.  O

ʻrta  asr  mutafakkirlari  Ibn  Xallikon,  Ibn  alKiftiy,  Ibn  Abi

Usabi

ʼa,  Bayhaqiy,  Ibn  Sino,  Ibn  Boja,  Umar  Xayyom,  Beruniy,  Ibn  Rushd,  Ibn  Xaldun  va  boshqa



Forobiyning  ta

ʼlimotini  chuqur  oʻrganib,  uni  yangi  gʻoyalar  bilan  boyitganlar.  Buyuk  mutafakkir  va

shoirlardan  Alisher  Navoiy  va  Abdurahmon  Jomiy,  Jaloliddin  Dovoniy  F.ning  ijtimoiyfalsafiy,  siyosiy  va

axloqiy ta

ʼlimotidan bahramand boʻlganlar.

Farobiy ilgari surgan fikrlar 16—20-asr larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish

bilan o

ʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi

va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli ta

ʼsir koʻrsatdi.

Farobiyning  ilmiy  merosini  o

ʻrganish  20-asrning  1yarmida  boshlangan.  Yevropa  olimlari  Karra  de  Vo,  R.

Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de

Erlanjer, I. Goldsiyer, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa Forobiyning ilmiy merosini o

ʻrganishga oʻz

hissalarini qo

ʻshdilar. Rus olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. Bertels, S.

N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish

borasida ko

ʻp ish qildilar. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, Usmon

Amin,  M.  Maxdi,  Sayd  Nafisiy,  I.  Madkur,  Rajabi  Tabriziy,  Mexrdod,  A,  Atesh,  Oydin,  Umar  Farrux,



Saidhusayn  Nosir,  Mahmud  Abbos,  Turker  va  boshqa  Forobiyning  hayoti  va  ijodi  bilan  qiziqdilar.  Qozoq

olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus

tilida  chop  etib,  ijtimoiyfalsafiy,  mantiqiy  va  axloqiy  qarashlarini  tahlil  qildilar.  F.ning  boy  ilmiy  merosini

o

ʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov,



V. Y. Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. Kaziberdov, A. Irisov va boshqa

allomaning  hayoti,  ijodi  va  falsafiy  qarashlari  haqida  i.t.  olib  bordilar.  M.  M.  Xayrullayev  sobiq  Sho

ʻrolar

davrida  birinchi  bulib  I.  M.  Mo



ʻminov  rahbarligida  1966  yil  Forobiyning  falsafiy  merosi  hamda

dunyoqarashiga  bag

ʻishlangan drlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos

soldi.


Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari o

ʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy

merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy o

ʻquv yurtlari, maktab va

kutubxonalar, ko

ʻchalar uning nomi bilan ataladi.

[1]

1. O


ʻzME

Risolalar, T., 1975;

Filosofskiye traktati, AlmaAta, 1972;

Fozil odamlar shahri, T., 1993.

Al Farabi. Nauchnoye naslediye. Sbornik, M., 1975;

Alikulov X. A., Eticheskiye vozzreniya misliteley Sredney Azii i Xorasana, T., 1992;

Grigoryan S. N., Srednevekovaya filosofiya narodov Blijnego i Srednego Vostoka, M., 1966;

Iz filosofskogo naslediya narodov Blijnego i Srednego Vostoka, T., 1972;

Jumaboyev Y ., O

ʻzbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997;

Ma

ʼnaviyat yulduzlari, T., 1999.



Mo

ʻminov I. M., Oʻzbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar. T.,

1999;

O

ʻzbekistonda ijtimoiyfalsafiy fikrlar tarixidan, T., 1995;



Sotsialnoutopicheskiye idei v Sredney Azii, T., 1983;

Xayrullayev M. M., Abu Nasr Forobiy, T., 1966;

Xayrullayev M. M., Farabi. Epoxa i ucheniye, T., 1975;

Xayrullayev M. M., Forobiy va uning falsafiy risolalari, T., 1963;

Xayrullayev M. M., Mirovozreniye Farabi i yego znacheniye v istorii filosofii, T., 1967;

Xayrullayev M. M., O

ʻrta Osiyoda ilk uygonish davri madaniyati, T., 1994;

Xayrullayev M. M., Uyg

ʻonish davri va Shark mutafakkiri, T., 1971;


Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish