Ўзбекистон республикаси



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/74
Sana03.01.2021
Hajmi0,87 Mb.
#54088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
matematika oqitish metodikasi



 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

XALQ TA’LIM VAZIRLIGI 

 

MUQIMIY NOMIDAGI 

QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI  

KAFEDRASI 

 

 



 

 

5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi  



III kurs talabalari uchun 

 

 

 

MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI 

 

fanidan  ma’ruza 

 

 

M A T N L A R I 

 

2- qism 

 

 



T u z u v ch i :   o’qituvchi                   Hudoyberganov.N                                                

 

 

 

 

 

 

Q O’ Q O N – 2 0 1 4 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

Matematika o‟qitish metodikasi fanidan tayyorlangan ushbu ma‟ruza matnlari 



5111700 – Boshlang‟ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish yo‟nalishi  

3- kurs talabalariga mo‟ljallangan. 

 

 

  



 

 

Muharrir: A.To‟raxo‟jayeva 



BTM kafedrasi katta o‟qituvchisi,  

filologiya fanlari nomzodi. 

 

 

Taqrizchi: H.Mamadaliyeva  



BTM kafedrasi katta o‟qituvchisi. 

 

 



 

 

 



Mazkur ma‟ruza matnlari QDPI boshlang‟ich ta‟lim metodikasi kafedrasining 

2014 yil 26 avgustdagi 

№1 yig‟ilishida chop etishga ruxsat etilgan. 

 

 



 

 

 

 

 



 

@ QDPI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 


 



 

1.  Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi 

Reja: 


1.  Nomerlashni o‟rganish metodikasining umumiy masalalari. 

2.  “O‟nlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi. 

3.  “Yuzlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi. 

4.  “Minglik” va “Ko‟p xonali sonlar” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish 

metodikasi. 

5.  Xulosa. 

Butun  nomanfiy  sonlarni  nomerlash  va  ular  ustida  arifmetik  amallar  bajarish 

boshlang‟ich  matematika  kursi  asosini  tashkil  qiladi.  Butun  nomanfiy  sonlar  ustida 

ishlash  boshlang‟ich  maktabda  4  yil  o‟qish  davomida  olib  boriladi.  Matematika 

dasturi  natural  sonlar  va  nolь  haqidagi  ma‟lumotlarni  o‟nlik,  yuzlik,  minglik,  ko‟p 

xonali  sonlar  konsentrlari  bo‟yicha  kiritishni  nazarda  tutadi.  Har  bir  konsentr  o‟z 

mazmuniga  ko‟ra  sistematik  arifmetika  kursining  asosiy  masalalarini  aks  ettiradi, 

shuning  uchun  o‟quvchilar  u  yoki  bu  chegaralar  ichida  sonlarni  nomerlashni  va  bu 

sonlar  ustida  amallarni  o‟rganadilar,  umuman  arifmetikaning  mohiyati  to‟g‟risida 

tasavvur  hosil  qiladilar.  O‟nliklarni  ajratish  o‟nlik  sanoq  sistemasining  xususiyatlari 

bilan sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash bilan bog‟liq bo‟lgan asosiy  masalalarni 

o‟rganishga  imkon  beradi.  Birinchi  o‟nlikni  o‟rganishda  predmetlarni  sanash,  1–10 

gacha  bo‟lgan  sonlarning  nomlarini,  ketma-ketligi  va  belgilanishini,  sonlarni 

taqqoslashning  turli  usullarini  (oldin  predmetlarning  mos  to‟plamlari  ustida 

operasiyalar  bajarish  asosida,  so‟ngra  esa  taqqoslanayotgan  sonlarning  qatorda 

egallagan  o‟rni  bo‟yicha  sonlarning  tarkiblarini)  o‟zlashtirib  olish  nazarda  tutiladi. 

O‟qitishning  boshidanoq  bolalardaba‟zi  muhim  umumlatirishlar  shakllanadi. 

Masalan,  natural  qatordagi  har  bir  navbatdagi  son  qanday  hosil  bo‟lishi  aniqlanadi, 

qatorning  ihtiyoriy  soni  bilan  undan  oldin  keladigan  va  keyin  keladigan  hamma 

sonlar  orasidagi  munosabatlar  o‟rnatiladi  va  shu  bilan  birga  bo‟sh  to‟plamning 

harakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11–20 

ichida,  so‟ngra  21–100  sonlarni  nomerlash  qaraladi.  Sonlarni  nomerlashni 

o‟rganishda ikkinchi o‟nlikni ajratish sonlarning o‟nli tarkibini varaqamlarning o‟rin 

qiymati  prinsipini  yaxshi  o‟zlashtirish  imkonini  beradi.  Ikkinchi  o‟nlik  sonlarini 

nomerlashni  o‟rganish  tushunchasini  shakllantirishdan  boshlanadi.  SHundan  keyin 

11–20  ichida  sonlarni  og‟zaki  va  yozma  nomerlash  hamda  shu  sonlarning  o‟nli 

tarkibi,  21–100  ichida  sonlarni  og‟zaki  va  yozma  nomerlash  hamda  shu  sonlarning 

o‟nli  tarkibi  o‟rganiladi.  Sonlarni  1000  ichida  nomerlash  bilan  o‟quvchilarni 

tanishtirish  yangi  sanoq  birligi  yuzlik  bilan  tanishtirishdan  boshlanadi.  Bunda 

bolalarga  yangi  sanoq  birliklari  o‟nta  birlik  o‟nlikni,  o‟nta  o‟nlik  yuzlikni,  o‟nta 

yuzlik  minglikni,  yangi  sinf  tushunchasini  kiritish  o‟rgatiladi.  III  sinfda  uch  xonali 

sonlarni  yozish  va  o‟qishga  doir  bu  sonlar  sonlarning  yuzliklardan,  o‟nliklardan  va 

birlikdan  hosil  bo‟lishiga  doir  uch  xonali  sonni  o‟nga  qo‟shiluvchilarning  yig‟indisi 

shaklida  tasvirlashga  doir  mashqlar  beriladi.  IV  sinfda  sinf  tushunchasini  kiritilib, 

ikki va yuz sinflar sonlarini og‟zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o‟zlashtirishga 

oid mashqlar beriladi. 



 

“O‟nlik”  mavzusida  sonlarni  nomerlashni  o‟rgatish  uslubiyoti.  Bolalarni  10 



ichida sanash ko‟nikmalarini o‟zlashtirishlari, tartib va sanoq, sonlarning birliklardan 

iborat  tarkibi,  sonning  ikkita  kichik  sondan  iborat  tarkibi,  qo‟shni  sonlar  orasidagi 

munosabatlarni  tushunish,  to‟g‟ri  va  teskari  sanoq  tushunchalari  bolalar  bog‟chalari 

va  maktablar  sinflar  dasturida  ko‟rsatilgan.  SHu  sababli  o‟qituvchining  birinchi 

navbatdagi  vazifasi  birinchi  sinfga  kelgan  bolalarning  matematik  tayyorgarlik 

darajalarini  aniqlashdan  iborat.  Bunday  tekshirishni  mashg‟ulotlar  boshlangunga 

qadar  bolalarni  maktabga  qabul  qilish  vaqtida  yoki  o‟qishning  birinchi  haftasi 

davomida amalga oshirish mumkin. Bolalar bilim, malaka va ko‟nikmalarini aniqlash 

va tekshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:  

1. Sen sanay olasanmi? Sana-chi. 

Ma‟lumki, bolalar bog‟chalari dasturiga binoan bolalar 10 gacha sanay olishlari 

kerak.  Birinchi  sinfga  kelgan  ko‟pchilik  bolalar  10  dan  yuqori  ham  sanay  oladilar. 

Bular hali bolalar ongli ravishda sanaydilar deyishga asos bo‟la olmaydi. Sanoqning 

onglilik darajasini tekshirish uchun quyidagi savollar beriladi.  

2. Bu olmalarni, noklarni, sabzilarni, doirachalarni sana.  

Bunda ......... qancha? (6–8 ta)  

O‟quvchining to‟g‟ri javobi taxminan bunday bo‟ladi: bir, ikki, uch, to‟rt, besh, 

olti. Hammasi oltita olma... Bu holda o‟quvchi oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor 

bilan  to‟g‟ri  mos  keltirdi  va  o‟quvchi  tushunib  sanaydi.  Agar  bola  oxirgi  aytilgan 

sonni umumiy miqdor bilan to‟g‟ri mos keltira olmasa, u holda bola sanay olmaydi.  

3. Stolda nechta qalam yotgan bo‟lsa, chap qo‟lingga shuncha qalam ol. 

4. Bilgin-chi, qaysi doirachalar ko‟p, qizillarmi yoki ko‟klarmi?   

Bu  ikkala  savol  predmetlarning  ikkita  to‟plamini  ularni  tashkil  etuvchi 

elementlari  soni  bo‟yicha  taqqoslashga  doir  amaliy  malakalarini  tekshirishga 

yo‟naltirilgan.  Ikki  to‟plamni  taqqoslashni  bolalar  har  bir  to‟plam  elementlarini 

sanash  yo‟li  bilan  yoki  bir  to‟plamning  har  bir  elementini  ikkinchi  to‟plamning 

elementiga mos keltirish yo‟li bilan amalga oshirish mumkin.  

5.“SHolg‟om” ertagiga ishlangan rasmga qara va kuchukcha oldida, mushukdan 

keyin, nevara bilan, mushuk orasida nimalar turganini ayt.  

Bunday mashqlarning asosiy vazifasi “bolalarning ...dan keyin”, “oldida turish”, 

“orasida”  kabi  tartib  munosabatlari  haqidagi  tasavvurlarini  aniqlashdan  iborat.  SHu 

bilan  birga  bolalarda  “chapda  o‟ngda”,  “yuqori  pastda”  kabi  fazoviy  munosabatlar 

tarkib  toptiriladi.  Tekshirishning  borishida  bolalar  geometrik  figuralarni  taniy 

olishlarini va farq qila olishlarini va masalalarni echa olishlarini aniqlanadi. Birinchi 

o‟nlik  sonlarini  o‟rganishda  tayyorgarlik  davri  va  tegishli  raqamlar  hamda  sonlar 

bilan tanishtirish davri ajratiladi.  

 

Tayyorgarlik  davrining  asosiy  vazifasi  nomerlashni  o‟rganishga  o‟tish  uchun 



zarur  bo‟ladigan  bilimlar,  malakalar  va  ko‟nikmalarni  aniqlash,  ularni  to‟ldirish  va 

sistemalashtirishdan iborat. Tayyorgarlik davrida quyidagi mashqlar bajariladi.  




Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish