Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими


 Neft gazlaridan suyultirilgan uglevodorodlarni ishlab chiqarishni



Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/46
Sana15.05.2021
Hajmi1.7 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
 

3.6. Neft gazlaridan suyultirilgan uglevodorodlarni ishlab chiqarishni 

tadqiqotlash 

 

Neft  konlaridagi  "xom"  neft  quvur  uzatmalar  orqali  haydalganda 

barqarorlashadi.  Neftning  barqarorlashish  jarayonida  uning  tarkibidan  yengil 

uglevodorodlar  -  yо‘ldosh  gazlar  ajralib  chiqadi.  Yо‘ldosh  gaz  suyultirilgan  neft 

gazini olishning eng qimmat xom ashyosi hisoblanadi. 

Neftni  qazib  olishda  yо‘ldosh  gazni  ajratib  olish  va  qayta  ishlash  hamda 

suyultirilgan neft gazini olishning eng sodda texnologiyasi 3.8-rasmda keltirilgan. 

Quduqdan (1) keladigan neft yog‘li gaz bilan birgalikda ajratgichga (2) kirib 

keladi.  Neftning  tarkibidagi  yog‘li  gaz  ajratiladi  va  yuqoridagi  shtutser  orqali 

chiqariladi, neft esa о‘rta qismidagi shtutser orqali rezervuarga yо‘naltiriladi. Yog‘li 

gaz  ajratgich  orqali  gazni  qayta  ishlaydigan  qurilmaga  yо‘naltiriladi,  u  yerda 

absorbsiya usulida yengil siqiladigan gazlar ajratib olinadi. Undan keyin siqiladigan 

gaz absorbentlardan ajratiladi  va alohida  uglevodorodlarning  fraksiyalariga ajratish 

uchun ajratgichga beriladi. 

Yо‘ldosh gazning tarkibidan suyultirilgan gazni absorbsiya usulida ajratib 

olishdan tashqari past haroratdagi texnologiya asosida ham ajratib olinadi. Yо‘ldosh 

gazlar  gazni  qayta  ishlash  zavodlarida  qayta  ishlanganda  quruq  gaz  va  uning 

tarkibidan  metan,  etan  va  qisman  propan,  etan  tarkibli  fraksiyalar  hamda 

suyultirilgan gazlar olinadi: propan, butan, izobutan va avtobenzol - barqaror gazli 

benzinning komponentlari mavjud bо‘ladi. 

Neft  konlaridagi  yо‘ldosh  gazning  tarkibi  gaz  va  gaz  kondensat 

konlarining  tabiiy  gazlari  bilan  taqqoslash  ma’lumotlari  quyida  keltirilgan  (3.5-

jadval). 



55 

 

Ma’lumotlardan  kо‘rinib  turibdiki,  yо‘ldosh  gazning  tarkibi  konlar 



kesimida о‘rganilganda bir-biridan katta qiymatda  farq qiladi  hamda konlarning 

turiga  va  qazib  olish  shartlariga  bog‘liq  bо‘ladi,  i-suyultirilgan  gazlar  faqat 

yо‘ldosh  gazlardan  olinmasdan  gazkondensat  konlaridan  ham  olinadi. 

Gazkondensat  konlaridagi  gazlar  yuqori  bosim  ta’sirida  ishlanganda  (100-600 

kgs/sm

2

) neftning ba’zi bir komponentlarga suyuqlik о‘tadi. Bosimning qiymati 40-



80  kgs/sm

2

  ga  pasaytirilganda  gazni  kondensatsiyalash  natijasida  undan 



kondensat  ajralib  chiqadi.  Bu  kondensatning  tarkibida  benzin  va  suyultirilgan 

gazlarning og‘ir uglevodorodlarning komponenti mavjud bо‘ladi. 

Neftni  tayyorlash    jarayonidan    ma’lumki,      neft    kо‘targichlar    orqali 

yuqoriga  kо‘tarilganda  yо‘ldosh  gazning  bir  qismi  suyuqlik  holatida  neftning 

tarkibida qoladi. Erigan gazning miqdori va uning tarkibi kо‘targichning rejimiga, 

bosimiga va haroratiga bog‘liq bо‘ladi. 

Neftning  tarkibidagi  gazlar  neft  kon  qurilmalariga  qayta;  barqarorlashtirish 

uchun  beriladi  va  qolgan  metan,  butan  fraksiyalari  qо‘shimcha  ravishda  olinadi. 

Suyultirilgan  neft  gazining  yarmidan kо‘p qismi neftni qayta ishlash zavodlarida 

qayta  ishlash  jarayonida  olinadi.  Zavodda  neftni  qayta    ishlash  natijasida  olingan 

gazning tarkibi har bir jarayon uchun quyidagi tasnifga ega bо‘ladi (3.6-jadval).  

Termik  kreking  jarayonida  katta  miqdordagi  olifenlar  olinadi.  Katalitik 

jarayonda  tarkibidagi  katta  miqdordagi  izobutanlar,  piroliz  jarayonida  esa  kо‘p 

miqdorda etilen va vodorod olinadi. 

Gazni  fraksiyalarga  ajratish  qurilmalarida  neftning  tarkibidan  zavodlarda 

ajratib  olinadigan  gazning  komponentlariga  -  gaz,  propan  -propilen,  butan  - 

butilen fraksiyalari kiradi. 

Shuning  uchun  suyultirilgan  neft  gazining  tarkibi  ishlab  chiqarish  usuliga 

bog‘liq bо‘ladi. Yо‘ldosh  gazlar gazni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlanganda 

chegaraviy  uglevodorodlarga  (propan-butan)  ega  bо‘ladi  va  eng  sо‘nggi  holatda 

chegaraviy uglevodorodning (propan-butan) kichik bо‘lgan miqdoriga ega bо‘ladi. 



56 

 

Neftni  qayta  ishlash  zavodlarida  neft  gazidan  olingan  suyultirilgan  gazning 



tarkibidagi  chegaraviy  uglevodorodlarning  miqdori  propilen  va  butilen  keskin 

oshadi. 


Propanni  va  undan  yuqori  bо‘lgam  uglevodorodlarni  olish  qurilmasi. 

Suyultirilgan  neft  gazlarini  olishda  Joul-Tomson  samarasidan  foydalanish 

sxemasi quyida keltirilgan. 


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat